ATROF OLAM BILAN TANISHTIRISH.
Oylik mavzu: Er sayyorasi-umumiy uyimiz
Guruh: O‘rta guruh
Hafta mavzusi: Gullab yashnayotgan bahor.
Davr: aprel oyining 1-haftasi
Mavzu: Bahorda dehqonlar mehnati haqida suhbat
Mashg‘ulotning maqsadi: Bolalarga bahor fasli haqida tushuncha berish bahor faslida tabiatda kutiladigan o‘zgarishlar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash. Dehqonlarning ishlari haqida, ularning ahamiyati haqida tushuncha berish, bolalarda tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbatni oshirish, ularda ekologik tarbiya va madaniyatni shakillantirish, tabiat in’omlarini ko‘z qorachig‘idek avaylab asrashga o‘rgatish.
Kutilayotgan natija: Bolalar bahor fasli haqida, bahor faslida tabiatdagi o‘zgarishlar haqida, dehqonlarning mehnati haqida bilib oladilar.
Kerakli jihozlar: Bahor fasli aks etgan rasmlar, dehqonlarning rasmlari, videoslayd.
Fan va tabiat markazida faoliyaning borishi:
Oldindan qilinadigan ish: Bolalar bilan o‘tkaziladigan maqsadli sayrlar bahorning belgilarini aniqlashga bag‘ishlanishi kerak: Qorlar eridi, jilg‘alarda, ariqlarda suvlar oqdi. Odamlar qishgi kiyimlarini echishdi. O‘tlar ko‘kara boshladi. Gullar chiqa boshladi, daraxtlar kurtak, barg chiqara boshladi. Issiq o‘lkalardan qushlar qaytib kelishdi. O‘tlar orasida qo‘ng‘izlar paydo bo‘ldi, kapalaklar ucha boshladi. Dehqonlar gullar va sabzavotlar eka boshladilar. Bolalar gulzorda, polizda mehnat qilayotgan dehqonlar ishlarini rasmlar orqali kuzatadilar.
Tarbiyachi faoliyatni fan va tabiat markazida ushbu she’r bilan boshlaydi.
Boychechakdan salom keldi
Navro‘zdan xush kalom keldi.
Turfa aylab tol bargaklar,
Navro‘zdan e’xtirom keldi.
Tarbiyachi: bolajonlar mana o‘lkamizga baxor fasli kirib keldi. Baxor faslida tabiatda juda katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Eng avvalo tog‘lardagi qorlar quyoshning taftidan erib jilg‘alardan suv bo‘lib, ariqlarda oqadi. Daraxtlar barglar chiqaradi,mevali daraxtlarimiz gullab meva tugadi. Dexqonlar esa erga urug‘ sepadilar. Dexqon bobolarimiz bizga darmon dorilarga boy bo‘lgan sabzavot va poliz maxsulotlarini etishtirib beradilar. Bunday maxsulotlar sizning jismonan sog‘lom va baquvvat bo‘lib voyaga etishingizda juda katta o‘rin tutadi. SHuning uchun deqon bobolarimiz mexnat qiladilar.Ularning baxor faslida mexnatlari juda xam ko‘payadi.
(videorollik qo‘yiladi) bolalar ko‘rdingizmi dexqon bobolarimiz, amakilarimizning mexnatlari qanchalik mashshaqatli ekanligini.
- bolalar kim uyida dexqon bobosiga yordam berdi?
1-bola: men bobom bilan uyda erga sabzi urug‘ini sepdim.
2-bola: men dadam bilan pomidor, bulg‘ar qalampiri, bodiringlar ekishiga yordam berdim.
3-bola: meni amakim o‘z dalaga qovun, tarvuz, xandalak ekdilar.
Ta’limiy o‘yin. “Mazasidan top”.
Bunda tarbiyachi patnusga avvaldan tayyorlab qo‘yilgan sabzavot va mevalar kesimlaridan bolalarni ko‘zlprini yumgan xolda bittadan olib mazzasini totib ko‘rishlarini tushintiradi. Ko‘zi yumilgan bola patnusdan sabzavot yoki mevadan olib eb mazasidan uning qanday sabzavot yoki mevaligini aytadi.
Tarbiyachi: juda xam yaxshi bolalar sizlar chaqqon yordamchi ekansizlar. Bolajonlar eslab ko‘ring tabiatda baxor faslida yana o‘zgarishlar bo‘ladi?
1-bola: ariqlar bo‘yida yalpizlar chiqadi.
2-bola: chuchmomalar ochiladi.
3-bola: Issiq o‘lkalardan qushlar qaytib kelishadi.
Tarbiyachi bolalarni Jismoniy va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish soxasiga taklif etib bolalarga xarakatli o‘yin taklif etadi. Baxor faslida kunlar isishi bilan bizning xam o‘yinlarimiz ko‘payadi. Kelinglar aziz bolajonlarim sizlar bilan “kapalak” xarakatli o‘yinini o‘ynaymiz.
“ K A P A L A K ”.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |