Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG`ICH TA`LIMNING AKSIOLOGIK TARKIBI YOHUD MILLIY
QADRIYATLAR ASOSIDA ZAMONAVIY DARSNI TASHKIL QILISH
Andijon viloyati Xo`jaobod tumani
30-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Xoliqova Maxfuza Mahammataliyevna
Tel: 90 528 23 52
Annotatsiya:
Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarga milliy iftixor tuyg`usini shakllantirish
ertangi porloq kunning garovidir. Zero, milliy iftixor tuyg`usiga ega bo`lgan inson yurt
mustaqilligi, xalq ozodligining mohiyati, qadr-qimmatini anglab yetadi. Shu boisdan kichik
maktab yoshidan ta`limga pedagogik aksiologiya nuqtai nazaridan yondashish maqsadga
muvofiqdir. Ushbu maqolada ertangi kunimiz bo`lmish farzandlarimizni milliy qadriyatlarimiz
ruhida tarbiyalashning mohiyati va zamonaviy ta`limni milliy qadriyatlarimiz asosida tashkil
qilishga oid tavsiyalar keltirib o`tilgan.
Kalit so`zlar:
Pedagogik aksiologiya, aksiologik ong, aksiologik qarash, ta`lim va qadriyat.
O`zbek xalqi qadimdan o`zining mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mehmondo`stlik, xalqiga
sadoqat kabi insoniy fazilatlari bilan bilan dunyo xalqlari orasida salmoqli o`rin egallaydi. Bu
bejiz emas, albatta. Chunki ajdodlarimizdan bizlarga me`ros bo`lib qolgan shunday urf-odatlar,
qadriyatlarimiz borki, bular yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishga asos bo`la oladi.
Hozirgi kunga kelib yurtboshimiz tashabbusi bilan o`qituvchilarning mavqe`i kundan-kunga
ortib bormoqda. Bu esa biz pedagoglardan yanada katta mas`uliyat talab qiladi. Bizning asosiy
maqsadimiz har tomonlama barkamol, yetuk, ajdodlariga munosib shaxsni kamol toptirishdan
iborat. Bu maqsadlarga erishish farzandlarimizga o`zligini anglatib borishdan boshlanadi.
Chunki o`zligini anglamagan inson hech qachon kamolotga erisha olmaydi. Farzandlarimiz
qalbida o`zbekona faxr, iftixor tuyg`ularini shaklantirish-oliy maqsadimizdir. Buning uchun esa
boshlang`ich ta`limga katta e`tibor qaratish joiz. Chunki poydevor mustaxkamligi har narsadan
muhimdir.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu davrda yoshlarni ham zamonaviy, ham milliy bilimlarni
egallab borishi zamon talabi bo`lib kelmoqda. Bu maqsadga erishish uchun darslarni pedagogic
aksiologiya asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
pedagogik aksiologiya-inson va ta`limni qadriyat deb e`tirof etgan holda, ta`limiy qadriyatlarni
muhokama etuvchi hamda ta`limga aksiologik yondashuvni amalga oshiruvchi pedagogik
bilimlar sohasidir.
Ya`ni buning zamirida o`quvchida qadriyatlarimizga bo`lgan hurmat va qarashlarni
shakllantirish yotadi.
pedagogik aksiologiyaning predmetini shaxsning aksiologik ongi, aksiologik munosabati,
aksiologik xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi. Pedagogik aksiologiyaning dastlabki
predmetini biz bola maktabga kelgan ilk kunidan boshlab, “o`zbekona salomlashishning
mohiyati”ni o`rgatish orqali amalga oshiramiz. Bolaga “o`zbekona salomlashish”ning asl
mohiyatini tushuntira olsak, bu tasavvurlar uning ongida bir umr saqlanib qoladi va hayoti
davomida unga hamroxlik qiladi. Bunda o`qituvchining ko`rgazmalilikdan foydalanishi g`oyat
muhim. Bolaga turli ko`rgazmalar, ayniqsa, milliy filmlarimizdagi salomlashish sahnalaridan
parchalar ko`rsatish orqali ularning tasavvurlarini boyitish mumkin. Bundan tashqari dars
davomida, dam olish daqiqalarida turli ta`limiy o`yinlarni aksiologik tashkil etish ham katta
natija beradi. Pedagogik aksiologiyadan har bir darsda foydalanish mumkin. Masalan: matematika
darslarida o`quvchilar bilimini mustahkamlab borish uchun ham qadriyatlarimizni aks ettirgan
holda masalalar tuzishimiz mumkin.
Deylik, Navro`z bayrami arafasida 2-“A” sinf o`quvchilari o`zlari yashayotgan mahalladagi
keksa va yordamga muhtoj insonlarga uy ishlarida ko`maklashishga qaror qildilar. Bu maqsadda
ular ikki guruhga bo`lindilar. Birinchi guruhda 16 ta, ikkinchi guruhda esa ulardan 3 ta kam
o`quvchi ko`mak ishlarida faol qatnashdilar. 2- “A” sinfida jami nechta o`quvchi bor?
O`qituvchi o`quvchilarga masala shartini o`qib eshittirgach, o`quvchilar bilan Navro`z
bayramidagi urf-odatlar, avloddan-avlodga o`tib kelayotgan qadriyatlar haqida qisqacha suhbat
319
Do'stlaringiz bilan baham: |