Oqova suvlarni simob birikmalaridan tozalash. Simob va uning birikmalari bilan ifloslangan oqova suv xlor va o‘yuvchi natriy ishlab chiqarish sanoatida, simob elektrodlari qo‘llaniladigan elektroliz jarayonlarida, simob ishlab chiqaruvchi zavodlarda, ba’zi galvanik elementlar ishlab chiqarishda, bo‘yovchi moddalar tayyorlashda, simobni katalizatorlar sifatida qo‘l1ovchi sanoatc4* hosil bo‘1adi.
Sanoat oqova suvlarida simob metali, uning anorganik va organik birikmalari bo‘1ishi mumkin. Simobning anorganik birikmalariga: oksidi — HgO, xloridi (sulema) —HgC12; sufati — HgSO4; sulfıdi (kinovar) — HgS, nitrati — Hg(NO,),; tiosianati — Hg(NCS)2; sianati — Hg(OCN),; sianidi — Hg(CN)2 kiradi. Anorganik birikmalarda simob Hg'“ ioni zaharli, shu sababli yaxshi eriydigan va oson dissotsilanadigan tuzlari inson salomatligi uchun xavfli hisoblanadi.
Simobning organik birikmalari zaharli ximikatlar sifatida metallorganik birikmalarni sintez qilishda, plastik materiallarni, qog‘ozli massa, to‘qimachi1ik mahsulotlari, kazein yelimlarini mog‘or zamburug‘laridan himoyalashda ishlatiladi. Organik birikmalari juda zaharli. Anorganik birikmalardan farq qilib, ularning simob ionlariga reaksiya bermaydi. Simobning suv havzalaridagi ChMMsi 0,005 mg/1 dir.
— S. M. Turobjonov va b. 143
Simob metali oqova suv tarkibidan cho‘ktirish yoki filtrlash hisobiga tozalanadi. Filtratdan o‘tgan yoki cho‘kib ulgurmagan zarrachalar xlor yoki NaOCl bilan HgC12 gacha oksidlanadi. So‘ngra ularni ajratib olish va erkin xlor qoldiqlariga bog‘1ash
maqsadida qaytaruvchilar (NaHSO4 yoki Na 2SO 3) qo‘shiladi. Hosil bo‘1gan simob sulfıdni temir xlorid bilan koagullanadi va natriy sulfid yordamida cho‘ktirib olinadi.
OQOYa suv tarkibidan simobni ajratish uchun qaytarish usuli- dan foydalaniladi. Bunda qaytaruvchilar sifatida temir sulfıd, natriy gidrosulfıd, gidrazin, temir kukuni ishlatiladi. Suvda erigan simob birikmalarini qiyin eruvchan simob sulfidlariga aylantirib cho‘kti- rish keng tarqalgan usullardandir. Buning uchun oqova suvga avval natriy sulfid qo‘shiladi, so‘ngra natriy, kaliy, kalsiy va magniy xlorid bilan ishlov beriladi yoki 0,1 g/l miqdorda magniy sulfıt qo‘shi1adi. Bu sharoitda simob sulfidi granula holatida cho‘kmaga tushiriladi va vakuum-fıltr yoki fıltr presslar yordamida ajratiladi.
Suvdagi HgS ning eruvchanlik ko‘paytmas-i 1,6 10*" bo‘1ib,
eritmadagi qoldiq konsentratsiyaga mos keladi, u esa 2,5 10 " mg/1 ga teng. Oqova suvdagi simobni cho‘ktirish usulidan tashqari sorbsion usulda ham tozalanadi. Masalan, oqova suv tarkibida Zn, bu, Ni, Co, Hg, Cd metallari bo‘1sa, bunday suvga Ca(OH)2 yoki NaOH qo‘shilganda bu metallarning ionlari qiyin eruvchan birikmalar hosil qiladi. Zn, Cu, Hg kabi og‘ir metallar ionlari oqova suvda cho‘kma hosil qiladi. Hosil bo‘1gan cho‘kma ajratib olinadi. Ni esa eritmadan qiyin eruvchi birikma holatida ajraladi. Og‘ir metallar ionlarining gidroksid va sulfidlari barqaror kolloid sistemalar hosil qiladi. Cho‘kish jarayonini tezlatish uchun oqova suvga koagulant yoki flokulant qo‘shi1adi.
Do'stlaringiz bilan baham: |