5.7. Mantiqiy kanallarni ochish va yopish
Manbadan bir yoki undan ortiq qabullagichlarga uzatiladigan ma’lumotlar H.323 asosidagi tarmoqlarda mantiqiy kanallar bo‘yicha uzatiladi. Bu kanallar har bir uzatish yo‘nalishi uchun noyob bo‘lgan kanal nomeri orqali identifikatsiyalanadi. H.323 Tavsiyasida ikki turdagi mantiqiy kanallarni yaratish imkoniyati ko‘zda tutilgan. Bir tomonlama yo‘naltirilgan (uni-directional), ya’ni manbadan ma’lumotlar qabullagichiga ochiladi va ikki tomonlama yo‘naltirilgan (bi-directional), ya’ni ikkita yo‘nalishlarda manbadan ma’lumotlar qabullagichiga va aksincha ochiladi. Bir tomonlama yo‘naltirilgan mantiqiy kanallar Unidirectional Logical Signalling protsedurasi yordamidan ochiladi (5.6-rasm).
5
.6-rasm. Bir tomonlama yo‘naltirilgan mantiqiy kanallarning ochilishi protsedurasi
openLogicalChannel mantiqiy kanalni ochish talabida qurilma bu kanal bo‘yicha uzatiladigan ma’lumot turini va uni kodlash algoritmini ko‘rsatadi. Qurilma bir tomonlama yo‘naltirilgan mantiqiy kanalni ochsa, u holda dupleks aloqani tashkil etish uchun qarama-qarshi qurilma ham teskari yo‘nalishda bir tomonlama yo‘naltirilgan kanalni ochishi kerak. Bunda u buning uchun yuqorida tavsiflangan Uni-directional Logical Signalling protsedurasini ishlatadi.
5.8. Darvozabonni aniqlash
Qurilma tarmoqning to‘laqonli qismi bo‘lishidan oldin, shunday qilish kerakki, barcha qolgan qurilmalar yangi ishtirokchini ko‘rsin va u bilan o‘zaro ta’sirlasha olsin. Buning uchun qurilmani u ishlaydigan zona darvozabonida ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. Qurilma ma’lum bo‘lishi uchun to‘g‘ri keladigan darvozabonning tarmoq manzili kerak. Bu manzilni aniqlanishi jarayoni darvozabonni aniqlanishi deyiladi. Aniqlashning qo‘lda va avtomatik usullari mavjud.
Darvozabonni aniqlashning avtomatik usulida qurilma 224.0.1.41 IP-manzil (Gatekeeper UDP Discovery Multicast Address) va 1718 UDP port dan (Gatekeeper UDP Discovery Port) foydalanish bilan ko‘p manzilli jo‘natish (multicasting) rejimida Gatekeeper Request (GRQ) so‘rovini uzatadi. Oxirgi qurilmaga bir yoki bir necha darvozabonlar GRQ so‘rovning rasAddress maydonida ko‘rsatilgan manzilga o‘z xizmatlari taklif etilgan va RAS kanali transport manzili ko‘rsatilgan Gatekeeper Confirmation (GCF) xabarni uzatish bilan javob beradi (5.7-rasm). Agar darvozabon oxirgi qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, u so‘rovga Gatekeeper Reject (GRJ) xabari bilan javob beradi.
5.7-rasm. Darvozabonni avtomatik aniqlash
Agar GRQ so‘rovga bir necha darvozabonlar javob bersa, oxirgi qurilma o‘z xohishi bo‘yicha ulardan istaganini tanlashi mumkin, bundan keyin ro‘yxatga olish jarayoni bo‘lib o‘tishi mumkin. Agar 5 sekund davomida hech qanday darvozabon GRQ so‘rovga javob bermasa, oxirgi qurilma so‘rovni takrorlashi mumkin. agar yana javob olinmasa, darvozabonni tanlashning qo‘l orqali usuliga o‘tish zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |