Omillarning rentabellik darajasi o‘sishiga ta’siri hisobi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Omilli
|
|
Hisobot davridagi
|
|
|
|
Yxi
|
|
|
ko‘rsatkichlar darajasi
|
xi
|
|
bi
|
|
ko‘rsatkich
|
|
|
|
|
reja
|
haqiqiy
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
x1
|
|
|
2,5
|
2,4
|
-0,1
|
|
3,65
|
-0,365
|
|
x2
|
|
|
90
|
80
|
-10
|
|
0,09
|
-0,900
|
|
x3
|
|
|
8,2
|
8,0
|
-0,2
|
|
1,02
|
-0,204
|
|
x4
|
|
|
22,0
|
25,0
|
+3,0
|
|
-0,122
|
-0,260
|
|
x5
|
|
|
30
|
25
|
-5,0
|
|
+0,052
|
-0,260
|
|
Y
|
|
|
25,0
|
22,5
|
-2,5
|
|
-
|
-2,095
|
5. CHiziqli dasturlash usuli va uning tahlilda ko‘llanilishi
CHiziqli dasturlash usuli iqtisodiyotda ko‘p uchraydigan ekstremal masalalarni hal qilishda ko‘p qo‘llaniladi. Ushbu turdagi masalalarni echimi funksiyalardagi o‘zgaruvchan miqdorlarni chetki qiymatlarini (maksimum va minimum) topishga qaratilgandir.
CHiziqli dasturlash qat’iy funksional bog‘liqlikda bo‘lgan voqeliklarni o‘rganib, chiziqli tenglamalar tizimini (tenglama va tengsizliklarni qayta shakllantirib) echishga asoslangan. O‘zgaruvchan miqdorlarning matematik ifodasi, ularning aniq tartibi, hisob-kitoblarning ketma-ketligi, mantiqiy tahlillar chiziqli dasturlashga xos jihatlardir. Ushbu usulni faqat quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin:
o‘rganilayotgan o‘zgaruvchan miqdorlar matematik aniqlik va miqdoran cheklangan bo‘lsa;
omillarni o‘zaro almashtirish asosida aniq ketma-ket hisob-kitoblar amalga
oshirilsa;
o‘rganilayotgan ob’ektning tushunishdagi mantiqiy asoslash bilan hisob-kitoblardagi mantiq, matematik mantiq o‘zaro mos kelsa.
CHiziqli dasturlash qo‘llanib hal etiladigan barcha iqtisodiy masalalar aniq cheklangan sharoitlarda muqobil echim topishi bilan farq qiladi. Demak, mazkur usulda masalani hal qilish - mavjud muqobil imkoniyatlar orasida eng maqbul hamda yaxshisini tanlab olishdir. Iqtisodiyotda chiziqli dasturlashdan foydalanishning qimmati va ahamiyati shu bilan izohlanadiki - mavjud ko‘p miqdordagi ahamiyatli muqobil variantlar ichida eng maqbul variant tanlanadi. Boshqa usullar yordamida mazkur turdagi masalalarni hal qilishning imkoni mavjud emas.
Ushbu usul yordamida sanoat korxonalarida stanoklarning eng maqbul unumdorligi, qishloq xo‘jaligida minimal miqdor va qiymatdagi ozuqa ratsioni, transport masalalari hal etiladi.
Nazariy o‘yin usuli va tahlilda foydalanishning o‘ziga xos tomonlari.Nazariy o‘yin usuli o‘rganilayotgan voqelik tafsifiga ko‘ra undagi mavjud vaziyatlar ichida eng maqbul strategiyaning topishni tadqiq qiladi. Bunda korxona uchun eng qulay va maqbul vaziyat strategiya qilib boshqaruv qarorlari asosida belgilab olinadi. Mazkur holatni matematik ko‘rinishga keltirishda har bir vaziyatni alohida o‘yin ishtirokchisi deb belgilab olinadi. Har bir ishtirokchi esa o‘zining manfaatini maksimallashtirishni boshqa ishtirokchilar hisobidan amalga oshirishga harakat qiladi.
Nazariy o‘yin usulida masala aniq formulalashtirishni talab qiladi. Bunda o‘yin qoidasi va ishtirokchilar soni belgilanadi, ishtirokchilar imkoniyatidagi strategiyalar aniqlanadi, yutuqlar va yutqazishlar o‘rganiladi.
Masalalarni hal qilishda algebraning chiziqli tenglamalar va tengsizliklar tizimi usullari va boshqa shu kabilardan foydalaniladi.
Korxona uchun A va V strategiyalardan tashqari, tabiatning injiqligi ham mavjud. Bu holat ham erishiladigan tushum, natijada esa foydaga (zarar) o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Misol uchun, korxona A strategiyani qo‘lladi, lekin havo sovuq (D) keldi. Bunda korxonaning tushumi:
200 * 35 + 170 *50 – 80 * 40 = 12300 ming so‘m.
Agar korxona V strategiyani ko‘llagan holda S iliq havo bo‘lsa, u holda: 200 * 35 - 70 * 30 + 170 *50 = 1300 ming so‘mni tashkil etadi. YUqoridagi ma’lumotlardan foydalanib esa, quyidagi matritsa jadvalini
tuzamiz. Bunda korxona R1- komanda, tabiatni esa R2 shartli
|
belgi bilan belgilab
|
olamiz.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
jadval
|
|
Nazariy o‘yin usulida daromadlarni boshqarish strategiyasini belgilash
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ishtirok-
|
|
R2 (Tabiat)
|
|
|
|
chilar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Strategiya
|
S
|
D
|
|
Min
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
P1(Korxona)
|
A
|
19500
|
12300
|
|
12300
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
B
|
13400
|
17950
|
|
13400
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Max
|
19500
|
17950
|
-
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki korxonaning strategiyasi tabiat strategiyasi bilan bir xil bo‘lsa 19500 yoki 17950 ming so‘m foydaga erishishi mumkin. Aks holda mazkur ko‘rsatkich 12300 yoki 13400 ming so‘m holatida qoladi. Bu erda P1va R2o‘yinchilarni strategiyasi o‘zaro muvofiq kelmaydi deb qaraladi. Demak, korxona eng kam foydaga erishadi deb olinadi. YA’ni, o‘yinda korxona yutqizadi.
SHu sababli, korxona bu ikki mahsulot turidan o‘rtacha foydaga erishish yo‘lini ishlab chiqadi.
Buning uchun
R1 o‘yinchining A strategiyasida chastotani nomalum X bilan belgilaymiz.
Mazkur holatda V strategiyadagi chastota esa (1-X) miqdorga teng bo‘ladi.
Endigi navbatda quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz:
19500X+12300(1-X)=13400X + 17950(1-X)
117500X=56500
X=0,48 (1-0,48)=0,52
19500*0,48 + 12300*0,52=15756
13400*0,48 + 17950*0,52=15766
(200 + 250)*0,48 +(270+170)*0,52 = 236 kurtka + 208 palto
Demak korxona shuncha assortimentdagi masulot ishlab chiqarishi uning omillar tasirida tushumning va daromadgning bir xilligini taminlash imokniyani beradi.
Moliyaviy tahlilning maxsus usullari: moliyaviy hisobotni o‘qish, gorizontal, vertikal, trend, qiyosiy, omilli, koeffitsentlar tahlili.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati yuzasidan ob’ektiv axborotlarni olish yullarini belgilab beruvchi tahlil usullariga quyidagilarni kiritish mumkin9.
moliyaviy hisobotni o‘qish
gorizontal tahlil
vertikal tahlil
trend tahlili
qiyosiy tahlili
moliyaviy koeffitsentlar
omilli tahlil
Moliyaviy hisobotlarni “o‘kish” -deganda moliyaviy hisobotni manzilli o‘rganish tartibi tushuniladi. YA’ni korxonani bilishni dastlabki o‘rganish usuli usulidir.
Gorizontal tahlil-moliyaviy hisobot elementlari va ularning moddalarini mutlaq va nisbiy farqlash orqali o‘zgarishlarini aniqlash usulidir.
Vertikal tahlil-mablag‘lar va ularning tashkil topishi manbalarini, daromad va harajatlarni, moliviy hisobotlarning boshqa elementlarini tarkibiy o‘rganish usulidir.
Trend tahlili – asos ko‘rsatkichiga nisbatan dinamik o‘rganish usulidir.
Qiyosiy tahlil -bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlar tizimini, turli ob’ektlar bo‘yicha taqoslash usulidir.
Moliyaviy koeffitsentlar tahlili - moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini uzaro nisbatlash asosida aniqlanadigan ko‘rsatkichlar asosida baholash usulidir.
Omilli tahlil-natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi birliklarni va hisob kitob qilish mumkin bo‘lgan birliklarda aniqlash usulidir10.
Moliyaviy tahlil usullari qatoriga ayrim manblarda shuningdek, taqqoslama (solishtirma) tahlil, loyihaviy tahlil, diskontlash usullari ham kiritiladiki ushbu usullar iqtisodchilar guruhiga kiruvchi boshqa mutahassislar tomonidan ko‘proq qo‘llaniladigan usullardir.
YUqorida keltirilgan usullar tahlilchilarning barcha qatlami uchun yagona usullar sifatida foydalaniladi.
Tahlil usullarining sxematik tushuntirish ularni anglashni yanada asonlashtiradi. SHu sababli bir hil holatning har hil jihatlarini aks ettiruvchi moliyaviy htisobot elemntlari moddalariga nisbatan, shuningdek moliyaviy holat ko‘rsatkichlariga nisbatan ushbu usullarning tasnifini berib o‘tamiz.
Moliyaviy hisobotni «o‘qish». Moliyaviy hisobotni «o‘qish» deganda ko‘pincha moliyaviy hisobotning manzilligi (egasi) mulki shakli (xususiy, aksionerlik, h.k.), o‘lchov birligi (milliy va xirijiy valyuta), yuridik manzili, davriyligi (qaysi davrga to‘zilishi) tasniflash tushuniladi. Aslida o‘qish kengroq tushuncha .Unda mulkning o‘ziga va qarzga olingan qismlarga bo‘linishi, agar korxonada pul mablag‘lari bo‘lsa ular xozirda kimga tegishli ekanligi, agar korxona foydaga ega bo‘lsa ular qaysi aktivlarda shaklanganligi (moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rinishda ekanligi), balansning o‘sishi nimani izohlashi, agar korxona moliyaviy barqaror bo‘lsa yoki nobarqaror bo‘lsa u balansda qanday joylashuvi kabi masalalarni ham qamrab olmog‘i lozim.
Gorizontal tahlil - alohida moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘zaro taqqoslash orqali moliyaviy holatdagi o‘zgarishlarga baho berish usuli hisoblanadi. O‘zgarishlar,
mutlaq va nisbiy ifodalarda aniqlanadi. Moliyaviy hisobot elementlari va moddalarini, moliyaviy ko‘rsatkichlarni gorizontal tahlili asosida ularning o‘sish darajalariga baho beriladi.
Moliyaviy tahlilda gorizontal tahlilning quyidagi shakllaridan foydalaniladi.
1.Hisobot davri moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘tgan yilning shu davri (dekada, oy, chorak) ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash;
2.Hisobotning moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘tgan yilning shu davri ko‘rsatkichi bilan taqqoslash (masalan joriy davr 1-choragini o‘tgan yilning 1-choragi bilan taqqoslash)
3-Bir necha yillar bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlarni taqqoslash.
Do'stlaringiz bilan baham: |