Sirdaryo viloyati Xovos tumani
26- umumta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Telefon: +998993450831
Annotatsiya.
Mazkur maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarini ijodiy fikrlashga o`rgatishda
o`qituvchi mahoratini tahlil etgan holda ta’lim jarayonidagi ijodiy fikrlash qobiliyatini
shakllantirishga yo`naltirilgan ish tajribalardan namunalar keltirilgan.
Kalit so`zlar:
ijodiy fikrlash, mahorat, ertak, hikoya she’r.
Ma’lumki, maktab bu – o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish o`chog`idir.
Ammo, o`quvchilarning ijodiy fikr lash qobiliyatlarini shakllantirish jarayonlari asosan darslar
yoki darsdan tashqari sharoitlarga mo`ljallab amalga oshiriladi, to`g`ri, bu pedagogik shart-
sharoitlar sifa tida o`quv chi larning ijodiy fikrlash qobiliyat larini shakl lantirish vositalari sifatida
muhim ahamiyatga ega jarayondir. Vaholan ki, o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
shakllan tirishning maqsad va vazifalarini hal etishda asosiy tashkiliy shakl – bu darsdir.
Ko`zlangan maqsadni faqat ona tili darslarida emas, har qanday fanni o`tish jarayonida ham
amalga oshirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim va o`quvchilarning ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirish bu yaxlit, bir butun pedagogik jarayondir.
3-4 sinflarda barcha fanlarni o`qitishda didaktik maq sadlar bilan bir qatorda o`qituvchi
o`quvchilarning ijodiy fikr lash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadini ham aniq bel gilab olishi
va ularni hal etishi lozim. Masalan, ona tili - boshlang`ich sinf o`quvchilarida ijodiy fikrlash
qobiliyatlarni aniqlashning asosiy vositalari bo`lib xizmat qiladi. Amaliyotda ko`pchilik 3-4
sinf o`qituvchilari nafaqat o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllan tirish, hattoki
ta’limiy maqsadlarni ham oldindan aniq bel gilay olmaydilar. Ularning dars-reja ishlanmalarida
o`quvchi larning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maq sadlari qo`yilmaydigan hollar
ham uchrab turadi. Ular belgilab olingan taqdirda ham umumiy xarakterga ega bo`ladi. Masalan,
darsning o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida «boshlang`ich
sinf o`quvchilarining ijodiy fikrlash qobiliyatlarini aniqlash», «o`quvchilarning ijodiy fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirish» kabi umumiy tushunchalar bilan cheklanadi. Bir soatlik dars davo-
mida bu borada ko`zlangan maqsadga erishish mumkin emasligini har qanday pedagog tushunadi.
Demak, o`quvchilarning ijodiy fikr lash qobiliyatlarini shakllantirishdan ko`zlangan maqsad aniq
qo`yilishi, u darsning o`quv materiali mazmunidan kelib chiqib oldindan aniq belgilanishi lozim.
Ma’lumki, o`qish, ona tili darslari o`z mazmun va mohiya tiga ko`ra kuchli boshlang`ich
sinf o`quvchilarida ijodiy fikrlash qobiliyatlari aniqlash vositalaridan sanaladi. Ushbu fanlar
dars mavzulari, vatanni madh etuvchi, do`stlik, to`g`rilik, halol lik, jasurlik, mardlik, ezgulik
singari g`oyalarni ilgari suruv chi o`quv materiallariga boydir. Undagi ertak, doston, hikoya,
rivoyat, maqol, topshiriq, she’r, badiiy asar matnlarida kishi ning insoniy fazilatlari yuksaklarga
ko`tarilib, salbiy fazi latlar esa qoralanadi. O`qituvchi bolalarning badiiy qahra monlarining ijobiy
fazilatlaridan namuna olishlari, salbiy fazilatlaridan esa nafratlanishlari, ularning qarashlarini
chuqur tushunib etishlari uchun o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishning
milliy usullaridan ham foydalanish kerak.
Ijodiy fikrlashga yo`naltiruvchi quyidagi topshiriqlarni berish asosida ko`zlangan natijaga
erishish mumkin.
Masalan:
29
Do'stlaringiz bilan baham: |