Август 2020 10-қисм
Тошкент
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA BOSHLANG’ICH SINFLARNI
O’QITISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
SAMARADORLIGI
Yulbarsova Hilola Rahimovna
Angren shahar 42-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabining
II-toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Tel; +99894 625 47 15
Annotatsiya:
ushbu maqolada umumiy o’rta talim maktablarining boshlang’ich sinfda
o’qitishning o’ziga xos jihatlari, zamonaviy AkT vositalaridan va innovatsion texnologiyalar
asosida darslarni tashkil etish haqida fikr yuritiladi. Innovatsion texnologiyalarni qo’llash
jarayonlari ham yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
Innovatsion texnologiyalar, ilg’or pedagogik texnologiyalar, innovatsiya,
demokratik uslub, metodlar.
umumiy o’rta ta’lim maktablarida, ta’lim o’qituvchi hamda o’quvchilarning hamkorlikdagi
faoliyati hisoblanadi. Darslar mobaynida o’qituvchilar o’z bilimi, malakasini turli usullar:
mashg’ulotlar, topshiriqlar vositasida yetkazishga harakat qiladi. Bu jarayonda nafaqat
o’qituvchidan, balki o’quvchidan ham o’z ustida ishlash, ma’lumotlarni qabul qilish, ularni qayta
ishlash va hayotga tatbiq qilish kabi vazifalar belgilanadi.
Asosan ta’lim-tarbiyaning maqsadi o’qituvchi o’z imkoniyatlaridan to’g’ri, aniq o’rinli
foydalana olishi, malaka va ko’nikma hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish,
zamonaviy texnologiyalar asosida bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davr haqida ma’lumotlar
yetkazish va milliy g’oya sharqona tarbiya va ma’naviyatini boyitish hamda ularni o’quvchi
ongiga singdirish, yetkazib berish bilan belgilanadi.
Amalga oshirilayotgan maqsad vazifalar boshlang’ich sinf o’qitish davrida, ayniqsa kuchli
talab qilinadi. Chunki bu davrda bola o’zining tub mohiyati va vazifasini anglab yetmaydi, balki
shunchaki hamma maktabga borishi kerak deb o’ylaydi. Ammo ma’lum vaqt o’tgach ya’ni vazifalar
ko’payib boravergach bu aqliy mehnat ekanligini anglab boradi va shu vaqtda uning o’qishdan
ko’ngli soviydi hamda unda umidsizlik uyg’onadi. O’qituvchi esa bunday holatning oldini olish
uchun o’quvchiga ta’limning o’yindan farqi va o’ziga xos qiziqarliligi haqidatushunchalar berishi
va uni shu faoliyatga tayyorlashi zarur. O’qituvchi dars mobaynida o’quvchiga shunday muhit
yaratishi kerakki, o’quvchi mustaqil topshiriq olganida, o’zini tengdoshlari orasida lideri deb his
qilsin. Bu jarayonda o’qituvchidan o’quvchilarga bo’lgan munosabatidan demokratik uslubdan
foydalanishini lozim ko’ramiz. Zero, bu uslub bolalarni birlashtiradi. O’z-o’zini boshqarishga, o’z
xatti-harakatini o’zi nazorat qilishga o’rgatadi. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondashish hissi shu
yoshdagi bolalar bilan demokratik muomala munosabati asosida shakllanadi.
Bu muomala munosabatida ilg’or pedagogik va yangi axborot texnologiyalarini tatbiq qilish
muhimdir. Bugungi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o’quv
jarayoniga qo’llash kundan-kunga oshmoqda. Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, interfaol metodlar
va zamonaviy axborot texn ologiyalari o’quv mashg’ulotlarining samaradorligini oshiribgina
qolmay, ilm-fan va AKT yutuqlarini amaliyotda qo’llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan
shaxs tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni shu davrgacha an’anaviy ta’limda
o’quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga yo’naltirgan bo’lsa, endilikda bu ma’lumotlarni
mustaqil tarzda qidirib topish, o’rganish, tahlil qilish va xulosalash ko’nikmalari shakllantiriladi.
O’qituvchi esa bu jarayonda o’quvchining ta’lim-tarbiyasiga sharoit yaratadi va bevosita
uni boshqar adi, yo’naltiradi. Hozirgi vaqtda ta’limda “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar” metodlari,
“Sinkveyn”, “Beshinchisi ortiqcha”, “Bumerang”, “Bahs-munozara”, “kichik guruhlarda
ishlash”, “Venn” diagrammasi kabi zamonaviy texnologiyalar keng qo’llanmoqda. Bundan
tashqari, axborotlashtirilgan multimediali ta’lim texnologi yalarini boshlang’ich ta’limga joriy
etish orqali o’tiladigan fanlar mazmunini o’quvchilar ongiga to’liq singdirib borish, innovatsion
vositalar bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Multimedia darslar o’quv jarayonini
ko’rgazmali olib borishda ko’maklashadi.
Bundan tashqari, o’quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi, mashg’ulotlarni jonli va
muloqot tarzida olib borishga imkon beradi. Bu esa o’quvchida o’ziga bo’lgan ishonchni, tezkor
159
Do'stlaringiz bilan baham: |