rg
‘
ontepa tumani
22-maktabning ingliz tili o
‘
qituvchilari
Telefon : +998904753581 Telefon : +998945632480
Annotatsiya:
ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitishda o‘quvchilarni yosh va psixologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda, ulardagi chet tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, ehtiyojni
to‘la qondirishga yordam beruvchi pedagogik texnologiyalarga asoslangan zamonaviy didaktik
ishlanmalarni tayyorlash va ularni amalga oshirish to‘g‘risida so‘z yuritilgan.
Kalit so’zlar:
dunyoqarash, til, ijtimoiy, rivojlanish, ingliz tili, o‘yin.
Zamonaviy ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan. Ta’lim maqsadi,
mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta’lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun
qo’llaniladigan an’anaviy kategoriyalar bo’lib hisoblanadi. Aynan shu kategoriyalar ma’lum
predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo’yicha o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi
pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalarni
maqsadga muvofiq ravishda yo’naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat va mezonlarini
tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi. Zamonaviy o’qituvchi dars jarayonida «aktyor» emas,
aksincha «rejissyor» bo’lishi kerakligini anglashi lozim. Buning uchun esa u bir necha yangicha
ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. Shu o’rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Mustaqil
o’ylay oladigan tafakkur yuritib to’g’ri ma’qqul va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni
shakillantirish va tarbiyalash kerak deb ta’kidlaydi hurmatli yurtboshimiz o’z nutqlarida.
Darhaqiqat yoshlarni zamonaviy fan-texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand
qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo’lib yetishishiga zamin yarataolmaymiz
Bugungi kunda ta’lim siyosati yo‘nalishlarini belgilashda qabul qilinayotgan qarorlar keng
ma’noda mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ehtiyojlariga ta’sir qilmoqda.
Dunyoning ba’zi mamlakatlarida 1990-yillardan beri joriy qilinib kelinayotgan bolalarga erta
yoshda chet tilida ta’lim berish tizimi bizning mamlakatimizga ham muvofiq kelmoqda
Zamonaviy boshlang’ich ta’limdagi eng asosiy va ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lgan
qarorlardan biri bu O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi
“Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” pq-1875-
sonli Qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o’rganish umumiy o’rta
ta’lim maktablarining 1-sinflaridan o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida,
2-sinfdan boshlab esa, alifbo, o’qish va grammatikani o’qitish bosqichma-bosqich boshlanadi.
Bolalar xorijiy til bilan ilk tanishishni salomlashish madaniyati, ranglar va kundalik so’zlarni
dialog shaklida o’rganishdan boshladilar.
Boshlang’ich sinflarda, ayniqsa, birinchi sinfda o’quvchilarga chet tillarni o’rgatishda
o’quvchining yoshi, fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. Qarorda
ta’kidlanganidek, birinchi sinflarda o’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida chet
tillarini o’rgatishni amalga oshirish, haqiqatan, kichik yoshdagi o’quvchilarga mosligidir.
Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko‘nikmasi proffessionl ta‘limning ajralmas qismlaridan
biri bo‘lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish
ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi sababli, ularda til o‘rganishga bo‘lgan talab yuqoridir. Zamonaviy
jamiyatda chet tillarini insonlar dastlab maktab, kollej, litsey, keyinchalik institutlarda, o‘quv
kurslarida yoki mustaqil ravishda xorijiy tilni o‘rganishga yordam beruvchi asosiy ma‘lumot
to‘plamlari bilan tanishgan holda o‘rganadilar. Bugungi kunda turli darajadagi til bilimiga ega
kishilar uchun o‘quv materiallarining katta to‘plamlari mavjud. Ushbu maqsadga yetishishda
muvaffaqiyatga erishish, o‘qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga bog‘liq.
Bugungi kunda innavatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari mavjud. Chet
tili darslarining o’qitilishida turli rolli, harakatli o’yinlardan foydalanish ham darsga ham
til o’rganishga bo’lgan qiziqishni ortishiga sabab bo’ladi. O’quvchilarning juft yoki kichik
guruhlarda ishlashlari orqali esa o’quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari
uchun yordam beradi.
100
Do'stlaringiz bilan baham: |