Ats1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va dolzarbligi. Kommutatsiyalash uskunalarining rivojlanishi Reja


Umumiy holda foydalanuvchilarning bog‘lanishi 2.2-rasmda keltirilgan kabi bo‘lsada, kommutatsiyalash usuliga ko‘ra bajariladigan vazifalar farqlanadi



Download 5,61 Mb.
bet7/76
Sana09.07.2022
Hajmi5,61 Mb.
#763501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
Bog'liq
Ats1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va dolzarbligi.

Umumiy holda foydalanuvchilarning bog‘lanishi 2.2-rasmda keltirilgan kabi bo‘lsada, kommutatsiyalash usuliga ko‘ra bajariladigan vazifalar farqlanadi.


Kanallar kommutatsiyasi deganda, bir nechta aloxida kanallar uchastkasining bog‘lanishidan va ma’lumotlarni tugunlar orasida to‘g‘ri uzatish uchun hosil qilingan fizik kanal tushuniladi, boshqacha qilib aytganda, kanallar kommutatsiyasi usulida tugunlar o‘rtasida uzluksiz fizikaviy kanal xosil bo‘lib, kommutatorlar yordamida alohida kanal qismlari ketma-ket ulanadi, bir nechta fizikaviy kanallar yagona fizikaviy kanalni tashkil etadi va har bir kanalda uzatish tezligi bir xil bo‘lish shartiga asoslangan.

2.2- rasm. Kanallar kommutatsiyasi


Bunday yagona kanal ma’lumot uzatish jarayonidan avval o‘rnatilishi kerak va bu kanal ulashni amalga oshirish jarayonida faqat ushbu bog‘lanishga xizmat qiladi. 2.2-rasmda kanallarni kommutatsiyalashga misol keltirilgan.


Misol uchun, 2.2-rasmdagi 1-tugundan 7-tugunga ma’lumot uzatish uchun, avval 1-tugunni A-kommutatoriga ulash, o‘rnatish uchun 7-tugun adresini belgilagan holda maxsus so‘rov signalini yuborish kerak. A-kommutatori yagona kanal hosil qilish uchun marshrutni aniiqlab, so‘rov signalini keyingi kommutatorga yuboradi va x.k. 7-tugun so‘rov belgisini olganligi to‘g‘risida 1-tugunga javob signalini qaytaradi va yagona kanal hosil bo‘lganligi (kommutatsiyalanganligi) belgilanadi; shundan so‘ng 1-tugun 7-tugun bilan ma’lumot almashishi mumkin.
Raqamli kommutatsiya tizimidagi raqamli kommutatsiya maydonalari impuls kodli modulyatsiya asosida olingan raqamli traktlardagi vaqt bo‘yicha ajratilgan kanallarni (vaqt bo‘yicha) kommutatsiyalashga asoslangan.
Har bir Ki – vaqt bo‘yicha ajratilgan kanal, raqamli traktga taa’luqli fazo koordinatasiga Si va uzatish davridagi vaqt intervalini band qilganiga qarab, vaqt koordinatasida tj ga qarab aniqlanishi mumkin ya’ni Ki (Si tj), demak biron-bir kirishdagi raqamli traktning vaqt intervalini chiqishdagi biron-bir raqamli traktdagi vaqt intervaliga kommutatsiyalash mumkin ya’ni Ki (Si tj) ni Kn (Sn tm) ga.



2.3– rasm. Raqamli kommutatsiya maydonining umumiy ko‘rinishi

Kommutatsiyalashning bunday jarayoni vaqt pozitsiyasini hamda zichlashtirilgan raqamli trakt almashinuvini talab qiladi. Shuning uchun raqamli kommutatsiya maydonida ikki turli kommutatsiya bosqichlari mavjud:


- raqamli trakt raqamini o‘zgartirmay vaqtli holatlarini almashtirish uchun qo‘llaniladigan kommutatsiya bosqichlari (vaqtli bosqich yoki V bosqich);
- vaqtli holatlarni o‘zgartirmay raqamli traktlarning almashinuvi uchun qo‘llaniladigan kommutatsiya bosqichi (fazoviy bosqich yoki F bosqich).
Raqamli kanallarni kommutatsiyalanishi, analog kanallarni fazoda kommutatsiyalanishidan farqi shundaki, kanallar orasida to‘g‘ri yo‘nalishda qabul qilish trakti hosil qilinadi, ya’ni raqamli kanallarning to‘liq dupleks bog‘lanishi o‘rnatiladi (2.3-rasm).
Fazoviy va vaqtli bosqichlarning raqamli kommutatsiya maydonidagi birikmasi ya’ni ularni guruh tashkil etishi, nazariy jihatdan mazkur kommutatsiya tizimining parametrlarini belgilaydi.
Raqamli kommutatsiya tizimlari dupleks bog‘lanish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli, raqamli traktlar kommutatsiya bloklariga ikki xil: bir tomonlama va ikki tomonlama bog‘lanishi mumkin.

2.4– rasm. Raqamli kanallarni to‘liq dupleks bog‘lanishi


Birinchi usulda kanallarning uzatuvchi va qabul qiluvchi qismi raqamli kommutatsiya maydonni kirishiga ulanadi (2.5. a - rasm).


Ikkinchi usulda kanallarni uzatuvchi qismi raqamli kommutatsiya may-donning kirishiga, chiqishi esa qabul qilish qismiga ulanadi (2.5. b - rasm).


2.4-rasm. Raqamli traktning RKM ga ulanishi usullari


Kanallar kommutatsiyasining afzalliklari:



  • foydalanuvchilar aro o‘rnatilgan kanalda ma’lumot uzatish tezligi doimiy va ma’lum bo‘ladi (foydalanuvchi sifatli uzatishga mo‘ljallangan kanalning o‘tkazish qobiliyatiga moslab kerakli tezlikni belgilash imkoniyatiga ega);

  • tarmoq orqali ma’lumot uzatishda to‘xtalishlar darajasi past va doimiy bo‘lishi (to‘xtalishlarga sezgir real vaqtli trafik (ovoz, video)ni sifatli uzatilish imkoniyati).

Kanallar kommutatsiyasining kamchiliklari:

  • kanal bandligida foydalanuvchiga rad eish javobi berilishi;

  • fizikaviy kanallarning o‘tkazish qobiliyatini samarasiz ishlatilishi (kanal ulash o‘ratish jarayoni mobaynida band bo‘ladi);

  • avvaldan ulashni o‘rnatish tufayli ma’lumot uzatish jarayonidan oldin shartli to‘xtalish mavjudligi.

Bu kommutatsiya usuli telefon so‘zlashuvlarni uzatishda qo‘llaniladi.

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish