Signalizatsiya tizimini yanada murakkablashtirish. IMS ning yana bir xususiyati – bu signalizatsiya tizimlarini yanada murakkablashtirishdir.
Bir tomondan, IMS tizimida signalli almashinuvning murakkabligi sezilarli ravishda ortdi. Bu erda NGN ning ko‘plab protokollar etarlicha sodda tizimdar iborat. NGN signalizatsiya protokollarini bir necha harflar foydalaniladigan til bilan taqqoslash mumkin. Shuningdek, NGN tizimlarida eng tarqalgan SIP protokoli ma’lumotlar almashinuvining umumiy qoidalarini tashuvchi bo‘lib qoladi.
Bu IMS texnologiyasining oldingi texnologiyalar xususiyatlarini qabul qilishi bilan aniqlanadi, chunki IMS barcha ishlab chiqilgan konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, lokal qurilmalardan taqsimlangan ma’lumotlar texnologiyasiga o‘tish IMS da signalizatsiya tizimini murakkablashtirishi kerak. Murakkablashishning yana bir omili NGN da xizmatlarning simli va simsiz tarmoqlarning konvergensiyasi natijasida ortishidan iborat. Har bir yangi xizmat yangi protokollar ssenariyini yaratishni talab qiladi.
Hozirgi vaqtda IMS signalizatsiya tizimining murakkabligi shu darajaga etdiki, bu alohida tadqiqot o‘tkazishni talab qiladi. Zamonaviy signalizatsiya konsepsiyasining murakkabligini ko‘rsatish uchun Acme Packets kompaniyasi tadqiqotlarining natijalari keltirilgan, ushbu firma birinchilardan bo‘lib zamonaviy signalizatsiya tizimlarini chuqur tahlil qilgan.
16.2. IMSni standartlash
Keyingi avlod tarmog‘iga yo‘nalishda tarmoqlar evolyusiyadagi IMS ning kalitli roli tufayli, IMS arxitekturasini standartlash xalqaro tashkilot-larning keng doirasi e’tibor predmeti hisoblanadi. IMS konsepsiyasi o‘zi-ning haqiqiy ko‘rinishida, hammadan avval, standartlash bo‘yicha uchta xalqaro tashkilotlarning– 3GPP, 3GPP2 va ETSI ish natijasi hisoblanadi.
Rivojlanayotgan GSM tarmoqlarida asoslangan mobil aloqa tarmoqlarning 3-avlodi (UMTS tarmoqlari) uchun texnik spesifikatsiya va standartlarni ishlab chiqish maqsadida, ETSI instituti tashabbusi bo‘yicha, 3GPP sherikchilik 1998 yil oxirida yaratilgan edi.
3GPP2 sherikchilik 1998 yilda, shuningdek EXI homiyligi ostida yaratilgan, IMT-2000 loyiha ramkasida 3G (CDMA-2000 tarmoqlar) tarmoqlar standartini ishlab chiqish uchun, ETSI instituti va elektr aloqaning xalqaro ittifoqi (EXI) tashabbusi bo‘yicha paydo bo‘ldi. U 3GPP holidagi kabi, amaliy o‘sha tashkilotlar bilan hosil qilingan. 3GPP2 tashkil qilishda 3G mobil tarmoqlar uchun standartlarni rivojlanishiga asosiy kiritma bo‘lib, IMS konsepsiyasini, Multi Media Domain (MMD) umumiy nom ostida spesifikatsiyasida bayon qilingan, CDMA2000 tarmog‘iga (IP-transport, SIP-signalizatsiya) tarqatish hisoblandi.
Ikkila sherikchilik 3G tarmoq standartlarini, IP-orientatsiya qilingan protokollarini qo‘llashga orientatsiya qilib, IETF qumitasi tomonidan standartlashtirilgan, vakeyingi avlod tarmog‘i arxitekturasining asosiy g‘oyalarini ishlatib, ishlab chiqarishmoqda.
Birinchi bo‘lib IMS konsepsiyasi 3GPP Release 5 (mart 2002 y.) xujjatda taqdim etilgan. Unda asosiy uning maqsadi shakllantirilgan – IP protokoli bazasida mobil tarmoqlarda multimediali xizmatlarni quvvatlash – va IMS arxitekturasi bazasida, 3G mobiltarmoqlarini 2G simsiz tarmoqlar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini ixtisoslashtirilgan.
3G tarmoq arxitekturasi IMS konsepsiyasi bilan moslikda, transport, chaqiruvlarni boshqarish va ilovalar darajalari bo‘yicha ajratilgan, bir necha darajalarga (tekisliklarga) ega. IMS tizimchasi kirish texnologiyasidan to‘liq mustaqil bo‘lishi kerak va hamma mavjud bo‘lgan tarmoqlar – mobilva statsionar, telefon, kompyuter va hokazolar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlashi kerak.
3GPP Release 6 (dekabr 2003 y) xujjatda IMS konsepsiyasini bir qator qoidalar aniqlab olingan, simsiz lokal tarmoqlar bilan o‘zarohamkorlik va axborotni himoyalash (kalitlar, abonent sertifikatlarini ishlatish) masalalari qo‘shilgan.
SIP vositasida IP-kommunikatsiya amalga oshirish mafkurasi aniqlangan. Shu bilan mos ravishda SIP to‘g‘ridan to‘g‘ri mobil terminaldan boshlanadi.
Release 7 spesifikatsiyasi ikkita asosiy funksiyalarni qo‘shadi, ular statsionar tarmoqlarda asosiy hisoblanadi:
Network Attachment, u abonentlarni autentifikatsiya qilish mexanizmini ta’minlaydiva statsionar tarmoqlarda bu zarur, modamiki, ularda foydalanuvchini identifikatsiyalovchi SIM-kartlar yo‘q;
Resource Admission, aloqa seanslarini ta’minlash uchun statsionar tarmoqlarda tarmoq resurslarini zahiralashtiruvchi.
Statsionar tarmoqlarda IMS konsepsiyasini kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlar, TISPAN qumitasi tomonidan olib borilmoqda. ETSI tomonidan IMS arxitekturasiga qiziqish yangi ishchi guruhini yaratishga olib keldi (2003 y.), taniqli guruhni TIPHON (Telecommunication sandInt ernet Protocol Harmonization Over Networks) va SPAN (Servicesand Protocolsfor Advanced Networks) texnik qo‘mitani birlashtirgan, u statsionar tarmoqlarni standartlashga javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |