Kalit soʻzlar:
bola psixologiyasi, soʻz-mantiq, syujetli, rasmli oʻyinlar, tajriba, metod.
Kichik yosh davriga 3-6 yoshli bog’cha tarbiyalanuvchilari kiradi. Bola maktab ta’limiga
bogʻchada tarbiyalanayotganida tayyorlanadi. Bunda u maktabda oʻquvchilarga quyiladigan har
xil talablar bilan tanishadi, fan asoslarini oʻrganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor
boʻladi.
Ta’limga psixologik tayyorlik deganda, bolaning obyektiv va subyektiv talabiga munosibligi
nazarda tutiladi. U avval psixologik jihatdan tayyorlanadi, binobarin, uning psixikasi bilim olishga
yetarli darajada rivojlanadi, shu yoshdagi bola idrokining oʻtkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi,
oʻzining qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotiras
-
ining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab
ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror boʻladi. Bola
diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli oʻyinlarda, rasm chizish va qurish-yasash mashgʻulot
-
larida, loy hamda plastilindan oʻyinchoqlar tayyorlashda, oʻzgalar nutqini idrok qilish va tushun
-
ishda, matematnk amallarni yechishda, hikoya tinglash va tuzishda koʻrinadi. Bola oʻz diqqatini
muayyan obyektga yoʻnaltirish, toʻplash, taqsimlash boʻyicha mahlum darajada koʻnikmaga ega
boʻlib, oʻz diqqatini boshqarish va kerakli paytda toʻplashga intiladi. Shu davrgacha bevosita kat
-
talar rahbarligida u yoki bu axborotlarni oʻzlashtirib kelgan boʻlsa, oʻz xohish-irodasi bilan zarur
ma’lumotlar toʻplashga, oʻz oldiga aniq maqsad va vazifa qoʻyishga harakat qiladi. Bolaning ana
shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganini bildiradi. U she’r, hikoya va ertaklarni
esda qoldirish uchun koʻp takrorlashi, yod olishning eng qulay yoʻl va usullaridan foydalanishi
ta’lim jarayonida unga juda qoʻl keladi, birinchi sinf oʻquvchisi koʻpincha yaqqol obrazli xotiraga
suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham, bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi, ak-
sincha, ta’lim soʻz-mantiq xotirasini taqozo etadi. Soʻz-mantiq xotirasining mavjudligi ma’nosini
tushunib esda olib qolish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi. Tajribadan
ma’lumki, bola ma’nosiz soʻzlardan koʻra ma’nodor tushunchalarni birmuncha tez va mustahkam
eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab ta’limiga tayyorgarlik bosqichida kattalar bilan
muloqotga kirishish, kishilarning fikrini uqib olish va toʻgʻri idrok qilish darajasida, nutqining
tuzilishi esa, grammatika qoidalariga mos, mantiqan izchil, ifodali, miqdor va koʻlam jihatdan fikr
almashishga yetarli boʻladi. U eshitgan va koʻrganlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni tushuna oladi.
Oʻzidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila biladi, aqliy faoliyat operatsiyalaridan oʻrinli
foydalanadi(ularni taqqoslaydi, oydinlashtiradi, guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi, hukm va xu
-
losa chiqarishga harakat qiladi). Yirik psixologlarning tadqiqotlari oqilona tashkil qilingan ta’lim
jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Olti yoshli bolaning psixik
tayyorligi toʻgʻrisida gapirilganida koʻpincha muayyan reja asosida, tartibli, koʻp qirrali maqsad
-
ga yoʻnaltirilgan, oʻzaro mantiqiy bogʻliq, izchil boshlangʻich ta’limga zamin vazifasini oʻtovchi
psixik oʻsish darajasini nazarda tutamiz. Shuningdek, ta’lim uchun psixik oʻsish darajasidan tash
-
qari, bola turmushi va faoliyatining tafovutlari, sharoitlari, oʻziga xosligi, uning sihat-salomatligi,
usuliy jihatdan tayyorgarligi, oddiy koʻnikmalarni oʻzlashtirgani kabi omillarni hisobga olish ma
-
qsadga muvofikdir.
Yuqorida aytilganlarning hammasi bolaning maktab ta’limiga psixologik jihatdan tayyorligin-
ing obyektiv tomonlarini ifodalaydi. Bola maktab ta’limiga psixologik tayyorlannshining subyek
-
tiv tomoni ham mavjuddir. Uning maktabda oʻqish xohishi, intilishi, katta yoshdagi odamlar bilan
muloqotga kirishish istagi mazkur tayyorgarlik bilan uzviy bogʻliqdir. Bolada shu davrga kelib,
143
Do'stlaringiz bilan baham: |