Audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisob va u bilan bog’liq moliyaviy axborotlarini me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishidir.
Auditorlik faoliyati va auditorlik kasbining ta’rifi O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida quyidagicha keltirilgan:
Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va ushbu qonun-ning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Birinchi ta’rifda auditning tafsiloti keng bayon etilgan bo’lsa, so’ngisida auditorlik faoliyati tekshiruv o’tkazish jarayoni bo’lishidan tashqari professional xizmat ko’rsatish bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati ekanligi ham ta’kidlangan.
O’zbekistonda davlat hoqimiyati va boshqaruvi organlariga auditorlik faoliyatini amalga oshirish qonun bilan taqiqlangan.
Auditor – auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
Agar auditor auditorlik tashkilotining shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.
Auditor auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganligi, tijorat sirini oshkor etganligi hamda boshqa hatti-harakat-lari oqibatida auditorlik tashkilotiga zarar etkazganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq auditorlik tashkiloti oldida javobgar bo’ladi (3).
Shuningdek, Qonunning 4-moddasiga muvofiq «auditor yordamchisi auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir».
Auditor yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida qayd etilgan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati auditorning yordamchisiga nisbatan tadbiq etiladi.
Auditorning yordamchisi sifatida ishlangan vaqt auditor malaka
sertifikatini olish uchun zarur bo’ladigan ish stajiga qo’shiladi.
O’zbekistonda auditorlik faoliyati mustaqil yuridik shaxs huquqiga ega auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Qonunga ko’ra auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir.
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflash mumkin.
Auditorlik faoliyati
-
Auditorlik tekshiruvlar
|
|
Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari
|
-
moliyaviy hisobotni tuzish;
-
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini
tahlil qilish;
-
Nazorat qiluvchi
yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvi
|
|
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
|
|
|
Shuningdek, auditorlik tashkiloti ketma-ket 7 yildan ko‘proq ayni bir xo‘jalik yurituvchi sub'yektning tekshiruvini o‘tkazishga haqli emas.
Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma'lumot uchun, «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun ilk bor 2000 yil 26 mayda qabul qilingan. U 9 bob, 29 moddadan iborat bo‘lgan. Qonunning yangi tahriri esa 55 ta moddadan iborat.
2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 99ta auditorlik tashkilotlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Auditorlar soni esa 572 kishini tashkil qiladi. 19ta mahalliy auditorlik tashkilotlari yirik xalqaro tarmoq va assotsiatsiyalarning a'zolari hisoblanadi.
XULOSA
Barcha rivojlangan davlatlarda, buxgaltеr-auditor kasbini egallash istagi bo’lgan shaxslar ko’p yillar davomida o’qishi va amaliy faoliyat ko’rsatishi hamda imtihonlar topshirishi lozim. Auditorlar Palatasi vakillari, ushbu kasb bo’yicha barcha shaxslarni birlashtiruvchi tashkilotlar muntazam ravishda ularning ishlarini tеkshirib boradi. Agar auditorlik faoliyati qoniqarsiz dеb topilsa, ularni auditorlar Palatasi tarkibidan chiqarish masalasi qo’yiladi, bu esa, kеlajakda faoliyat ko’rsatmaslk.
Hisobot malumotlarining ishonchliligini, birinchi navbatda, buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl), shuningdek boshqa hisobotlarning ishonchliligini (yoki tasdiqlamaslik) auditorlik xizmatining eng muhim vazifasi hisoblanadi. So'ngi o'tgan yillar mobaynida yurtimizda Audit faoliyatini yanada rivojlanyirish bo'yicha yangi qonun va qarorlar qabul qilindi.
•Prezidentning 19.09.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3946 son qarori qabul qilindi.
• 2021 yil 25 fevral kuni «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611 Son Qarori.
Do'stlaringiz bilan baham: |