Август 2020 10-қисм



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/368
Sana07.07.2022
Hajmi3,39 Mb.
#752732
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   368
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 1 qism

Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINFLARDA NUTQ FAOLIYATINI OSHIRISH
Qodirova Dilafruz Iminjonovna
Andijon shahar 13-umumta’lim 
maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi
 +998(97) 580 35 07
Annotatsiya: 
O’quvchilarni boshlang’ich sinflardan boshlab to’liq javob qaytarishga 
odatlantirib borish kerak.Hikoya qahramonlari, ularning ism-familiyalari va faoliyatlarini 
dastlabki paytdan boshlab aniq aytishga odatlantirilsa, buning tarbiyaviy ahamiyati kata
Kalit so’zlar: 
interfaol, ongli, faoliyat, qat’iy, badiiy. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutq faoliyatini oshirish, adabiy estetik tafakkurni
kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o’rgatishning muhim omilidir. O’quvchilarni 
o’qishga o’rgatishning asosiy vazifalari quydagilardir:
-boshlang’ich malakalari(to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qish)ni takomillashtirish;
-bolalarni o’qigan asarlarini idrok eta bilishlari, ularda aks etgan voqea-hodisalar mazmunini 
tushina olishlari va xulosalar chiqarishga tayyorlash;
-o’quvchilarni matn ustida ishashga o’rgatish;
-o’quvchilarning eslab qolish qobilyatlarini kengaytirish;
-o’quvchilar o’qigan ertak, hikoya qahramonlariga o’z xulosalarini bildirish;
-o’quvchilarni matn ustida ishlashga o’rgatish;
-o’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish.
Bu vazifalarni hammasi, albatta dasturda berilgan badiiy ilmiy- ommabop asarlar, xalq og’zaki 
ijodi namunalari asosida amalga oshiriladi.
O’qish mashg’ulotlarini o’tkazish arayonida matn va kitob ustida ishlash o’quvchilarning 
bog’lasnishli nutqini o’stirish, nutq madaniyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. 1-sinfda 
o’quvchilar matnni bo’g’inlab, so’ng sidirg’a o’qishni o’rganadilar. 2-sinfda o’quvchilada 
so’zlarni butunicha sidirg’asiga o’qish malakasi shakillanadi.O’qishning to’g’ri va ifodali 
bo’lishiga erishiladi, o’qish sur’ati tezlashadi. 3-sinfda so’zlarni butunicha sidirg’a o’qish 
ko’nikmasi to’la shakillanadi.Bu esa o’quvchilarning ongli va ifodali o’qishga qo’yilgan 
talablarini o’stirish imkonini beradi.O’quvchilar maqollardan, hikmatli so’z va iboralardan 
foydalanishga, so’zlarni to’g’ri tanlashga, gap qurilishidagi so’zlardan to’g’ri foydalanishga 
e’tibor berish kerak.4-sinfda o’quvchilar so’zlarni bo’g’inlamay, sidirg’a o’qishlari matnni 
tez, to’g’ri, ongli o’qiy olishlari kerak.Bu sinfda bo’g’inlab o’qishga yo’l qo’ymaslik darkor.
O’quvchilarning to’g’ri o’qish bilan ongli o’qish orasida farqlar mavjud.Birinchidan , o’qishda 
juda ko’p xato qiladigan va qiynalib o’qiydigan bolalar o’qiganlarini tushunmaydilar.Ayniqsa 
1-2-sinflarda ko’pincha ana shunday holatni kuzatish mumkun.3-4-sinflarda esa o’quvchilarning 
o’qiganlarini tushunishlari ancha oson bo’ladi. 1-2-sinflarda o’quvchilar taxminiy o’qish natijasida 
xatoga yo’l qo’yadilar.Lekin o’qiganlari mazmunini umumiy holatda tushunadilar.Bu, albatta, 
o’qishning ongliligiga ta’sir qiladi.O’qilgan asar mazmunini tushunish ovoz chiqarib to’g’ri 
o’qishga ham bog’liq.2-dan, ayrim so’zlar ma’nosini tushunmaslik ham xato o’qishga sabab 
bo’ladi.Ko’proq o’quvchilar murakkab so’zlarni, ko’proq undoshlardan iborat bo’lgan so’zlarni, 
so’z birikmalarini, turli qo’shimchalar bilan kelgan bir xil so’zlarni o’qishda xato qiladilar 
masalan (2-sinf o’qish kitobidan”Ajoyib bahs” hikoyasidagi sayrashayotganini, chayqalayotgan, 
“Mehmon keldi”hikoyasidan kelganmishsiz, quchoqlashib)so’zlarini o’qishda xato qiladilar.
To’g’ri o’qish uchun gapdagi so’zlarning tushunarli bo’lishi muhim ahamiyatga ega o’quvchi 
ma’nosiga tushungan so’zlarni to’g’ri o’qiydi. Tushunadigan so’zi boshqa so’z bilan bog’lanib 
kelganida esa u so’z birikmasini xato o’qiydi.Ayrim hollarda oson va sodda so’zlarni ham xato 
o’qishlari mumkim. Kuzatishlardan ma’lum bo’lishicha, 1-2-sinf o’quvchilari o’qiganlaridan 
keyin”Kim haqida o’qidingiz?”degan savolga javob qaytarishda qiynaladilar.O’qiganlari tahlil 
qilingandan keyin bu savolga to’g’ri javob qaytara oladilar.3-4-sinf o’quvchilari esa kim haqida 
o’qiganlarini qiyinchiliksiz ayta oladilar. Ayrim o’quvchilar o’qiganlaridagi shaxslar ismini 
unitib, “bolalar” yoki “qizlar”deb ataydilar.Ularga yo’llovchi qo’shimcha savollar berilsa, 
o’qiganlarini eslab gapirib bera oladilar. O’quvchilarni boshlang’ich sinflardan boshlab to’liq 
javob qaytarishga odatlantirib borish kerak.Hikoya qahramonlari, ularning ism-familiyalari va 


288

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   368




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish