AUDITNING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI
REJA:
Kirish
Asosiy qism
1. Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi
Auditorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo’lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o’sish yo’nalishi mustahkamlanib bormoqda. Bunda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha «Audit» fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank ishi va boshqa iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. . Shuningdek, 2000 yil 7 avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti - O’zbekiston auditorlar palatasi tashkil etildi.2021-yil 25-fevral kuni “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi,lekin hali kuchga kirmagan.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pog’onasida O’zbekiston Respublika-sining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni (yangi tahriri) turadi. Ushbu qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 26 maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan bo’lib, 29 moddadan iborat (2-ilova).
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respub-likasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog’ona-siga kiritish mumkin. Jumladan, 22 sentyabr 2000 yilda O’z-bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi Qaror qabul qilindi (3-ilova).
Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq «Auditorlik xulosa-larini soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olish tartibi to’g’risidagi Nizom», «Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazishdan bo’yin tovlaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirish tartibi to’g’risidagi Nizom» va «Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziya berish to’g’ri-sidagi Nizom» tasdiqlangan.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |