Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
Namozova Sanobar Saidovna,
Samarqand viloyati, Paxtachi tumani
47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada kompetensiya tushunchasi, uning lug‘aviy ma’nosi kasbiy kompetentlik
jarayonining namoyon bo‘lishi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim-tarbiya, jarayon, pedagog, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, sifat,
amaliy faoliyat.
“Maktab o‘zgarmasa, jamiyat o‘zgarmaydi.
Bu – aksioma. Buni inkor qilib bo‘lmaydi.”
Sh.M.Mirziyoyev.
Boshlang‘ich ta’lim jarayoni mustaqil davlatning ta’lim-tarbiya tizimida umumiy o‘rta
ta’limning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo’ladi. Inson hayotining serunum davri bo’lgan
boshlang’ich sinfda xotiraning kuchi nihoyatda o’tkir, bilim o‘rganishga ishtiyoq baland bo‘ladi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar va islohotlar, tabiiyki
kompetentli yondashuvni talab etmoqda. Buning uchun kasbiy amaliyotda va hayotda o’z
sohasini puxta egallagan, zamonaviy bilimlarni mukammal bilgan va uni muvaffaqqiyatli qo’llash
qobiliyatiga ega bo’lgan pedagog kadrlar zarur.[1]
kompetent yondashuv pedagog-o’qituvchilarning ijtimoiy, kommunikativ, kasbiy va
boshqa shaxsiy sifatlarni shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lib, o’qituvchidan bilim, malaka
va ko’nikmalarni o’quvchilarga oddiygina yetkazib bermasdan, ularda kasbiy bilimdonlikni
rivojlantirishni talab etadi.
Avvalo, “kompetensiya” tushunchasining mazmunini aniqlashtirib olish zarur.
“Kompetensiya”-(lotincha so’z bo’lib,erishaman, to’g’ri kelaman ma’nolarini bildiradi). Fan
bo’yicha egallangan nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni kundalik hayotida duch
keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo’llay olishdir.[2]
Kompetentlik-(lotincha, competens-layoqatli, qobiliyatli).Kompetentlik tarkibiga kasbiy bilim,
ko’nikma va malakalardan tashqari, tashabbuskorlik, guruhda ishlash layoqati, kommunikativ
qobiliyati, mantiqiy fikrlash, axborotdan foydalana olish xususiyatlari kiradi.
kompetensiyani shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim o’quvchilarda egallagan bilim,
ko’nikma va malakalarni o’z kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo’llash kompetensiyalarini
shakllantirishga yo’naltirilgan ta’limdir.
umumta’limiy kompetensiyalar maktabda o’qitiladigan fanlarni o’zlashtirishda asosiy tarkibiy
qism bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Maktab ta’limi davrida o’quvchi eng asosiy fuqarolik
kompetensiyasini o’zlashtiradi va ta’limning keying bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning
yetakchilik roli saqlanib qolishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, umumiy o’rta ta’lim tizimiga kompetent yondashuvni tadbiq etish
bilim, ko’nikma va malaka, amaliy faoliyat usullarini shaxsiy tajribaga aylantirish imkoniyatini
beradi va o’quvchining o’zini o’zi rivojlantirishi, mustaqil firklashi, ijodiy faolligini oshirishni
kafolatlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Karimov I.A. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T., “O’zbekiston”,
1997.
2. www.ziyonet.uz
3. U.Y.Elmurodov “O’qituvchi va o’quvchi yoshlarda kompetensiyani shakllantirish
samaradorligini oshirish”
104
Do'stlaringiz bilan baham: |