Chuvalchangsimon siquvchi qurilmalar. Bunday qurilmalar sentrifugalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: tez aylanuvchi qismlari yo‘q, cho‘kmaning oxirgi namligi kam, tayyorlash oddiy va jarayon uzluksiz. Kamchiliklari: quyi konsentratsiyali va mayda dispers (100 mkm dan kichik) suspenziyalar bilan ishlaganda
2.8-rasm. Cho‘kmani oqova suvdan sentrifuga yordamida ajratib olish:
J— to‘r; 2— gidrosiklon; 3— cho‘kma zichlashtirgich; 4, 7— sig‘imlar;
nasos; sentrifuga.
qattiq fazaning ko‘p qismi yo‘qotiladi va qurilmada cho‘kmani yuvish mumkin emas.
Ishlash prinsipi. Supenziya yuklovchi voronka orqali filtrlovchi qobiqqa kelib tushadi: Qattiq faza zarrachalari chuvalchangsimon siquvchi qurilmaning filtrlovchi qobig‘ida cho‘kadi va chiqarib yuboriladi. Cho‘kma oxirgi namlikka ega bo‘1adi. Shriek elektrdvigatel yordamida aylantiriladi. Aylanish chastotasi katta emas. Bunday qurilmalarda tolali zarrachali suspenziyalar yaxshi ajratiladi.
Savol va topshiriglar
Gidravlik yiriklik nima va u qanday aniqlanadi?
Oqova suvlardan muallaq zarrachalari ajratib olish uchun qanday tindiigichlar ishlatiladi va ularning samaradorligi qancha?
Tindirish jarayonining samaradorligini oshirishning qanday usullari mavjud?
Filtrlash tezligi qanday aniqlanadi?
Emulsiyalarni fdtrlash jarayoni qaysi filtrlarda olib boriladi? blaming ishlash prinsipini tushuntirib bering.
Muallaq zarrachalarni markazdan qochma kuch ta’siri ostida ajratib olish mexanizmini tushuntirib bering.
Bosimli gidrosiklonlarning ochiq gidrosiklonlardan farqi nimada?
Filtrlovchi sentrifugalar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
3- BOB
OQOVA SUVLARNI TOZALASHNING FIZIK-KIMYOYIY
USULLARI
Oqova suvlarni fizik-kimyoviy tozalashga koagullash, flokullash, adsorblash, ion-almashinish, ekstraklash, rektifiklash, bug‘1atish, distillash, qayıar osmos, ultrafiltrlash, kristallash, desorblash kabi usullar kiradi. Bu usullar oqova suvlar tarkibidagi mayda dispers zarrachalardan (qattiq va suyuq), erigan gazlardan, mineral va organik moddalardan tozalashda qo‘11aniladi. Fizik- kimyoviy usullarni qo‘1lash biokimyoviy usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega:
Oqova suv tarkibidagi zaharli biokimyoviy oksidlanmaydigan organik ifloslantiruvchilarni yo‘qotish mumkin.
Ancha chuqur va barqaror darajada tozalashga erishiladi.
Qurilmalar o‘lchami kichik.
Bosimlar o‘zgarishiga ta’sirchan1igi kam.
To‘1iq avtomatlashtirish mumkin.
Ba’zi jarayonlarning kinetikasi chuqur o‘rgani1gan, model- lashtirish, matematik izohlash va optimallashtirish imkoniyati bor.
Turli moddalarni rekupirlash imkoni bor.
Oqova suvlarni tozalashda sanitariya va texnologiya talablariga amal qilgan holda usul tanlanadi. Bunda oqova suvning miqdori, ifloslovchi moddalarning konsentratsiyasi, moddiy va energetik resurslarning mavjudligi va jarayonning foydaliligi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |