Annatatsiya:
Boshlang`ich sinf o`quvchilarni og`zaki nutqi va yozma nutqini oshirishni tashkil
orqali o`quvchilar faolligini oshirish masalalari yoritib berilgan.Bochlang`ich sinflarda asosiy
tamoyili og`zaki va yozma nutq o`stirish hisoblanadi. Nutq o`stirish boshlang`ich sinfda ongli
o`qish, o`qigqn va eshitgan ravon so`zlash va yoza olishga o`rgatadi.
Kalit so`zlar:
nutq , analiz, sintez,samara, syujet, voqea, orfografik, metod, morfologik, usul.
Bizga ma’lumki boshlang`ich sinf o`quvchilarini og`zaki va yozma nutqini o`stirish asosiy
masalalar biridir.Darsda o`qilgan asarni o`quvchilar ongli tushunishi , asosiy mazmun va g`oyani
anglashi uchun analiz, sintez, taqqoslash , vchilar umumlashtirish kabi mantiqiy masalalardan
foydalaniladi. O`qilgan hikoyani analiz qilishning har xil usullari bor. O`quvchilar o`qituvchi bilan
hamkorlikda asardagi asosiy qahramonni aytib va unga mos reja tuzadilar.Tuzgan rejalar asosida
o`qituvchi savollari yordamida asarning mazmuni aniqlanadi.
Asar mazmuni bilan tanishgan o`quvchilardan ongli ishlashni, voqealarni , qatnashuvchilar
tartibini tahlil qilish talab etiladi.O`qish bilan bog`liq holda bajaraladigan bunday mantiqiy
ishlar asta- sekin murakkablashib boradi. O`quvchi o`qilgan asar mazmunini o`quvchining savoli
yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi. Ayrim voqealar
o`zaro bog`lanadi, bir- biriga taqqoslib, ular yuzasidan muhokamalar yuritiladi va xulosa
chiqariladi.
Tanlab hikoyalash ham o`quvchilarning tafakkuri va nutqini o`stirish vositalaridan biri.
Tanlab hikoyalashda o`quvchi:1) o`qilgan matnni bir qismini , uning qismini ongli ravishda ajratib
beradi; 2) hikoyada faqat bir voqeani aytib beradi; 3) hikoya mazmunini bir syujet yo`nalishda
so`zlab beradi. O`quvchilarda tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang`ich
sinf o`qish darsligida qo`ll`nadigan metod va usullar yordam beradi.Masalan: hikoya qismiga
chizilgan rasm asosida hokoyalash; hikoyadagi bir qismini tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;
tanlab qayta hikoyalashni talab etiladigan savollarga javob berish.
Boshlang`ich sinfda ko`rgazmali idrok katta imkoniyatga ega. Ko`rgazmalilik nuta va
amaliy faoliyat bilan biriktirilishi yuqori samaradorlikka olib keladi. Ta’limning ko`rgazmali ikki
guruhga bo`linadi:illyustratsiya metodlar va nomoyish qilish metodlariga bo`linadi.Darslardagi
ko`rgazma vositalar, tarqatma materiallar o`quvchilarning fikrlash faoliyatini , nitqiy faoliyatini
oshiradi. Orfografik ko`nikmalar asta- sekin rivojlanib boradi. O`quvchilar qoidalarni turli xil
mashg`ulotlar yordamida amalga oshiradilar. Ko`chirib yozish, mashq ishlash grammatik va
orfogarafik tahlillar orqali o`zlashtirilib boriladi. Aynan orfografik o`yin turidan foydalanish
yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |