Atrofimizdagi ob’ektiv olam turli fanlarning o’rganish ob’ekti



Download 0,68 Mb.
bet28/38
Sana21.02.2023
Hajmi0,68 Mb.
#913382
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
MFN2BH3oKZRW4iap369

Emotsiya haqida tushuncha. Hissiy holatlarning nerv- fiziologik asoslari. Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar.

Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni subyektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Shaxs tirik mavjudot bo’lishi bilan birga
jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (obyektiv) aks
ettiradi, in’ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko’rsatadigan obyektlarga subyekt sifatida qatnashishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo.
Subyektiv munosabatlarning inson miyasida his-
tuyg’ular, emotsional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emotsiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot - yaqqol voqelikning ehtiyojlar subekti bo’lmish shaxs miyasida obyektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo’lgan munosabatlarining aks ettirilishidir.
Mulohazalardan ko’rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar
mavjudkim, ularga mohiyat, ma’no, ko’lam, sifat, shakl jihatidan qo’llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo’lar edi. Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma’noda qo’llanilib kelinadi: 1) subyekt (shaxs) bilan obyekt (narsa)
o’rtasida tabiiy holda (tarzda) yuzaga keladigan o’zaro aloqa o’rnatish (obyektiv munosabatlar); 2) o’rnatilgan
aloqalarning aks ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy subyektning ehtiyojlari va ularning obyektlararo munosabati (subyektiv munosabatlar), binobarin,
namoyon bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam o’rtasidagi munosabat ma’nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma’noda qo’llaniladi

  1. Temperament haqida tushuncha, temperament tiplari, klassik nazariyalari, xususiyatlari.

odamlar xulq-atvor va faoliyat motivlari nisbatan teng bo’lganda, bir xil tashqi ta’sir etganda, bir biridan ta’sirchanligiga va ko’rsatayotgan energiyasiga ko’ra sezilarli darajada farq qiladilar. Jumladan, bir xil kishi sekinlikni, boshqasi shoshilishni yoqtiradi, bir xil
odamlarga hissiyotlarning tez o’yg’onishi xos bo’lsa, boshqasiga esa sovuqqonlik xosdir, boshqa birovni keskin imo-ishoralar, ma’noli mimika, boshqasining harakatlarida og’ir-bosiqlik, yuzining juda ham kam harakat qilishi ajratib turadi. Kishining harakatlardagi o’zgarishi tabiiy ravishda ko’pincha tarbiyalangan ustanovkalar (ko’rsatmalar) va odatga, vaziyatning talabiga va shu kabilarga bog’liq bo’ladi. Ammo SO’Z yuritilayotgan individual farqlar o’zlarining tug’ma
asosiga ega bo’lishi shubhasizdir. Bu shu narsa bilan tasdiqlanadiki, bunday farqlar bolaligidayoq ma’lum bo’la boshlaydi, xulq-atvorning va faoliyatning turli sohalarida ko’rinadi va alohida barqarorligi bilan ajralib turadi.
Individga xos dinamik fazilatlar o’zaro ichki bog’lanishga ega bo’lib, o’ziga xos tuzilishni tashkil etadi.
Temperamentning xususiyatlari psixikaning individual
xususiyatlaridan bo’lib, inson psixik faoliyatining o’tishini,
dinamikasini belgilab beradi. Barcha temperamentlarni
qadimdan to’rt tipga: 1) xolerik, 2) sangvinik, 3) melanxolik va 4) flegmatik temperamentga ajratish - rasm bo’lgan.
Xolerik temperament hissiyotning tez va kuchli
qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli kishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va tajanglikka moyil bo’ladilar. Sangvinik temperament — hissiyotning tez, kuchli qo’zg’aluvchanligi, lekin beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Sangvinik temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o’zgarib, bir kayfiyat o’ziga teskari
bo’lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog’i mumkin. Melanxolik temperament — hissiyotning sekin, lekin kuchli qo’zg’aluvchanligi va barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga moyil bo’ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo’ladi. Melanxolik temperamentli
odamlar sustkash bo’ladilar. Flegmatik temperament — hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo’zg’alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo’ladi. Bu xil temperamentli odamlarni xursand qilish, xafa qilish yoki g’azablantirish ancha qiyin.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish