Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi faoliyatni fan va tabiat markazida boshlaydi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, sizlar qushlarni bilasizlar, bizning Vatanimizda qushlarning turlari juda ko‘p. Ba’zi qushlar bizning o‘lkamizga sovuq xavo kirib kelishi bilan issiq o‘lkalarga uchib ketadilar. Qish faslida esa bizning yurtimizda asosan chumchuq, kabutar, musicha, kakku kabi qushlar qoladi. Qushlar asosan non uvoqlari, donlar, qurt-qumursqalar bilan oziqlanadi. Qushlarning patlar bilan qoplangan bo‘ladi. Bu patlari ularni sovuq xavoda sovuqdan, issiq xavoda esa issiqdan ximoyalanishi uchun kerak. Biz qushlarga tosh otmasligimiz ularni turli xil ofatlardan saqlashimiz kerak. Parranda va qushlarni yaxshi parvarish qilish ularga don berishimiz. Bolalar biz Vatanimizga isiq o‘lkalardan birinchi bo‘lib qaldirg‘och uchib keladi. Qaldiroch kelsa momolarimiz “Mana baxorga xam etdik” deb duo qiladilar. Bolalar kimning uyida qushlari bor?
1-bola: bizning uyda qaldirg‘ochning uyi bor.
2-bola: bizning uyimizda to‘ti bor.
3-bola: mening akam kabutar boqadi.
4-bola: men chumchuqni yaxshi ko‘raman.
Tarbiyachi: kelinglar bolalar men sizlarga chumchuq xaqida she’r o‘rgataman.
Men chumchuqman xat tashuvchi,
Eshik chertaman: taq-taq.
SHamol birla uchuvchi,
Maktub bor sizga faqat.
Olib keldim xat –xabar,
Eshik oching, taq-taq.
Suyunchini cho‘zingda,
Sizni qilay xushchaqchaq.
Tarbiyachi bolalarni “Uchdi, sakradi, chopdi” xarakatli o‘yiniga taklif etadi.
Uchdi, chopdi, sakradi.
Uyindan maksad: Bolalarni bir joyda turib turli kul va oyok xarakatlarini bajarishga urgatish, dikkat va xotiralarini ustirishga yordam berish.
Uyinning mazmuni: Bolalar doira shaklida tiziladilar. Doira urtasida onaboshi uyinni boshkarib turadi. Onaboshi uyinchilarga karata «Chumchuk» desa katnashuvchilar «uchdi-uchdi» deb kullarini ikki yonga chuzib silkitadilar. Onaboshi: «Samaliyot, laylak» desa, bolalar «samaliyot, laylak» xarakatlarini, kurbaka, ninachi ilon kabi sudralib yuruvchi xayvonlarning nomini aytsa uyin katnashuvchilari xuddi shu xayvon va xashoratlarning xarakatlarini bajarishlari kerak. Agar aytilgan narsalarning xarakatlarini tugri bajara olmasa, uyindan chikadi, uyin oxirida kolgan bola yutgan xioblanadi va onaboshi kilib saylanadi.
Uyin koidasi: Onaboshi xashorat va xayvonlarning nomini aytayotganda anik talaffuz kilish bilan birga bolalarni dikkat bilan kuzata bilishi kerak. SHuningdek onaboshi jonsiz predmetlarning nomini aytish xukukiga ega. Aytiladigan predmet nomini aytishni tarbiyachi oldindan aniklab olishi kerak.
( videoslayd namoyish etiladi.)
Tarbiyachi faoliyatni “Til va nutq markazi”da davom etirib bolalarga tez aytish o‘rgatadi.
Tuyg‘un tongda to‘rtta to‘ti tutdi.
Jo‘raning jami jo‘jalari jam.
Chumchuq chirqillaydi, to‘ti taqqilaydi.
Tarbiyachi: bolalar endi sizlarga Afrika ertagi bo‘lgan “Kaklikning nega dmi yo‘q” ertagini aytib beraman.
Mavu qushlarga qanot ulashibdi-yu, dumga kelganda uni har kimga o‘zi sotib olishi shartligini aytibdi. Dumlar qaysi bir shaxarda sotilib, narxibesh kuri turarkan.
Mavu hamma qushlar yig‘iladigan kunni aytibdi. Tayinlangan kunga qushlar kauri bilan kelib, o‘zlariga dum sotib olishibdi. Faqt kaklik kelmapdi: bechora pulsiz qolgan bo‘lsa kerakda.
Mavuning unga raxmi kelib, bir oz kutishga qaror qilibdi: balki u shunchaki xallayotgandir?
Ammo kaklik kelmapti. SHunda Mavu unga atagan dumni yovvoyi kaptarga sotib yuboribdi.
Kaptar shaxardan qaytib kelgandan so‘ng kaklikka dumnini ko‘rsatib, maqtana boshlabdi:
SHaxar ikki qadam, nega u erga uchib boriga qo‘rqasan? O‘zingga ziynat sotib olarding.
Kaklik bo‘lsa unga javoban:
Ziynat degani jasurlikka kirmaydi, - deb javob beribdi.
SHu-shu ular aytishib qolibdi, bu janjal shu kunlargacha xam tugamagan emish. Kaptar kaklikni ko‘rdi deguncha:
SHaxar yaqin, shaxar yaqin!-deb mayna qilib baqirishga tusharkan. Kaklik esa unga:
Ziynat degani jasurlikka kirmaydi, -deya javob qilarmish.
Ular o‘rtasida shu-shu axillk yo‘q ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |