Attestatsiya testlari



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/57
Sana26.05.2022
Hajmi1,2 Mb.
#610066
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
1-matematika



ATTESTATSIYA TESTLARI
TEST JAVOBLARI
 
TOSHKENT 2022 


1-VARIANT 
1. 
Vatanning bu asl farzandlari o‘z orzu-havaslari haqida emas, xalq hayoti, uning ijtimoiy 
ahvoli yaxshilanlanishi uchun qayg‘urdilar, ularga juda ko‘p zug‘um qilsalar ham, o‘z 
dunyoqarashlarini o‘zgartirmadilar, hatto bu yo‘lda o‘zlarini qurbon qildilar.
Ushbu gapdagi 
sodda yasama so‘zlar sonini toping. 
+A) 3 ta 
B) 5 ta 
C) 4 ta 
D) 2 ta 
2. Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning asosi ot turkumiga mansub? 
A) Oybek domla nihoyatda tiyraklik va samimiyat bilan opaning gaplarini tasdiqladi. 
+B) Barglari tukli, tuxumsimon, bandlari kalta, shoxlarda tartibli joylashgan.
C) Bolalarning beg‘ubor qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryoday jo‘shqin. 
D)Mevasi tukli, ko‘rinishi yumaloq yoki biroz cho‘ziq bo‘lishi mumkin. 
3. Qaysi javobda fe’l turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan? 
+A) urush 
B) azim 
C) yoqilg‘i 
D) undash 
4. 
„Xato qilyapsiz!“
murojaati ijobiy ma’noda qo‘llangan qatorni toping.
+A) Siz yanglishyapsiz.
B) Fikringiz mutlaqo noto‘g‘ri.
C) Noo‘rin gapirmang.
D) Haqiqatdan juda uzoqlashyapsiz. 
5. 
Surishtiruvlardan so‘ng anglashildiki, suvni bu qishloqda anchadan beri yashab 
kelayotgan bir fermer oilasi egallab olgan ekan.
Ushbu gapdagi so‘zlar imlosida qanday 
fonetik hodisalar kuzatilgan? 
A) tovush almashishi va tushishi 
B) faqat tovush almashishi 
+C) tovush ortishi va almashishi 
D) so‘zlar imlosida fonetik hodisa kuzatilmagan 
6. Qaysi qatordagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1


A) saramjon, taftish 
+B) iztirob, kariyes 
C) tadbiq, koreys 
D) trest, kilovat 
7. Millatni birlikka chorlagan shoir – Turdi Farog‘iy.
+A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
8. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli 
yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub 
emas? 
A) qayla-qayra 
+B) narvon-karvon 
C) quduq-quruq 
D) dutor-duchor 
9. Qaysi javobdagi so‘zlar shakldoshiga ega? 
A) adil, a’yon 
B) o‘rganmoq, osmoq 
+C) bo‘shamoq, bo‘lmoq 
D) asir, dars 
10. Chap tomondagi so‘zlarga o‘ngdagi so‘zlardan mos izohni toping. 
1) azimat
2) zamin
3) zarofat
4) daroz
5) mezon
6) iztirob
7) zaxira
8) mahzun 
a) novcha, baland bo‘yli
b) tarozi yoki 12 burjning biri
c) g‘amgin
d) g‘amlab qo‘yilgan narsa, xazina
e) yer, tuproq
f) intilish
g) ruhan ezilish
h) hozirjavoblik 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1


A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e, 6-f, 7-g, 8-h 
B) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a, 5-e, 6-f, 7-h, 8-g 
+C) 1-f, 2-e, 3-h, 4-a, 5-b, 6-g, 7-d, 8-c 
D) 1-f, 2-e, 3-g, 4-a, 5-h, 6-d, 7-c, 8-b 
11. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z uchraydi? 
A) Universitet faoliyati to‘g‘risidagi tashviqot ishlarini olib borishda faol qatnashdik. 
B) Sarvar juda qo‘rqib ketganidan voqeaning butun tafsilotini unga birma-bir gapirib berdi. 
+C) Har doim onam tayyorlagan shirin-shirin taomlarni tanavvul qilish xush yoqadi. 
D) Bugungi ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun litseydan uchta o‘quvchi tavsiya etilgan. 
12. Chiqimingiz kirimingizdan ortiq bo‘lmasin, chunki chiqimingiz ortiqcha bo‘lsa, qayg‘u 
keltiradi. Berilgan gapda egalik qo‘shimchalari necha o‘rinda qo‘llangan? 
A) 2 
+B) 3
C) 5
D) 6 
13. Berilgan qo‘shma gapdagi yasama so‘zlar miqdorini aniqlang. 
Do‘stlik g‘alabaga yangi mazmun baxsh etadi, u ko‘maklashganda barcha omadsizliklar 
barham topadi. 
A) 6 ta 
B) 4 ta
C) 3 ta 
+D) 5 ta 
14. Tarkibida sifat ishtirok etmagan qo‘shma otlarni aniqlang. 
1) mingoyoq; 2) achchiqtosh; 3) qizilishton; 4) havorang; 5) oybolta; 6) karnaygul; 7) olaqarg‘a. 
+A) 1, 5, 6 
B) 1, 4, 5 
C) 1, 4, 5, 6 
D) 2, 3, 4, 7 
15. Ijtimoiy tarmoqlarda mavzu bo‘yicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq 
ma’nosini beruvchi so‘zni aniqlang. 
A) akkaunt 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1


B) vebinar 
+C) xeshteg 
D) mem 
16. Adab kichkinalar mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u mehr kattalar ko‘nglida abadiy 
qoladi. (Alisher Navoiy) Berilgan gapda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi necha o‘rinda 
belgisiz qo‘llangan? 
A) 1 ta 
B) 2 ta 
+C) 3 ta 
D) 4 ta 
17. BOPLAMOQ, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, 
do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq. Ushbu sinonim so‘zlar qatoridagi 
mondalamoq so‘zi shevaga xos so‘z hisoblanadi. 
+A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
18. -Men ko‘rganman osmonlarning tinig‘ini, 
Toshlar tegdi, terib oldim sinig‘ini. 
Beshikdagi go‘daklarga tig‘ sanchdilar, 
Shunda bildim mardlaringning qilig‘ini. Fonetik o‘zgarishga uchragan yasama so‘zlar sonini 
aniqlang. 
A) 1 
B) 2 
+C) 3
D) 4 
19. Qo‘shib yozish qoidasiga muvofiq kelmaydigan javobni toping. 
A) bop, rang, baxsh kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi 
B) bir tushunchani bildiradigan va bir bosh urg‘u bilan aytiladigan qo‘shma so‘zlar qo‘shib 
yoziladi 
C) keyingi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan ifodalangan geografik nomlar qo‘shib yoziladi 
+D) birinchi qismi sifat, ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan geografik nomlar qo‘shib yoziladi 
20. Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz, Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir 
vijdonimiz. She’riy parchadagi munosabat shakllari tarkibida uchramaydigan undoshni 
toping. 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1


+A) n 
B) y 
C) g 
D) z 
21. Quyidagi gaplarning qaysi birida ham a

ksatsiya, ham kompozitsiya usulida yasalgan 
sifatlar ishtirok etgan? 
A) Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi. 
+B) Samig‘ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam. 
C) Osmono‘par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh 
bo‘ladi. 
D) Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g‘oyalar bilan uyg‘unlashib ketgan. 
22. Qaysi qatorda tabu so‘zlar va ular o‘rnida keladigan so‘zlarda xatolik bor? 
A) suyakqizima – suyak sili 
+B) temiratki – terlama 
C) behud – jinni
D) davosiz dard – saraton 
23. Qaysi gapda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud? 
A) Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda. 
B) Yo‘l yoqasidagi azim yong‘oqlar, sizlar ham yaxshi qoling. 
+C) Mevasini ko‘tarolmagan olma shohi qarsillab sinib tushdi. 
D) Xalqimiz uchun o‘sha davrlarda e’tiqod, islom kabi tushunchalar butunlay yot edi. 
24. Qaysi javobda olmosh turkumiga oid o‘zaro ma’nodosh so‘zlar qatori berilgan? 
A) beg‘ubor, sof, musaffo
B) hech kim, har bir, ana shu
+C) kimdir, birov, allakim
D) picha, sal, ozgina 
25. Odobli, bilimdon, aqlli, mehnatsevar va iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki 
butun jamiyatning katta boyligidir. Ushbu gapdagi ot yasovchi qo‘shimchalar tarkibida 
nechta til oldi jarangli undosh ishtirok etgan? 
A) 3 ta 
B) 2 ta 
@Ona_tili_va_adabiyot_N1


C) 6 ta
+D) 1 ta 
26. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish