Ushbu chegara oralig’idagi ehtimollik xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobotlarining ishonchliligiga ta’sir ko’rsata-digan xatolar mavjudligini aniqlash, tegishli auditorlik qarorlarini qabul qilish uchun ushbu xatolarni baholash mumkinligi(yoki mumkin emasligi)ni ifodalaydi. Bu muhimlikni sifat jihatdan tavsiflaydigan tarkibiy qism-dir. Muhimlikning miqdoriy jihatini tavsiflaydigan tarkibiy qismi esa uning ma’lum darajalari orqali ifodalanadi.
Agar xato buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlarini sezilarli darajada chalkashtirsa va mazkur hisobot ko’rsatki-chidan foydalanuvchining shu hisobotga asosan qabul qilgan qaroriga ta’sir ko’rsatsa, uning aniqlanmasligi (bilmasdan o’tkazib yuborilishi) muhim hisoblanadi. Buxgalteriya hiso-botida yig’indisi katta summani tashkil etadigan bir nechta sezilarsiz xatolar bo’ladigan vaziyatlar ham uchraydi. Auditor bitta muhim bo’lmagan xatoni aniqlab, bu haqda auditorlik xulosasida bildirishi va salbiy auditorlik xulosasi tuzishi ham mumkin. Haqiqatda esa, buxgalteriya hisobotida jamlanganida muhim tus oladigan bir nechta ahamiyatsiz xatolar bo’lishi mumkin.
Muhimlikni aniqlash auditning xalqaro amaliyotida №320-«Auditda muhimlik» nomli standart (ISAs 320 «Audit Materiality») bilan tartibga solinadi. O’zbekistonda esa bu borada №9 – “Muhimlik va auditorlik riski” nomli AFMS ishlab chiqilgan va Moliya Vazirligining 1999 yil 4 avgustdagi 63 sonli buyrugi bilan tasdiqlangan, hamda Adliya Vazirligi tomonidan 1999 yil 3 sentyabrida 813 raqam bilan ro’yxatga olingan. Ushbu standartga muvofiq
“Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotining ishonchliligiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan holatlar auditda muhim deb tan olinadi”.
Standartda ta’kidlanishicha, barcha muhim holatlarda moliyaviy hisobotning ishonchliligi deganda undagi ko’rsatkichlar aniqligining shunday darajasi (
chegarasi – D. R. ) tushuniladiki, bu hisobotdan malakali foydalanuvchilar to’g’ri xulosalarga kelish va to’g’ri qarorlar qabul qilish imkoniga ega bo’ladi.
Ma’lumki, respublikamizda islohotlarning chuqurlash-tirilishi va iqtisodiyotning erkinlashtirilishi natijasida buxgalteriya hisoboti axborotlaridan foydalanuvchilarning turlari ko’paymoqda. Ularning har qaysisi uchun muhimlik darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Masalan, aktsiyadorlar uchun korxona faoliyatining natijalari, xo’jalik mablag’la-rining haqqoniyligi va foydaning dinamikasi to’g’risidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Investorlar uchun esa korxonaning moliyaviy barqarorligi, ishlab chiqariladigan mah-sulotlarga talabning o’zgarishi, qo’yilmalarning rentabelligi va investitsion loyihalarning haqqoniyligi to’g’risida-gi axborotlar muhim bo’lishi mumkin.
Auditorlar eng muhim, kam uchraydigan va xatolari bor hisobot moddalari va schetlarni aniqlash chog’ida muhimlik tushunchasidan auditni rejalashtirishning asosi sifatida foydalanadilar. Bunday moddalar va schetlarga alohida e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, to’plangan auditorlik dalil-isbotlarini baholashda va qanday auditorlik xulosasi tuzish to’g’risida bir qarorga kelishda ham muhimlik darajasidan foydalaniladi.
Demak, muhimlik tushunchasi auditor tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatoning hajmini va o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvining ko’lamini aniqlash hamda tuziladigan auditorlik xulosasining shaklini belgilash (ijobiy yoki salbiy) uchun birlamchi va asos bo’luvchi manba hisoblanadi.
№70-«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’ri-sidagi auditorlik xulosasi» nomli AFMSdagi ijobiy auditorlik xulosasi standart shaklining yakunlovchi qismida «…xo’jalik yurituvchi subektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holatini ishonarli aks ettiradi...» deyilgan.
Ushbu jumla axborotdan foydalanuvchilarga auditorlik xulosasida bildirilgan fikrning muhim hisoblangan moliyaviy axborotlargagina taalluqli ekanligi to’g’risida ma’lumot beradi. “Muhimlik” tushunchasi shuning uchun zarurki, hech qaysi auditor moliyaviy hisobotning 100% to’g’ri ekanligiga kafolat bera olmaydi.
Muhim xatolarning auditor tomonidan aniqlanishi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan, ham korxona rahbariya-ti, ham auditor tomonidan mavjud muhim xatolarning baholanishi; tekshiruvlar vaqti va qiymatining chegaralanganligi; mijozning xatolarni auditor aniqlashini “kutib o’tirishi”; auditorning