Август 2020 10-қисм
Тошкент
avlodning tafakkuri, dunyoqarashini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirib, milliy
tarbiyalab, ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirish va mustaqillik poydevorini mutahkamlashga
xizmat qilish har bir pedagogning vatan oldidagi burchi sanaladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.“Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi T.-2018
2.Umumiy pedagogika o‘quv-uslubiy majmua. T. – 2018
3. Barkamol avlod orzusi. “O‘zbekiston milliy enseklopediyasi”. Davlat ilmiy nashriyoti.T. –
2000
4.Internet manbalari.
308
Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI FANING O’RNI VA VAZIFASI
Toshpo’latova Nilufar Avliyaqulovna
Navoiy viloyati Karmana tumani
8-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Annatatsiya:
ushbu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va
komoyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash haqida.Bunda zamon
yoshlarining har tomonlama yetuk, barkamol shaxs bo’lib kamol topishlarida davlat va jamiyat
kelajagi uchun xizmat qiladigan avlod bo’lib tarbiyalanishlariga davlatimiz tomonidan alohida
e’tibor qaratilganligi haqida fikr yuritilgan
Kalit so’zlar:
Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter, ona tili, so’z.
Bugungi zamon yoshlarining har tomonlama yetuk , barkamol shaxs bo’lib kamol topishlarida,
davlat va jamiyat kelajagi uchun xizmat qiladigan avlod bo’lib tarbiyalanishlariga davlatimiz
tomonidan alohida e’tibor qaralmoqda. Bu o’rinda,ta’kidlash kerakki, boshlang’ich ta’limda bir
qancha ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan ona tili darslarida yashlarni erkin va mustaqil fikr egasi,
ijodiy izlanuvchan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda ilk ona tili o’qituvchisini mashaqqatli
mehnati yotadi. Ayniqsa, bugungi sinovli kunlarda masofaviy ta’lim jarayonida o’quvchilarni jalb
qilish, ta’lim-tarbiyani masofadan turib isloh qilish o’qituvchidan katta pedagogik mahorat va
ma’suliyatni talab etadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida
ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot
vositalarining mavqei oshib boradi, telavideniya va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvi
ta’minlanadi.
Bu olib borilayotgan barcha ishlarni zamirida bitta maqsad, yoshlarni yo’rqin taqdiri yotadi.
Yoshlar taqdiri esa, shubxasiz jamiyat taqdiridir.
Bolaning erkin va mustaqil fikr egasi, ijodiy izlanuvchan, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda
ona tili fanining o’rni beqiyos. Ona tili o’qitishning asosiy maqsadlaridan biri ham o’quvchilarga
ona tilidan so’zning ma’no va mohiyatini o’rgatishdan, so’zni his etishga yollashdan iborat.
Bunda so’z ma’nolarini o’zlashtirish va undan nutqda to’g’ri va o’rinli qo’llash malakasini hosil
qila olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Buning uchun ona tili darslarida lug’at ustida
ishlashga alohida e’tibor qaratish kerak. Lug’at ustida ishlash oddiy dars mashg’uloti emas.
Mazkur jarayon uzluksiz tizim tarzida , ya’ni har bir mashg’ulot davomida amalga oshirilishi
kerak.Masalan, o’quvchilarning yozma nutqini o’stirish, fikrini turli usullarda bayon qila olishga
o’rgatish, lug’atning imlo, izohli va boshqa turlaridan foydalana olish ko’nikmalarini rivojlantirish
maqsadida tinimsiz maqsadli topshiriqlar berib borish kerak.Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar
bog’lanishli nutqdan foydalanadilar. Bunga:hikoya, maqola, hisobot kabilarni,maktab sharoitida
esa o’qituvchi bergan savolga o’quvchilarning keng, mukammal og’zaki javobini, yozma bayon
va inshoni hisoblash mumkin. Boshlang’ich sinflar metodikasida bog’lanishli nutq turlariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
a) berilgan savollarga keng, mukammal javob;
b) muntazam o’tkazilgan kuzatishlarni yozish;
d) o’qilgan matnni turli variantda og’zaki hikoyalash;
e) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;
f) o’qituvchi bergan matnni og’zaki va yozma qayta tuzish;
g) har xil turdagi yozma insho , boshqa ijodiy ishlar;
Bu mashqlarninh hammasi nazariyasiz, amaliy tarzda beriladi, o’rgatiladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari mustaqil mashq sifatida bog’lanishli nutqni o’stirishda
yuqoridagi ko’nikmalarni bilib oladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.K.Qosimova”Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi”,”O’qituvchi”, 1985-y
309
Do'stlaringiz bilan baham: |