Август 2020 10-қисм
Тошкент
И какой бы эффективной не была система образования, пришло время внедрения новых
технологий.
Школа - это первый социальный институт в жизни каждого человека и именно от того,
насколько правильно будет выстроена образовательная траектория, зависит каким будет
новое поколение.
Сегодня роль учителя заключена не просто в том, чтобы объяснить материал.
Преподаватель становится компаньоном, наставником для учеников. Учитель должен
вовлечь ребенка в образовательный процесс, мотивировать к изучению предмета, раскрыть
его потенцию, помочь справиться со сложностями.
Для таких задач требуется активная форма взаимодействия и проведения уроков.
Список использованной литературы:
1.Концеция развития системы Народного образования Республики Узбекистан до 2030
года ( УП- 5712 от 29.04.2019г.)
2.Закон Республики Узбекистан « Об образовании» (№ 464 – I от 29.08.1999г.)
282
Август 2020 10-қисм
Тошкент
AMALIYOTCHI PSIXOLOG FAOLIYATIDA MAHALLA,MAKTAB VA OILA
HAMKORLIGINING TUTGAN O’RNI
Nazarova Xurshida Bekchnanovna
Xorazm viloyati Shovot tumani 1-maktabning amaliyotchi psixologi
Telefon:+998(90)4385987 Pochta: Nazarovaxurshida@gmail.com
Annotatsiya:
ushbu maqolada amaliyotchi psixolog faoliyatida mahalla, maktab va oila
hamkorligining tutgan o’rni yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
Maktab, oila, mahalla, hamkorlik, bola tarbiiyasi jarayoni, shaxs, vaziyat, ichki
dunyo.
Xalq ta’limi oldida turgan asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni ahloqiy jixatdan barkamol
shaxs qilib shakllantirishdir. Bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri xisoblangan
amaliyotchi psixolog faoliyatidagi eng muhimi bu mahalla-maktab va oila hamkorligidir. Bu uch
hamkorlik asosida tashkil etilgan psixolog faoliyatining natijasida ta’lim-tarbiya birligiga, oila va
maktab yaqinligiga ichki dunyo va qiziqishlarini to’g’ri aniqlashga, bolaning ma’naviy- axloqiy
rivojlanishiga, milliy urf-odat va an’analarimiz, qadriyatlarimizga o’rgatib borishga erishiladi.
Bu munosabatlar amaliyotchi psixolog faoliyatidan chetga chiqib qolsa, oila yoki maktabdagi
muommolarning bir-biriga qarama-qarshiligi natijasida bola uchun muhim bo’lgan bu ikki mezon
uning uchun iqtisodiy va oila muammolarini birgalikda bolaning nafsoniyatiga ta’sir qilmaydigan
yo’l bilan hal qilishi osondir.
Bolalar kattalar tomonidan ijobiy emotsional munosabatga kuchli ehtiyoj sezadi. Bolalarning
ijobiy emotsioyanal semantik maydon doirasiga bo’lishi ularning ruhiy barqarorligi uchun juda
katta oziqa rolini o’ynaydi. Bu maydonni esa kattalar; ota-onalar, tarbiyachilar timsolida ta’min
-
lashlari lozim. Bu maydonning mazmunini bolalarga nisbatan sabr-toqat, ularning xulq shakil
-
lariga moslasha olish tashkil qiladi. Ingliz bolalari tadqiqotchisi Djenni Lishli shunday yozadi:
“kattalar o’zlarida o’z xulqlari va munosabatlari go’dak uchun katta axamiyatga ega bo’lgan
odamlarni ko’rishlari lozim. Bu shuni anglatadiki, ba’zan kattalar bolalar emas, ularning o’zlari
o’zgarishlari kerakligi haqida xulosaga kelishlari kerak. Ba’zan og’ir bo’lsa ham bolaning xato
qilishini sabr-toqat bilan kutishga to’g’ri keladi. Ba’zan unga yordamga shoshilish kerak. Bu yana
shuni anglatadiki, bolalarda shaxsiy taraqqiy etayotgan, tushunchalar va qarashlarga ega bo’lgan
shaxsni ko’rish kerak. Kattalar o’zlarining egiluvchan o’z - o’zini baholashlari bilan bolalardan
ko’proq quvonch ola biladilar”.
Yoshligidan rolli o’yinlar vositasida xulq shakllarini o’zlashtirishga o’rgangan bolalarda, katta
yoshda vaziyatli rolli o’yinlar vositasida ijtimoiy psixologik bilimlarni o’zlashtirish, ijtimoiy usta-
novkalarning shakllanishi yengil kechadi.
Bolaning ruhiy dunyosi hamma narsani to’g’ri qabul qilishga moyil. Shu bois unga biror nar
-
sani tushintirish jarayonida imkon qadar to’g’rilik bilan o’qitish kerak.Bolaning sezgilari kuchli,
ko’nikish qobilyati yuksak bo’ladi.
Shuning uchun bir ishni buyurganda “Bilaman sen bu ishni darhol bajarib tashlaysan, qo’ling-
dan hamma ish keladi” deb uning ko’nglini ko’tarish lozim. Bunday rag’bat bolaning kuch g’ayra
-
tini oshiradi, o’ziga bo’lgan ishochini kuchaytiradi.Aslida har qanday psixologik omil ishonchga
asoslanadi. Bola bir narsaga ishonsa,uning ruhida, ongi va tafakkurida o’zgarish yuz beradi. Psix
-
ologik omilning kuchli yoki zaifligi ham uning bola ongi, ruhi va tafakkurida nechog’lik ishonch
uyg’ota olishiga bog’liq. Bola qaysi ishdan ko’proq qanoat hosil qilsa, shu ishlar ularda qiziqish
paydo qiladi.
Oilada ma’naviy barkamol tarbiyalash vositalardan biri-bu oilaviy an’analarni kundalik tarbiya
tizimiga joriy etishdir. Bu jarayonda ota - onalarning roli katta bo’lib, faqat sog’lom muomala va
samimiyat muhitgina ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi omil hisoblanadi . Bola yaxshilikka duch kelganda
o’zini erkin va ruhiyatini tetik his qiladi. Ayni shu holatda amalga oshirilgan tarbiya bola tomoni
-
dan ichki his bilan qabul qilinadi. His qilish bu - munosabat , munosabat esa faoliyat demakdir.
Demak, bola tarbiya jarayonida faoliyatga yo’nalish olib ma’naviy kuch va qudratga ega bo’ladi.
Oiladagi ma’naviy muhit bola dunyoqarashi bilimining kengayishi, tafakkurining yuksalishida
alohida o’rin tutadigan kitob mutoalasi bilan ham bog’liqdir. Shuning uchun har bir ota-ona bo
-
laning ko’nglida kitobga mehr o’yg’otishi, uning bu boradagi qiziqishini rag’batlantirishi lozim.
283
Do'stlaringiz bilan baham: |