6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: 2020-yil 1-avgustga qadar bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligidagi “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha MHXSni chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturlarini tasdiqlasin va belgilangan tartibda ta’lim jarayoniga joriy etsin; 2020-yildan boshlab tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish va keyinchalik mazkur tajriba-sinov loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy ta’lim muassasalarida joriy etish choralarini ko‘rsin; 2021-yil 1-yanvarga qadar “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog kadrlarning akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlasin, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida tahsil olgan pedagog kadrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini rasmiy veb-saytida e’lon qilsin va doimiy ravishda ularni yangilab borsin. 7. Belgilansinki: 2021-yildan boshlab, MHXS va auditning xalqaro standartlari (keyingi o‘rinlarda — AXS) bo‘yicha o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotning akkreditatsiyasidan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga rioya qilish sharti bilan, tegishli litsenziya olmasdan MHXS va AXS bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish yuzasidan litsenziyalangan faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga egadir; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarida buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha fanlar faqat xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” yoki “AXS bo‘yicha audit” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan o‘qitiladi; xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta’lim muassasalari magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga kirish imtihonlarini topshirmasdan to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar soliq hisoboti shaklini qayta ko‘rib chiqsin va uning MHXS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotga moslashtirilgan shaklini ishlab chiqsin. Oldingi tahrirga qarang. 9. Belgilansinki, 2020 — 2025-yillar davomida akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS (buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR ACCA)” kurslari va boshqalar) bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, interfaol usullarni qo‘llagan holda o‘qitish, shuningdek, buxgaltyerlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi va quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
2.Hisobotini tuzish bo'yicha auditning xalqaro standartlari