Yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish.
Yuzaning murakkab geomorfolik tuzilishi tog’ jinslari va iqlim sharoitlarining xilma- xilligi hamda inson xo’jalik faoliyatining tarixiy va hududiy xususiyatlari tufayli Qashqadaryo viloyatida O’zbekiston hududi uchun xos bo’lgan deyarli barcha tuproq turlari tarqalgan.
Tuproq qatlami makrostrukturasining xususiyatlariga ko’ra Qashqadaryo viloyatining hududi O’rta Osiyo tekislik va tog’li tuproq oblastlarining tarkibiga kiritiladi.
Tuproqlarning hududiy taqsimlanishi va joylashuviga relief, tog’ jinslarining tarkibi va iqlim muhim omillardir. Tektonik botiqlarda daryo vodiylarida, adirlarda, tog’larning qiya tekisliklarida, platolarda asosiy tuproq hosil qiluvchi mineral to’rtlamchi davr yotqiziqlaridan, o’rtacha balandlikdagi va baland tog’larning yonbag’rlarida esa koleozoy va mezazoy eralarining g’ovak yotqiziqlarida va ularning nurlash maxsulotlaridan iborat.
Qashqadaryo viloyati hududida tuproq tiplari relyefi va gidrotermik ( issiqlik va atmosfera yog’inlarining taqsimlanishi ) sharoitlarga bog’liq holda g’arbdan sharqqa tomon o’zgaradi. G’arbda tekislik relyefiga ega bo’lgan Qarshi cho’li doirasida kenglik bo’yicha zonal tarqalgan cho’l tuproqlari, biroz sharqroqda tog’ oldi chala cho’l zonasining bo’z tuproqlariga o’tadi.
Qashqadaryo havzasining sharqiy va shimoli-sharqiy chekkasidagi o’rtacha balandlikdagi va baland tog;lardagi mintaqalari yaqqol namoyon bo’ladi va tuproq quyidan yuqoriga tomon o’zgaradi.
Cho’l zonasining tuproqlari xilma-xil bo’lib, ular dengiz sathidan balandligi 250-300 m gacha bo’lgan tekislik, qadimiy delta va platolarda nihoyatda issiq va qurg’oqchil sharoitlarda vujudga kelgan.
Qarshi cho’lida yoz issiq ( iyulning o’rtacha harorati 27-300), qish ancha iliq, yillik yog’inlarning miqdori 145-230 mm. vegetatsiya davri 290-300 kunga yetadi. Tuproq hosil bo’lish jarayonida yozgi kuzgi issiq ( quruq kirotermik) va qishgi bahorgi iliq ( namli mizotermik) davrlar katta rol o’ynaydi. Bunday iqlim sharoitlarida ofiliya ( bargsizlik) kirofitlar ( simrofillik) va sukkulontlik kabi xususiyatlarga ega bo’lgan butalar va o’tlardan iborat o’simlik formatsislari tarqalgan.
Qashqadaryo viloyatining cho’l zonasida tarqalgan taqirli, cho’l qumli va sur-qo’ng’ir tuproqlar avtomorf tuproqlar qatoriga mansub bo’lgan zonal tuproq tiplarini,o’tloq va botqoq tuproqlar bo’lga sho’rxok, taqirlar esa gidromorf tuproqlar qatoriga mansub bo’lgan introzonal tuproq tiplarini hosil qiladi. Cho’l zonasining tuproqlari 800 ming gektardan ortiqroq maydonda tarqalgan.
Qashqadaryo viloyatining cho’l zonasida eng katta maydon ( 350 ming ga) taqirli tuproqlar bilan tarqalgan. Taqirli tuproqlar Koson, Mirishkor, Boxoriston,Kasbi, U.Yusupov tumanlarida Qashqadaryoning qadimiy deltalarida va propeovial hamda demovial yotqiziqlaridan iborat va tog’oldi tekisliklarida tarqalgan. Taqirli tuproqlar ba’zan taqirlar, cho’l-qumli tuproqlar va qumloqlar bilan aralash holda uchraydi.
Taqirli tuproqlar asosan olliyuvial qumoq –gilli va qumoq yotqiziqlarda, ayrim joylarda esa taqirli-qumoq yotqiziqlarda vujudga kelgan.
Qarshi cho’li sharoitida tarqalgan taqirli tuproqlar chuchuk yoki kam minerallashgan sizot suvlari sathining ancha past joylashganligi sababli nisbatan kam sho’rlangan. Bu tuproqlarda chirindiningmiqdori kam. Yuza qatlamda chirindining miqdori 0.65-0.8% ni ba’zi hollardagina 1% ni, azotning miqdori 0.05 va foforning miqdori 0.17-0.18% ni tashkil etadi va quyi qatlamlarga tomon ularning miqdori kamaya boradi.
Umuman taqirli tuproqlar Qarshi cho’lining eng yaxshi yer fondini hosil qiladi. Shu boisdan ular birinchi navbatda o’zlashtirila boshlandi.
Qashqadaryo viloyatining g’arbiy qismida cho’l-qumli tuproqlari keng tarqalgan. Bu tuproqlarni vujudga eol, olliyuvial, promovial yotqiziqlar ona jins bo’lgan. Cho’l qumli tuproqlar tarqalgan yerlarda sizot suvlarichuqur joylashganligi bilan ta’riflanadi.
Cho’l tuproqlar to’g oldi qiya tekisliklarda, qadimiy olliyuvial yotqiziqli deltada, Devxona platosida va boshqa joylarda qariyb 150 ming ga maydonni egallaydi.
Cho’l qumli tuproqlar sur-qo’ng’irva taqirli tuproqlarga o’xshab ketadi. Bu tuproqlarda o’simliklar ayniqsa ko’plab o’sadi. Lekin bu tuproqlarda chirindining miqdori juda kam ( 0.3-0.5%) ozuqa beruvchi kimyoviy unsurlarga kambag’al. cho’l qumli tuproqlar deyarli hamma joyda sho’rlanganligi tufayli ularni o’zlashtirish uchun sho’rlashiga, shamol eroziyasiga qarshi bir qancha tadbirlar o’tkazish lozim. Shu sababli cho’l qumlituproqlar tarqalgan yerlardan yaylovlar sifatid afoydalanish ma’qulroq.
Qashqadaryo viloyatining cho’l zonasida eng ko’p tarqalgan (175 ming) ga tuproq tiplaridan yana biri sur-qo’ng’ir tuproqdir. Bu tuproqlar Nishon, Boxoriston, U.Yusupov, Mirishkor tumanlari hududida, yuzasi tekislashgan Devxona, Setalontepa, To’ng’izsirt kabi qoldiq tog’larda platolarda shakllangan. Sur qo’ng’ir tuproqlar bo’r va paleogen davrlarning qumtosh, giltosh va shuningdek, qadimiy allyuvial va promovial yotqiziqlarda vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |