Materiyaning holati.
Materiya uch fizikaviy holatlarda bo‘lishi mumkin – qattiq, suyuq va gazsimon.
●Qattiq holat – zarrachalar kolbaning ko‘rinishini qabul qilmaydi.
● Suyuq holat – zarrachalar kolbaning ko‘rinishini qabul qiladi, ya’ni suyuqlik kolbada faqat yuqori sirtga ega.
● Gazsimon holat – gaz ham kolbaning ko‘rinishini oladi, lekin uning butun hajmini egallaydi va hech qanday sirtga ega emas.
Atom darajasida har bir agRejat holat zarrachalarning nisbiy joylashishi bilan belgilanadi:
● qattiq holatda zarrachalar regulyar fazoviy panjarada bir-biriga juda yaqin joylashgan;
● suyuq holatda ham zarrachalar bir-biriga yaqin joylashgan, lekin ular bir-biriga nisbatan tartibsiz harakatlanadi;
Temperatura va holatlarning o‘zgarishi. Atrof muxitning temperaturasi va bosimiga bog‘liq ravishda ko‘p moddalar uchta holatlarning har biridan bir fizikaviy holatdan boshqasiga o‘tishi mumkin. Masalan, temperatura ortishi bilan qattiq holatdagi suv (muz) suyuqlanadi va suyuq ko‘rinishga o‘tadi, u keyinchalik gazsimon holatga ham o‘ta oladi (suv bug‘lari).
Xuddi shunday, temperatura pasayganda suv bug‘lari suyuq suvga aylanadi va sovutish davom ettirilganda suv muzlaydi, ya’ni qattiq ko‘rinishga o‘tadi. Ko‘pgina boshqa moddalar, masalan, benzol, toluol va boshqalar ham temperatura o‘zgarishi bilan xuddi shunday bir agrejat holatdan boshqasiga o‘tadi.
Qizdirish natijasida kelib chiqqan fizikaviy o‘zgarishlar sovutish orqali teskari tartibda keltirib chiqarilishi mumkinligini ta’kidlash lozim. Kimyoviy o‘zgarishlar uchun bu tavsifli emas. Masalan, nam havoda temirni qizdirish uning sirtida zang hosil bo‘lishi bilan boruvchi kimyoviy reaksiyani keltirib chiqaradi, ammo sovutish hosil bo‘lgan zangni yo‘qotmaydi (buning uchun qator kimyoviy reaksiyalarni o‘tkazish kerak).
Zichlik - bu massaning hajmga nisbati: zichlik = massa/hajm; massa = hajm∙zichlik; hajm = massa / zichlik. Temperatura ta’sirida hajmning o‘zgarishi mumkinligi sababli, shunga mos ravishda zichlikning qiymati ham o‘zgaradi. Lekin ma’lum sharoitlarda (temperatura va bosim) moddaning zichligi xarakteristik fizikaviy xossa bo‘lib, doimiy qiymatga egadir. SI sistemasida zichlik kg/m3, lekin kimyoda zichlikning qiymati g/l (g/dm3) yoki g/ml (g/sm3) larda ifodalanadi (1.4 jadval). Gazlarning zichligi suyuqlik va qattiq jismlarning zichligidan juda kichik bo‘ladi.
Hajm: Har bir materiya hajm (V), u egallagan fazo miqdoriga ega. SI sistemasida hajmningo‘lchov birligi sifatida m3 qabul qilingan. Kimyoda litr (l) o‘lchov birligi ham qo‘llaniladi. Tibbiyotda detsimetr kub (dm3) dan foydalaniladi:1l = 1 dm3 = 10-3 m3.
1 ml yoki 0,001 litr sm3 ga ekvivalent: 1 ml = 1 sm3 = 10-6 m3
Litr kvadratdan (kv) bir oz kattaroq: 1 l = 1,057 kv; 1 kv = 946,6 ml.
1.5 rasmda moddalarning hajmlari yoki ularning eritmalari bilan ishlashga mo‘ljallangan laboratoriya o‘lchov shisha idishi keltirilgan. Kolba va pipetkalar belgi bilan ko‘rsatilgan aniq shifrlangan hajmga ega.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |