2.5 Korxonaning hozirgi holatiga ko’ra ruxsat etiladigan chiqindi ( REG) me’yorlarini hisoblash. REG har bir manba uchun quyidagi formula yordamida manbaning parametrlaridan kelib chiqqan holda hisoblash.
REG miqdori ( gr/s) aylana kesish manba uchun Cf < REM bo’lganda quyidagicha aniqlanadi:
REG = ( REM - Cf) H2 / A *F *m*n*η * τ gr/s
Bu yerda :
H – manba balandligi m
A – atmosfera stratifikatsiya koeffitsienti
F – zararli moddalarning tushish koeffitsienti
m – koeffitsient quyidagi formulalar orqali topiladi :
m = 1/0.67+0.1 ; 1<100 bo’lsa
f = 1000 w20 * D / H2 T w20 – manbadan chiqayotgan havoning tezligi m/s
D – manbadan chiqayotgan og’zining diametric
T – haroratlar farqi ( tashqi va chiqayotgan gazni)
n – manba uchun xavfli bo’lgan shamol tezligiga bog’liq koeffitsient ushbu formula bo’yicha hisoblanadi :
vM– 0.65 * / H n = 3 bo’ladi vM ≤ 0.3 bo’lsa n = 1 bo’ladi vM> 2 bo’lsa
n = 3- agar 0.3< vM≤ 2 Agar manbadagi chiqyotgan chiqindi gaz harorati atrof muhit harorati bilan teng bo’lsa u holda REG quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi.
Huddi shunday vM =1.3 ω0* D / H
Yuqorida formulalarda keltirilgan ko’rsatgichlar REG ni barcha manbalar uchun aniqlashda bir xil A = 250
TT = tashqi havo harorati ma’lumotlarga ko’ra T = 37.4
Moddalarning tabiiy konsentratsiyasi
Bug’doy change uchun Cf = 0.20 mg/m3 Uglerod oksidi Cf = 5.0 mg/m3 Azot oksidi uchun Cf = 0.085 mg/m3 Metal change - 0.5 mg/m3 Uglevodorodlar – 5 mg/m3 Payvandlash change – 0.5 mg/m3 Marganes aerozoli – 0.01 mg/m3 Qurum – 0.15 mg/m3 Oltingugurt angidriti – 0.5 mg/m3 Akrolein – 0.3 mg/m3 Keltirilgan formulalardan foydalnib har bir modda uchun ruxsat etiladigan chiqindilar me’yori hisoblab chiqiladi va jadval ko’rinishida natijalar keltiriladi.
2.3 – jadval .
Korxonalarni sanitar himoya zonasi ishlab chiqarish talablari bo’yicha aniqlanib hisoblar bilan asoslanadi.
Sanitar himoya hududi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
Λ = Λ0 R/R0 Bu yerda :
Λ - EHX hisobiy o’lchamlari
Λ0 - manbalari SHX bo’lgan hisoblangan masofa.
R – shamolning yillik takrorlanishi
R0 – bitta rumb yo’nalishi bo’yicha shamolning o’rtacha yillik takrorlanishi.
R0 = 100/8 = 12.5 %
Hisoblar quyidagi jadvalda keltirilgan.
2.4 – jadval.
SHH o’lchamlari hisobi
2.7 Atmosfera havosiga chiqayotgan chiqindilarni kamaytirish bo’yicha tadbirlar. Ayriyom neft bazassiga bir yilda 7200 tonna maxsulot qabul qilinib iste’molchilarga tarqatib beriladi. Korxonani neft maxsulotlarini qabul qilish, tarqatib berish jarayonoda atmosfera havosiga 9.749 tonna turli xildagi chiqindilar chiqadi. Atmosferaga chiqayotgan moddalarning ruxsat berilgan me’yorlari 6.568 tonna ortiqcha chiqayotgan chiqindilar, ruxsat etilgan me’yordan 5.63 tonna ortiq.
Atmosferaga chiqayotgan me’yoridan ortiq moddalar nafaqat atmosferaga yer, suv, o’simlik va hayvonot dunyosiga, odamlar salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Korxonada birorta ham gaz, chang tozalash uskunalari o’rnatilmagan.
Shuning uchun bajarilgan ishda atmosferaga chiqayotgan ortiqcha chiqindilarni me’yor darajaligiga kamaytirish uchun samaradorligi yuqori bo’lgan hozirgi davr talabi darajasida bo’lgan quyidagi filtrlarni o’rnatish tavsiya qilinadi. Bu filtrlarni 1-11, 29-31 manbalarga o’rnatish tavsiya qilinadi.
D -14 y filtri
Texnik tasnifi
Quvvati m3/soat – 2000
Filtrlovchi material – FPA – 15-6
Filtrlash maydoni m2 – 28.2
Massasi 24 kg
Samaradorligi % - 99.
D – 9 y filtri
Texnik tasnifi
Quvvati m3/soat – 1350
Filtrlovchi material – FPP – 25-6
Filtrlash maydoni m2 – 130
Massasi 21 kg
Samaradorligi % - 99.
D – 21 filtri
Texnik tasnifi
Quvvati m3/soat – 2400
Filtrlovchi material – FPA – 15-6
Filtrlash maydoni m2 – 33
Massasi 40 kg
Samaradorligi % - 99
D – 29 kl filtri
Texnik tasnifi
Quvvati m3/soat – 3400
Filtrlovchi material – FPA – 15-6
Filtrlash maydoni m2 – 23
Massasi 32 kg
Samaradorligi % - 99
Bundan tashqari rezervuarlari suzib yuruvchi Pontonlarni o’rnatishni tavsiya qilamiz.
Bu Pontonlar rezervuarlardan uglevodorodlar chiqishini kamaytiradi va birdaniga sodir bo’ladigan yong’inlarni oldini oladi.