Gey - Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni. Fransuz olimi Gey Lyussak 1808 -yilda o’zining qator tajribalariga asoslanib, o’zining hajmiy nisbatlar qonunini ta`rifladi: kimyoviy reaksiyalarga kirishuvchi gazlarning hajmlari o’zaro va reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbati kabi nisbatida bo’ladi. Masalan:
H2+ Cl2 = 2 HCl
1 : 1 : 2
Bir hajm vodorod bir hajm xlor bilan reaksiyaga kirishib, ikki hajm HCl hosil qiladi.
O2+2H2=2H2O
1 : 2 : 2
Bir hajm O bilan ikki hajm H reaksiyaga kirishib, ikki hajm suv bug’i hosil qiladi.
Demak, kislorod bilan vodorod hajmlari nisbati 1:2, H hajmining suv bug’i hajmiga nisbati 2:2 O hajmining suv bug’i hajmiga nisbati 1:2 gidrid, ya`ni ular hajmining nisbati o’zaro butun sonlar nisbati kabidir. Is gazi (CO) ning yonish reaksiyasi tenglamasida,
2CO + O2 = 2CO2
2 : 1 : 2
reaksiyaga ikki hajm uglerod (II) – oksidi bir hajm kislorodni biriktirganda ikki hajm uglerod (IV) – oksidi hosil bo’lishi ko’rsatilgan. Bunda gazlarning hajmiy nisbatlari 2 : 1 : 2 bo’ladi.
Demak, gazlar hajmlarining kichik butun sonlar nisbatida bo’lishi har ikki gaz moddalari molekulasidagi atomlarning nisbatlaridan kelib chiqadi.
Avogadro qonuni Kimyoviy reaksiyalar gazsimon moddalar ishtirokida ham boradi. Gazsimon moddalar ishtirokida boradigan reaksiyalardagi miqdoriy nisbatlarni 1811 yilda Italyan olimi A.Avogadro o’rganib, quyidagi qonunni yaratdi.
Bir xil sharoit (bir xil bosim va bir xil haroratda)da teng hajmda olingan gazlardagi molekulalar (atomlar) soni teng bo’ladi.Avogadro qonunidan ikkita xulosa kelib chiqadi.
a) Normal sharoit (T=273 K, P=101,325 kPa) da har qanday gazsimon moddaning «1 mol» miqdori 22,4 litr hajmni egallaydi va bunga gazlarning molar hajmi deyiladi. V molar = V0=22.4 l/mol hajmda belgilanadi. Bu xulosaga ko’ra 1 mol N2 gazi normal sharoitda 22,4 l, 0,1 moli 2,24 l hajmni egallaydi.
b) Gazsimon moddaning hajmi va miqdori uning tarkibidagi zarracha (molekula, atom) lar soniga bevosita bog’liqdir.
Shunga ko’ra, ikkinchi xulosa kelib chiqadi: Har qanday moddaning «1 mol» miqdori tarkibida 6,02 1023 ta zarracha (molekula, atom) bo’ladi. Bu son N=6.02 1023 Avogadro soni deyiladi.
Demak, 1 mol H2 tarkibida 6,02 1023 ta vodorod molekulasi bo’lib, 22,4 l xajimni egallaydi. 10 mol H2 da 6,02 1024 ta molekula bo’lib, 224 l hajm egallaydi. 0,5 mol O2 gazi 16 g bo’lib, 3,0 1023 ta molekula bor, ular 11,2 l hajmni egallaydi. 2,24 l Cl2 gazida 6,02 1022 ta molekula bo’lib, uning miqdori 0,1 mol va massasi 7,1 g bo’ladi.
Avogadro fikricha gaz holatidagi oddiy moddalarning vodorod, kislorod, azot, xlor va boshqalarning mayda zarrachalari molekulalar bo’lib, ular ikki atomdan tuzilgan H2, O2, Cl2, N2 va boshqalar (F2, Br2, J2)
Do'stlaringiz bilan baham: |