AUDITNING PREDMETI VA OB’EKTLARI
Reja:
Auditning predmeti va ob’ektlari
Auditning metodi va unda qo‘llaniladigan usullar
Bob mavzularini mustaqil o‘rganish uchun tavsiya etiladigan me’yoriy
hujjatlar va davriy adabiyotlar
Auditning predmeti va ob’ektlari
Audit, bir tomondan maxsus auditorlik tashkilotlarining faoliyati, ikkinchi
tomondan, maxsus iqtisodiy fan sifatida o‘zining predmetiga va aniq ob’ektlariga ega.
Auditning predmeti deganda auditorlik tekshiruvi o‘tqaziladigan ob’ektlar majmuasi
tushuniladi. Bunday ob’ektlar bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy
xo‘jalik faoliyati, ushbu faoliyatni tashkil etuvchi barcha jarayonlar va operatsiyalar,
xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larni tashkil topish manbalari, hisob-kitoblar, o‘zaro
munosabatlar, moliyaviy xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, ularni aks ettiruvchi
boshlang‘ich, oraliq va yig‘ma hujjatlar, moliyaviy va statistik hisobotlar, xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari hamda boshqa ma’sul va moddiy javobgar
shaxslarning faoliyatlari, buyruqlar, qarorlar va boshqalar hisoblanadi. Faoliyat sifatida
audit yuqorida keltirilgan ob’ektlarni tekshirish, ularga baho berish va biron-bir xulosaga
kelishni bildiradi. Iqtisodiy fan sifatida audit belgilangan ob’ektlarni tekshirish tartibini,
tekshirish natijalarini chiqarish, rasmiylashtirish va tadbiq etish usullarini o‘rgatadi.
Auditning predmeti va ob’ektlari belgilangan auditorlik tekshiruvining turiga,
maqsadiga va unga qo‘yilgan vazifalarga bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun, kompleks
auditning predmeti sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum bir hisobot yillardagi
moliyaviy xo‘jalik faoliyati olinishi mumkin. Tematik auditning predmeti sifatida
buxgalteriya hisobining ma’lum bir bo‘limi yoki moliyaviy xo‘jalik faoliyatining aniq
ko‘rsatkichi tanlab olinishi mumkin. Bundan xulosa qilish mumkinki, auditning predmeti
va ob’ektlari juda keng qamrovlidir.
Auditni faqat buxgalteriya hisobiga tegishli deb o‘ylamaslik kerak. Buxgalteriya
hisobi, unda aks ettiriladigan ob’ektlar (1-bobga qarang), albatta, auditning muhim
ob’ektlari hisoblanadi. Shuning bilan birga auditning ob’ektlari bo‘lib boshqaruv
hujjatlari ( biznes-reja, buyruqlar, qarorlar, ustav, shartnomalar, bayonnomalar), ma’sul
va moddiy javobgar shaxslar faoliyati, ular o‘rtasidagi munosabatlar va boshqalar ham
hisoblanadi (15-chizmaga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |