Atv baholash



Download 203,25 Kb.
bet17/47
Sana01.07.2022
Hajmi203,25 Kb.
#727342
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47
Bog'liq
Dissertatsiya Temur tayyori

Ekspert-tahliliy usul mazkur 11-son MBS Metodikasining 2-ilovasida keltirilgan Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiqeskirish natijasida obyektning ehtimoliy texnik holatlari tavsiflaridan birini baholash obyekti bilan solishtirishdan iboratdir.
Jismoniy eskirishni baholash usullari bilan hisoblab chiqarilgan baholash obyektining jismoniy eskirishini baholash natijasi 11-son MBS Metodikasining 2-ilovasida keltirilgan Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiq jismoniy eskirish hajmi diapazoni bo‘yicha texnik holat tavsiflariga mos kelishi zarur.
Funksional eskirish baholash obyektining ishlab chiqarishdan olib tashlanishi, xuddi shunday mashina va uskunalarni ishlab chiqarish sohasida yangi texnologiyalarning rivojlanishi munosabati bilan baholash obyekti u yoki bu xossalarining iste’mol jozibadorligi pasayishi bilan belgilanadi. Funksional eskirish ma’naviy va texnologik eskirishga bo‘linadi.
Ma’naviy eskirish – huddi shunday qurilmalarning xossalari va tavsiflarining yaxshilanishi (texnik parametrlari yoki konstruktiv echimlarining o‘zgarishi, yangi imkoniyatlarining vujudga kelishi, ko‘proq ekologikligi, energiya sarfini tejashi va h.k.) yoki ular turkum ishlab chiqarilishining arzonlashuvi sababchi bo‘lgan eskirish.
Texnologik eskirish – huddi shunday qurilmalarda foydalaniladigan konstruktiv materiallarning dizayni va tarkibidagi farqlanish, ishlab chiqarish (ishlov berish) texnologik siklining o‘zgarishi, qulayliklar va mexanika o‘rniga elektronika tufayli yangi funksiyalarning qo‘shilishi sababchi bo‘lgan eskirish.
Funksional eskirish quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Ifunk = 1 - (P0 / Pan)n ,
bu yerda:
P0 – baholash obyekti unumdorligi ko‘rsatkichi (natural birliklarda yoki pul ifodasida);
Pan – funksional takomillashuv alomatlari bo‘lgan yangi analogning unumdorlik ko‘rsatkichi (natural birliklarda yoki pul ifodasida);
n – qo‘llanilayotgan parametrning baholash obyekti qiymatiga ta’sir kuchini tavsiflovchi daraja ko‘rsatkichi (narxni to‘xtatish koeffitsienti) (0,6 - 0,8).
Baholash obyektining funksional eskirishini hisoblashda ham texnologik, ham funksional eskirishni hisobga olish zarur.
Tashqi eskirish baholash obyektining qiymatiga tashqi omillarning salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan yuzaga kelgan eskirishdan iboratdir. Tashqi omillargaquyidagilar kiradi: bozordagi vaziyat, moliyalashtirish shartlari, foydalanishdagi cheklovlar, infratuzilmaning, qonun hujjatlarining o‘zgarishi va boshqalar.
Baholash obyektining jalb etilmagan zaxiralarini (ishlab chiqarish quvvatlari) va buning oqibatida foyda (daromad) darajasining yo‘qotilishini aniqlash tashqi eskirishni hisoblashni taqozo etadi, bu baholash obyekti qiymatining pasayishida aks etadi.
Tashqi eskirishning hisob-kitobi quyidagi formulaga binoan amalga oshiriladi:

Xarajat yondashuvini qo‘llaganda baholash obyektining qiymati jamlangan eskirishni chegirgan va tashqi qimmatlashuvni hisobga olgan holda baholash obyektining tiklanish qiymati (almashtirish qiymati) sifatida aniqlanadi. Baholash obyekti qiymatini hisoblash formulasi:

Download 203,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish