Muallaq zarrachalarni markazdan qochma kuch ta’sirida ajratish
Muallaq zarrachalarni markazdan qochma kuch ta’sirida cho‘ktirish gidrosiklon va sentrifugalarda olib boriladi.
Gidrosiklonlar. Oqova suvlarni tozalashda bosimli va ochiq (past bosimli) gidrosiklonlar qo‘11aniladi. Bosimli gidrosiklonlar qattiq iflosliklarni cho‘ktirishda, ochiq gidrosiklonlar esa cho‘kuv- chan va qalqib chiqu chi iflosliklarni ajratishda ishlatiladi. Suyuqlik gidrosiklonlarda aylantirilganda zarrachalarga markazdan qochma kuch, harakatlanayotgan oqimning qarshilik kuchi, gravitatsion va inersiya kuchlari ta’sir etadi.
Markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlikda zarrachalarning harakat tezligi uning diametri d, fazalar zichligi farqi p, qovushoqligi p„ oqova suv zichligi p, „ va markazdan qochma kuch maydonining tezlanishi /ga bog‘1iq:
o„ = C 0, 385 dm p(m-')'3 öp(m+ 1)/3 (m+ 1)/3 gJp(2m-1)/3
Proporsionallik koeffıtsiyenti C va daraja ko‘rsatkichi m gidrodinamik rejimga bog‘liq. Laminar rejimda Re = syd p/p,= 1,6; m=2; C=1,7 10*4. O‘tish rejimida Re=16—420; m=1,2; C=2,49- lH' . Turbulent rejimda Re+420, m=5,36, C=0,5 ga teng.
Gidrosiklonning ish samaradorligiga suyuqlikning fizik xossalaridan tashqari konstruktiv ko‘rsatkichlar (qurilma, kiritish va chiqarish patrubkalari diametri) ham ta’sir etadi. Bosimli gidrosiklonlar orasida konussimon shaklga ega bo‘1gan qurilmalar keng tarqalgan (2.7- rasm, a).
Ishlash prinsipi. Oqova suv tangensial holatda gidrosiklonga beriladi. Markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlik aylanganda gidrosiklon ichida bir qator oqimlar hosil bo‘1adi. Suyuqlik silindrik qismga kirgach aylanuvchan harakatga keladi na devor yaqinida vintli spiral bo‘yicha pastga harakatlanadi. Uning yirik zarrachali bir qismi gidrosiklondan chiqarib olinadi, qolgan (tiniqlashgan) qismi qaytarilib, yuqoriga gidrosiklon o‘qi atrofida harakatlanishga beriladi. Bu yerda radial, yopiq sirkulatsion tok hosil bo‘1adi.
2. 7- rasm. Gidrosiklonlar:
a— bosimli; b— ichki silindrli va konussimon diafragmali; 7— korpus; 2— ichki silindr; 3— halqali tarnov; 4— diafragma;
d — bosimli gidrosiklonlar bloki, e— tozalangan suvni chiqarish uchun kerak bo‘1gan egilgan patrubÎtali ko‘p yarusli gidrosiklon; 7— konussimorı diafragmalar; 2— tarnov; 3— suv to‘kish idishi; yog‘ yig‘uvchi voronka; S— ajratuvchi tarnovlar; shlaklarni chiqaruvchi teshik.
Markazda esa havo to‘sig‘i yuzaga keladi, uning bosimi atmosfera bosimidan kichik bo‘1ib, gidrosiklon ish samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Gidrosiklonlar diametri 10 dan 700 mm gacha bo‘1ib, silindrik qismining balandligi qurilma diametriga teng qilib tayyorlanadi. Konuslik burchagi 10—20° ga teng bo‘1adi.
Gidrosiklonlar ishining samaradorligi 70a gacha yetadi. Suvning qovushqoqligi kamayganda markazdan qochma kuch maydonida zarrachalarning cho‘kishi tezlashadi. Suyuqlik zichligi ortishi bilan suvdan og‘irroq bo‘lgan zarrachalarda fazalar zichligi farqi kamayadi. Bu ularning markazdan qochma kuch maydonida tezligining pasayishi va zarrachalar suvdan yengil bo‘1ganda — harakat tezligi oshishida ko‘rinadi.
Kichik diametrli gidrosiklonlar para11e1 ishlovchi umumiy agregatga birlashtiriladi. Bunday qurilmalar multfgfdrosiklonlar deyiladi. Multigidrosiklonlar asosan kam miqdordagi oqova suvlarni mayda dispers zarrachalardan tozalashda ishlatiladi. Bunday qurilmalarning ish unumdorligini oshirish uchun ularning miqdori ko‘paytiri1adi va bloklarga joylashtiriladi (2.7- rasm, d).
Bosimli gidrosiklon quvvati quyidagicha aniqlanadi:
Q = K, D dk: 2g H ,
bu yerda, €, — o‘lchovsiz koeffitsiyent; D — gidrosiklon diametri, m; dj — kiritish patrubkasi diametri, m; AH — chiqarish va kiritish patrubkalaridagi bosimlar farqi, Pa.
Ochiq (bosimsiz) gidrosiklonlar oqova suvlarni yirik ifloslik- lardan (yirikligi 5 mm/s) tozalashda qo‘11ani1adi. Ular bosimli gidrosiklonlardan quvvatining yuqoriligi va gidravlik qarshiligining kichikligi bilan farqlanadi. Bunday gidrosiklonlarning biri — ichki silindrli va konussimon diafragmali gidrosiklon 2.7-rasm, b da keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |