Август 2020 10-қисм
Тошкент
ushbu ta’limning afzalliklari va kamchiliklari o‘zi xos ahamiyatlidir.
Noan’anaviy ta’lim tizimining afzalliklari bo‘lib, o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga
olib kelishi, o‘z vaqtida qaytar aloqalarning ta’minlanishi, tushunchalarni amaliyotda
qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi, o‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi,
motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi, o‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi, muloqotga
kirishish ko‘nikmasining takomillashishi, o‘z-o‘zini baholashning o‘sishi, o‘quvchilarning fanga
oid mavzu mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati, mustaqil fikrlay oladigan
o‘quvchining shakllanishiga yordam berishi, mazmunini o‘zlashtirishga yordam bermay, balki
tanqidiy va mantiqiy fikrlashni ham rivojlantirishi hamda muammolarniyechish ko‘nikmalarining
shakllanishi sanaladi.
Noa’anaviy ta’lim tizimining kamchiliklari bo‘lib, ko‘p vaqt talab etilishi, o‘quvchilarni
har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi, juda murakkab mazmundagi
material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi hamda o‘qituvchining o‘zi ham
yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyati va muammolar yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lish kabilar
hisoblanadi.Shulargaasosan, ta’limni tashkil etish va yo‘lga qo‘yish bo rasida mazkur o‘zgarishlar
keyingi yillar da dunyo miqyosida tobora keng yoyilib bora yotgan interaktiv usullarni yuzaga
keltiradi. Bu usullar erkin fikrlaydigan, mustaqil izlanadigan o‘quvchilarni shakllantirishga
yo‘naltirilganligi bilan e’tiborga loyiqvainterfaolmetodlarsifatidaqaraladi.
Avvalo, ingliz tilida “inter” – o‘zaro, “act” – faoliyat, “interaction” – o‘zaro ta’sir degan
ma’nolarni anglatadi. Interaktiv yoki interfaol o‘qitish – bu o‘rganish va o‘zaro muloqot
qilish faoliyatini tashkil qilish shakli bo‘lib, unda o‘rganish jarayoni o‘qituvchi, o‘quvchi va
o‘quvchilar jamoasining o‘zaro birgalikdagi muloqoti asosida olib boriladi. Interaktiv me todlar
asosida o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati emas, balki ta’ lim olayotgan har
bir o‘quvchi bilan boshqa o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikda didaktik faoliyat ko‘rsatishi turadi.
O‘qitish jarayonida interaktiv metod
larni qo‘llash o‘qituvchining mavqei va vazi fasini
birmuncha o‘zgartiradi. O‘qitish ja rayonida interaktiv metodlar qo‘llanganda o‘qituvchi
o‘quvchilar oldida hayotiy muammo larni qo‘yishda o‘quv topshirig‘i sifatida hayotda ko‘p
uchraydigan va manbalardan topish mumkin bo‘lgan masalalarni berishi muhim. O‘quvchilar
hal etishlari lozim bo‘lgan peda gogik muammo sun’iy o‘ylab topilmasligi hamda izlanishga
arzimaydigan darajada ki chik bo‘lmasligi kerak.
Interaktiv o‘qitishning eng asosiy afzalliklaridan biri bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan doimiy
o‘zaro muloqotidir. O‘qitishning interaktiv metodlari o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini,
analitik fikrlashlarini rivojalntirish hamda o‘z bilim olish jarayoniga mas’ul bo‘lishlariga yordam
beradi. Ya’ni, dars jarayonida interaktiv o‘qitishni mazvuni o‘rganishnig ixtiyoriy bosqichida
tashkil qilish mumkin. Darsda o‘quv materialining mazmuni, guruhning tayyorgarlik darajasi va
boshqa omillardan kelib chiqib, turli xil interaktiv yoki interfaol metodlarni qo‘llash mumkin.
umumanolganda, o‘qitish jarayoniga interaktiv usullarni joriy etishda eng muhim jihat ta’lim
jarayoni qatnashchilari o‘rtasida hamkorlik bo‘lishiga erishishdan iboratbo’ladi. Hamkorlikda
amalga oshirilgan ta’lim nafaqat oson va qiziqarli, balki samarali bo‘ladi. Chunki, ko‘pdan
yaxshi, to‘g‘ri va yangi fikrlar chiqishi mumkinligi isbot talab etmaydigan haqiqatdir.
Foydalanilganadabiyotlar ro’yxati:
1. Golish L.V., Fayzullayеva D.M. Pеdagogik tеxnologiyalarni loyihalashtirish va rеjalashtirish:
O’quv-uslubiy qo’llanma. Innovatsion ta’lim tеxnologiya sеriyasi. – T.: Iqtisodiyot, 2011. - 206
b.
2. www.ziyonet.uz
3. https://lex.uz/docs/3153714
324
Do'stlaringiz bilan baham: |