FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………
|
97
|
ILOVALAR ………………………………………………………………..
|
101
|
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligi. Zamonaviy bozor iqtisodiyotida, shu jumladan mulkiy aktivlar bilan to‘xtovsiz ko‘p hajmdagi bitimlar amalga oshirilmoqda, bunda aktivlarning haqqoniy qiymatini aks ettirishga bo‘lgan zarurat yuzaga keladi. Shuningdek qiymat nafaqat sotuvchining, balki xaridorning ham manfaatlarini aks ettirishi lozim, bunda sotib olingan aktiv bo‘yicha bitim maksimal qaytim, foyda olish nuqtai nazardan qaraladi va ushbu mablag‘larni qo‘yish boshqa investitsion loyihalarga nisbatan yanada samarali bo‘lishi lozim. Xarajat ma’lum bir mulkning foydasi bilan chambarchas bog‘liq. Mulk egasining (jismoniy va yuridik shaxslar, davlatning) mavjud ehtiyojlarini qondirish qobiliyatidan va kelajakda ushbu obyektga ega bo‘lish imkoniyatlaridan keladigan qiymatga bog‘liqdir. Bundan kelib chiqadiki, barcha ishtirokchilarning manfaatlarini faqatgina aktivlarning asoslangan bozor qiymati miqdorini aniqlash orqali amalga oshirish mumkin. Shunday aktivlardan biri qurilish mashinalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonun, Yagona milliy baholash standarti va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq mulkning bozor qiymatini boshqarish boshqaruv amaliyotiga kiritilgan. Qurilish mashinalarining bozor qiymatini aniqlash, jismoniy va yuridik shaxslar uchun sotib olingan va sotilgan, meros qilib olingan, sovg‘a qilingan, ustav kapitaliga hissa qo‘shgan, ishonchli boshqaruvga berilgan, ijara va boshqalar qurilish mashinalarini baholash bo‘yicha xizmatlarga bo‘lgan talabning oshishiga olib keldi.
Qurilish mashinalarining bozor qiymatini aniqlash faqat mutaxassislar va sug‘urtalovchilarning amaldagi faoliyati uchun emas, balki mavjud qurilish mashinalarining bozor narxini joriy tahlil qilish maqsadida qurilish mashinalarini sotish va xarid qilish bilan shug‘ullanadigan avtotransport korxonalari uchun (buxgalteriya siyosatini rejalashtirish, xususan, amortizatsiya usuli va qurilish mashinalarining xizmat muddatini tanlash, avtoparkning tovar tuzilmasini optimallashtirish va h.k.) va qurilish mashinalarining bozor qiymatini prognoz qilish uchun ham ahamiyatga ega.
1999 yil 19 avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizda baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi, 2020 yil 1 mayda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 01/11-15/2-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yagona milliy baholash standarti” O‘zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilaydi. Ushbu standartning XI-bo‘limi “Mashina va uskunlarni baholash (11-son MBS)” deb nomlanadi va qurilish mashinalarini baholash ushbu standart metodikasi (5-ilova) asosida amalga oshiriladi.
11-son MBS mashina va uskunalarni baholashga mo‘ljallangan va qurilish mashinalarini baholashga ushbu standartni qo‘llashda baholovchilarda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda, chunki mashina va uskunalar hamda qurilish mashinalari bir-biridan funksional vazifasi, konstruktiv tuzilishi, energiya iste’moli va boshqa xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa qurilish mashinalarini baholash bo‘yicha uslubiyatni yanada takomillashtirish masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda.
Shu boisdan, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi o‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 34-maqsadida “...xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirish”1 vazifalari belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |