Kalit so`zlar:
kitob, kitobxonlik madaniyati, ma’naviyat, badiiy asar.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13- sentabr “kitob
mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik
madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi
prezident qarori qabul qilingani bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashishiga
sabab bo’ldi. Shundan so’ng, jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror
toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu
tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi
bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik
madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bolalar adabiyoti o`quvchilarni yoshlarni
imon-e’tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mamlakatimizning
qudratli qurolidir. Bugungi davrda bu fanga intilish, qiziqish, o`rganish, o`zlashtirish yanada oshdi.
Shunday ekan, o`quvchilar uchun yozilgan badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga
mos bo`lishi, ular qalbida chuqur o`y-fikrlar uyg`otishi, yorqin obrazlar va yuksak g`oyalarga boy
bo`lishi, ularni ulkan va porloq ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli,
sodda va qiziqarli tilda yoritilishi lozim. Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir
ko`rsatib, ana shu talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik
nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda avvalo, badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili
uning g`oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli,
boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida tilni «ko`ngil xazinasining
qulfi», deb ta’riflaydi, kishilarni qisqa va kutubxonachi mazmunli, chuqur mantiq bilan so`zlashga
chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir. Bolalar yozuvchisi sodda,
ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi
lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar yosh kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko`rsatadi,
so`z boyligini oshiradi. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni tabiatni
sevishga, halol yashashga, ilm-fan cho`qqilarini egallashga, xalq uchun foydali yangi kashfiyotlar
qilishga o`rgatadi. Kitob xalqimizning o`tmishi, ilg`or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari
bilan tanishtiradi, faxr tuyg`ularini o`stiradi.
Albatta, kitobxonlikni ham san’at desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki, kitobxonlikni o’ziga
xos qiyinchiliklari va mashaqqatlari bor. U mashaqqatlarni yengib o’tgan kishigina “kitobxon”
darajasiga erishadi. Kitobxonlik so’zi ko’p hollarda “mutolaa” so’zi bilan ham yonma-yon keladi.
Har ikkala so’z ham umumiy ma’noda ma’lumot olish, ilm o’rganish va bilim egallashni anglatadi.
Yoshlarda ma’naviy salohiyatni yuksaltirishning bir qancha omillari mavjud bo’lib,
ulardan kitobxonlikning o’rni alohida ahamiyatga ega. Kitobxonlik – insoniyat uchun xizmat
qiladigan barcha ma’lumot va bilimlarni o’zida mujassam etgan kitob, jurnal, gazeta va boshqa
yozma turdagi OAV o’qish va o’rganish san’ati.
Yoshlarni kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bu davlat va jamiyatda bo’layotgan
o’zgarishlarga o’zining mustaqil fikrini bildira olish imkoniyatini beradi.
prezidentimiz tomonidan targ`iboti amalga oshirilayotgan besh tashabbusdan biri to`rtinchi
tashahbbus ham yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish
bo`yicha tizimli ishlarni tashkil qilishga yo`naltirilgan.
XXI asrda bolalar kitobxonligini rivojlantirishda maktabimiz miqiyosida quyidagi ishlarni
145
Do'stlaringiz bilan baham: |