Atrof-muhitni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari


YUNEP ning asosiy nashrlaridan biri – ikki yilda bir marta chop etiladigan “Jahon atrof-muhit muhofazasining istiqboli” sharhidir



Download 148,48 Kb.
bet7/17
Sana14.06.2022
Hajmi148,48 Kb.
#670173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
2-maruzа

YUNEP ning asosiy nashrlaridan biri – ikki yilda bir marta chop etiladigan “Jahon atrof-muhit muhofazasining istiqboli” sharhidir. Bu nashrda hududiy ekologik muammolar tahlili va ularni hal etish strategiyasi, shuningdek tabiatni muhofaza qilishda kelajakda matematik modellashtirishdan foydalanish istiqbollari bilan tanishtiriladi.
YUNEP xukumatlarni maqsadli jamg’armalarini jalb etishdan ixtiyoriy tarzda tushgan badallar hisobiga tashkil etilgan Iqtisodiy jamg’arma tomonidan va BMT doimiy byudjetidan ajratilgan kichik miqdordagi pul mablag’lari evaziga moliyalashtiriladi. 1996 va 1997 yillardagi byudjet 90 va 105 million dollarni tashkil etdi.
YUNEP ning rahbar organi 58 mamlakat vakillaridan iborat boshqaruvchilar kengashidir, ular har yili to’planadilar. Ijrochi direktor: janob Klaus Topfer (Germaniya). Bosh qarorgoh: Nayrobi (Keniya).


O’zbekistonning BMT muassasalari va dasturlari bilan hamkorligi
O’zbekiston Respublikasi o’zi hohish irodasi va taklifiga ko’ra 1992 yil 2 martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi: O’zbekiston BMT nizomini, xalqaro huquqiy me’yorlarni, davlatlararo muomala qoidalarini, shuning BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar talablariga rioya qilishini bildirdi. Mamlakatimiz jahonhamjamiyatining to’la teng huquqli a’zosi bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqIrish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, orol muammosini hal eti shva boshqa masalalar bo’yicha bir qator takliflarni o’rtaga qo’ydi.
1993 yil fevralda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O’zbekiston Respublikasi va BMT rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida BMT ning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMT ning taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mita komissari, jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, aholini joylashish jamg’armasi, narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, sanoat taraqqiyoti dasturi, bolalar jamg’armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni o’z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo’ldi. 1993-1997 yillarda BMT vakolatxonasiga boshchilik qilgan Xolid Malikning faol ishtirokida O’zbekistonda ko’plab xalqaro tadbirlar o’tkazildi. Chunonchi, Toshkentdagi BMT ning qochoqlar ishi bo’yicha oliy qo’mitasi komissorining vakili tojik qochoqlarini yurtiga qaytarish, ularga BMT ning insonparvarlik yordamini yetkazish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirdi.
1994 yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bo’lgan jahon sayyohik tashkilotining “Ipak yo’li” xalqaro yig’ilishi jahon sayyohlik tashkilotining “Ipak yo’li” xalqaro yig’ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida O’zbekistonning mavqeini yanada ko’tardi.
1995 yil 20 yanvarda Toshkentda BMT vakolatxonasi bilan hamkorlikda seminar kengash bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston taraqqiyotining strategik muammolari, o’zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo’llari muhokama etildi.
O’zbekistonning tashabbusi bilan BMT rahnomaligida 1995 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan seminar kengash bo’lib o’tdi. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon xalqlari xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustaxkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. Shuningdek mintaqadagi mojarolarni bartaraf etish, barqarorlik va hamkorlikni ta’minlash xalqaro tashkilotlarning ham vazifasi ekanligi ta’kidlandi. Negaki, mintaqalar xavfsizligi jahon xavfsizligining garovidir.
O’zbekiston BMT ning 50 yillik tantanalarida va seminar kengashlarida faol qatnashib kelayotganligi hamda jahon muammolari bo’lmish Afg’onistondagi urush, orol muammolariga barham berishdagi sa’y-harakatlardan biz ko’rishimiz mumkinki, BMT ning muassasalari va dasturlari bilan faol hamkorlik olib borayapti.
Bugungi kunda O’zbekiston BMT bilan faol aloqa o’rgatgan davlatlardan biri hisoblanadi.
BMTning hozirgi roli haqida turli fikrlar mavjudligini qayd etish lozim:
- BMT qurolli mojarolarni bartaraf etish va xalqaro kelishmovchilik va janjallarni tinch yo’l bilan hal qilish borasidagi o’z vazifalarini allaqachon bajarolmay qoldi;
- BMTning hech qanday muqobili hozircha mavjud emas, boshqacha aytganda, mintaqaviy tashkilotlar alohida mintaqalar manfaatlarini ifoda qiladilar, ular ko’pincha to’g’ridan – to’g’ri bir – biriga zid bo’ladi, shu sababli butun jahon tashkilotisiz mojarolarni hal qilishning umumiy meyorlari va yo’llarini ishlab chiqishning imkoni yo’q.
Nizomda belgilangan majburiyatlarni o’z zimmasiga oladigan, Tashkilot fikrga ko’ra, ularni bajarishga qodir barcha tinchliksevar davlatlar BMTning a’zosi bo’lishlari mumkin. Ushbu majburiyatlar, tinchlik paytida bo’lgani kabi mojaro sharoitida ham, xalqaro maydonda davlatlar hamkorligining har qanday ko’rinishiga aloqador bo’lgan muayyan vaziyatlarda davlatning atvori (o’zini tutishi) qoidalariga daxldordir. BMTning kelajagi ushbu tashkilot tizimining yanada samarali ishlashini ta’minlash, yangi xalqaro siyosiy madaniyatni belgilash uchun qanday choralar ko’rilishiga bog’liq1.
O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 1992 yil 2 mart kuni a’zo bo’ldi. BMT bilan asosiy ustuvor hamkorlik masalalari xavfsizlik va zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish, ommaviy qirg’in qurollarining tarqalmasligi, Afg’onistonda tinchlikni tiklash va uning barqarorligini ta’minlash, ekologik muammolarni hal etish, jumladan, Orol dengizi muammosini oqibatlarini yengillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilishdan iborat. O’zbekiston Respublikasi BMTning terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha 13 ta konvensiyasi ishtirokchisi hisoblanadi va bu yo’nalishda jahon hamjamiyatini birlashtirish yo’lida o’zining tashabbusi bilan chiqgan.
O’zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizmga qarshi kurashish sohasida huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo’yicha taraqqiyotni ma’qullaydi. Biroq, terrorizmga qarshi amaliy kurashish faqatgina ko’ptomonlama global hamkorlik tizimini yaratish yo’li bilan erishish mumkinligini e’tirof etadi. Bu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Bugungi kunda barcha uchun bir haqiqat namoyon bo’lishi zarur: tabiiyki, hech bir inson, hech bir davlat barcha odmazod uchun xavf tug’diruvchi ushbu yovuz kuchning ildizini yo’qotish yo’lida kurashishda chetda qolib ketishi mumkin emas” - deb ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib, BMT Xavfsizlik Kengashining Kontrterroristik qo’mitasining ishini ma’qullab, BMTga a’zo-davlatlar salohiyatining mustahkamlash bo’yicha hatti-harakatlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlaydi. Shuni ta’kidlab o’tish zarurki, ushbu qo’mitaning yaratilishi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ilgari surgan 1999 - yil Istambuldagi OBSE sammitida terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha Xalqaro markazni yaratish zarurligi tashabbusi asosida amalga oshirilgan.

Download 148,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish