Atom elektr stansiyasi


Jahonda qaysi mamlakatda aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan elektr energiya miqdori ko‘p bo‘lsa, o‘sha mamlakat aholisi farovon yashaydi



Download 96,01 Kb.
bet2/6
Sana10.02.2022
Hajmi96,01 Kb.
#440519
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Atom elektr stansiyasi

Jahonda qaysi mamlakatda aholi jon boshiga ishlab chiqariladigan elektr energiya miqdori ko‘p bo‘lsa, o‘sha mamlakat aholisi farovon yashaydi.
Akademik S.P.Kapitsa.
Aziz o‘quvchim! Rus olimi akademik Sergey Petrovich shiorida insoniyat farovonligi uchun elektr energiya asosiy muammolardan biri sifatida qaralmoqda.
2020 yil kuz oylaridagi sovuq iqlim O‘zbekiston aholisiga ancha qiyinchiliklar tug‘dirganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali barchamiz ogoh bo‘ldik. Agar biz O‘zbekiston aholisi jon boshiga ishlab chiqariladigan elektr energiyasini oshirishni maqsad qilib qo‘yar ekanmiz O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda mamlakat atom energetikasini umumiy energetika balansiga kiritish, undan kamida 60 yil davomida xavfsiz foydalanishni ta’minlagan holda respublika hududida atom elektr stansiyasi barpo etishni nazarda tutuvchi Yadro-energetika dasturini amalga oshirishni jadallashtirish zarur deb o‘ylaymiz. 
Binobarin, shu sabab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevraldagi “2019-2029 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini ijro etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yadro-energetika dasturini atom energiyasidan xavfsiz foydalanish talablariga javob beradigan malakali kadrlar bilan o‘z vaqtida va to‘laqonli ta’minlash maqsadga muvofiq ekanligini e’tiborga olgan holda O‘zbekiston milliy universitetida va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti ma’muriyati bilan birgalikda prezidentimiz qarorini amalga oshirish uchun choralar ko‘rilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida “...Agar tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda fizika fani fundamental asos bo‘lganini ko‘ramiz. Fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo‘lmaydi”, deb murojaat qildi.
O‘tgan asrning 30-yillarida uranni neytronlar ta’sirida ikkiga bo‘linishi va bu jarayon energiyani ajralib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ilmiy-tadqiqot markazlarida ishlaydigan fizik olimlar va muhandislar ushbu energiyani jilovlash uchun tadqiqot ishlari olib bordilar. Uran yadrosi bo‘linishidagi neytronlarning energiyasini pasaytirish uchun grafit qulay material ekanligi aniqlandi. Nihoyat 1942 yilda Amerikada yadro reaktori italiyalik olim Enriko Fermi rahbarligida ishga tushirildi.
Yadro reaktorida kechadigan zanjirli reaksiyada hosil bo‘lgan neytronlar oqimini me’yoridan ortiq yuzaga kelmasligini maxsus neytron yutadigan materiallar hisobiga nazorat qilinadi. Tadqiqotchi fiziklarni reaktor qarida uran-238 izotopining neytronni ushlab qolishi hisobiga yuzaga keladigan plutoniy-239 izotopining fizik xususiyatlari qiziqtirib qoldi. Ushbu izotopning fizik xususiyati xuddi uran-235 izotopga o‘xshash neytronlar ta’sirida zanjirli reaksiyani yuzaga keltirar ekan. Shu sabab, yadro reaktor mahsuli bo‘lgan plutoniyni ximiyaviy yo‘l bilan ajratib olish va undan atom bombasi yaratish uchun Amerika harbiy xodimlari katta mablag‘ sarfladilar. Biz tarixdan Nagasaki va Xirosima shaharlariga AQSH harbiy kuchlari tomonidan tashlangan plutoniy bombasi to‘g‘risida eshitganmiz.
Butun jahon olimlari ushbu qirg‘inbarot qurolni yaratgandan ko‘ra zanjirli reaksiyada ajralib chiqadigan energiyadan tinchlik maqsadida foydalanish, insoniyat farovonligiga ko‘proq foyda keltirishi to‘g‘risida ilmiy anjumanga to‘planishni zarur deb topdilar. Nihoyat, 1955 yil avgustida Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi Xalqaro ilmiy-texnik konferensiyada yadro energetikasi energiya ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishi sifatida tan olindi va bu bilan yadro energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishdagi Xalqaro hamkorlik boshlandi.
Yadro reaktorlarining tuzilishi va ishlash tamoyillari turlicha va juda murakkab bo‘lib, undan kerakli maqsadlarda foydalanish uchun uning har bir qismi nihoyatda katta aniqlik bilan tayyorlash talab etiladi. Masalan, boshqariluvchi yadro reaksiyasini amalga oshirish va uning xavfsiz davomiy ishlashini ta’minlash uchun ishlovchi asboblardagi chetlanishlar 10-8 dan oshmasligi kerak. Bu esa AES va yadro reaktorlari ustida mehnat qilayotgan olimlar, konstruktorlar va muhandislardan nechog‘li chuqur bilim va malaka talab etilishini ko‘rsatadi. Atom yadrosining energiyasidan tinchlik maqsadlarda foydalanish yuzasidan sobiq SSSR davlatining fizik olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari ham tahsinga loyiq.
bugungi kunda yadro energetikasi insoniyatni dunyoda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 20-25 foizi bilan ta’minlaydi. Fan va texnologiyaning bugungi kundagi yangiliklari va imkoniyatlariga asoslangan holda olimlar yaqin o‘n yillarda atom energiyasi qulay va ekologik jihatdan nisbatan toza bo‘lgan asosiy energiya manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkinligini tasdiqlashmoqda. Tinchlik maqsadlaridagi atom energiya bloklarining qurilishi yangi texnologiyalarni yaratish, mamlakatning yangi va tezkor rivojlanish bosqichiga o‘tishidagi imkoniyatlarning oshishiga olib keladi. Buni Amerika va Yevropaning rivojlangan davlatlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Shu nuqtai nazardan, yadro energetikasidan foydalanish maqsadlariga tor doirada qaramaslik lozim.
Hozirgi kunda insoniyatning energiyaga, uning qay turda bo‘lishiga qaramasdan, ehtiyoji juda tez suratlarda oshib borayotganligi hech kimga sir emas. Ammo jamiyat uchun bugungi kunda ham uch omil muhimdir: olinayotgan energiyaning tannarxi va energiya manbaining atrof-muhit ekologiyasi uchun zararsizligi, energiya manbaining xavfsizligi va qanchalik samarali ekanligi, energiya ta’minotining uzluksizligi va davomiyligi. Atom energetikasi bu uch omilga ham qoniqarli tarzda javob bera oladi. Masalan, AES ishlab turganda atmosferaga chiqariluvchi uglerod miqdori boshqa energiya manbalariga (ko‘mir yoki gazda ishlovchi) nisbatan olganda juda kam. Atrof-muhitga tarqalayotgan radioaktiv izotoplar miqdori, radioaktiv chiqindilar xalqaro me’yorlarga to‘liq mos kelishi kerak. 
Xomashyo vaznining kichikligi atom elektr stansiyasi ishlab chiqaruvchi energiyaning tannarxini bir necha o‘n yillar davomida, mutanosib tarzda, deyarli bir xil ushlab turish imkonini beradi. Katta quvvatli AESlarning ishlash muddatini, ularning resurslarini almashtirib turish bilan 60 yildan 100 yilgacha yetkazish mumkin. Ko‘pgina davlatlar energetika vazirliklarining muammolarning bu tarzdagi yechimlari to‘g‘risidagi qarorlari yuqoridagi fikrlar bilan mos tushadi. Masalan, Fransiya hukumati muqobil energiya manbalarini rivojlantirish bilan bir qatorda mamlakat energiya ta’minotining kamida 75 foizini AESlar zimmasiga qoldirmoqda. Shu sababli bu mamlakatda elektr energiyasining tannarxi Yevropadagi boshqa davlatlarga nisbatan eng past ko‘rsatkichga ega. Birlashgan Arab Amirliklari atom energiyasi bosh direktori Muhammad al-Hammadi fikricha, mamlakat elektr energiyasi ta’minotining 25foizini AESlar tashkil etishi kerak. 
Bu esa atmosferaga 3 million tonna uglerod dioksidi chiqib ketishining oldini oladi. Belarusda quriluvi AES mamlakatni elektr energiyasi iste’molining uchdan bir qismi bilan ta’minlaydi. Respublika energetika vaziri V.Karankevichning aytishicha, atom energiyasi maorif sifatini oshirish, ilmiy-texnik potensialni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarining paydo bo‘lishi, transportda va aholi yashash uylarini isitish tarmoqlarida elektr energiyasidan foydalanishning yangi sohalarini ochishga hamda rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.
Dunyoda sanoatning rivojlanishi tufayli yaqin yillarda elektr energiyasiga bo‘lgan talab nihoyatda ortib ketishi bashorat qilinmoqda. Dunyoda yetarli energiya balansini ta’minlash, iqlim o‘zgarishlarini yumshatish kabi murakkab masalalarning yechimlaridan biri ishga tushirilayotgan yadro quvvatlarini oshirishdan iboratdir.
2019 yilning o‘rtalariga kelib dunyoda faoliyatda bo‘lgan yadro energobloklarining soni 453 taga yetdi. Dunyo bo‘yicha AESlarda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining yarmi AQSH va Fransiya davlatlariga to‘g‘ri keladi. bugungi kunda ishlab turgan yadro reaktorlarining o‘rtacha yoshi 28 yil bo‘lib, Shvetsariyada 52 yildan buyon ishlab turgan reaktor ham bor. bugungi kunda Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi Turkiya, Pokiston, Hindiston, Vengriya, Slovakiya, Misr mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham AES qurish ishlarini olib bormoqda.
AESlarning ekologik jihatdan yagona kamchiligi turbina kondensatorlarini sovitish uchun suvni ko‘p iste’mol qilishidir. Biroq, zamonaviy atom elektr stansiyalarida asosan sun’iy hosil qilingan suv omborlari yoki suv minoralaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, AESning bir qism issiqligidan aholi yashovchi xonadonlarni, korxonalarni isitishda foydalanish mumkin. Bu esa issiqlikning besamar yo‘qotilishini kamaytiradi.
Hozirgi kunda ham AESlarning foydali ish koeffitsiyentlarini hamda xavfsizligini oshirish maqsadida yangi avlod yadro reaktorlarining xalqaro loyihalari ishlab chiqilmoqda va tajriba sinovdan o‘tkazilmoqda.
2018 yil 20 iyulda yadro fizikasi sohasida yuqori malakali xodimlarni tayyorlash maqsadida Toshkentda Moskva muhandislik fizika institutining filiali ochildi. O‘zbekiston AES qurilishi uchun Jizzax viloyati Forish tumanidagi «Tuzkon» ko‘li atrofi tanlandi.
O‘zbekistonda AES qurilishi iqtisodiy samara beradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra AESning qurilib ishga tushirilishi bir yilda 3,7 milliard kubometr gazni tejash imkonini beradi. Bu juda katta ko‘rsatkich. Chunki tabiiy gazning iqtisod qilinishi ichki iste’molni qoplashdan tashqari gaz eksporti salohiyatini ham oshiradi. AES mamlakat elektr energiyasiga bo‘lgan talabining 15 foizini to‘ldiradi. Bundan tashqari, AES qurilishi uchun kiritilgan 1 dollar byudjetga 1,4 dollar, yalpi ichki daromadga 4,3 dollar foyda keltiradi.
O‘zbekistonning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi, bugungi kunda 69 mlrd kVt/soat. Uning deyarli 85 foizi tabiiy gaz va ko‘mir bilan ishlovchi IESlardan, 15 foizi GESlardan olinadi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 16,5 mlrd/kub metr tabiiy gaz, 86 ming tonna mazut, 2,3 million tonna ko‘mir ishlatiladi. Aholi sonining oshib borish bilan birgalikda elektr energiyasiga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda. Shu sababli ham O‘zbekistonda AESning qurilishi energetika balansidagi uglevodorod hissasini kamaytirishning yagona yo‘lidir. Quyosh va shamol energiyasidan foydalanish rivojlanib va jadallik bilan o‘sib borayotgan ishlab chiqarishni yetarlicha ta’minlay olmaydi.
O‘zbekiston uran zaxirasi bo‘yicha dunyoda yetakchi – 9 o‘rinda turadi. Bu esa AES ishga tushirilgandan uni yadro yonilg‘isi bilan qiynchiliksiz ta’minlab turish imkonini beradi.
bugungi kunda O‘zbekistonda atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qonuniy bazani yaratish ustida ishlar jadal ketmoqda. Tuzkon ko‘li atrofidagi maydonda zarur tadqiqot ishlari boshlab yuborildi. Muhandislik ishlari va tadqiqotlarda o‘zbekistonlik va rossiyalik mutaxassislardan tashqari xalqaro ekspertlar ham ishtirok etishmoqda. Asosiy vazifa – AES bunyod etiluvchi maydonning xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha MAGATEning barcha talab normalariga to‘liq javob berishidir.
O‘zbekiston FA Yadro fizikasi instituti o‘zining 60 yildan ziyod faoliyati davomida yadro fizikasi va yadroviy texnologiyalar sohasida dunyo ilmiy hamjamiyati tomonidan tan olingan yirik tadqiqot markaziga aylangan. O‘zbekiston atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foydalanish sohasida ilmiy bazaga ega. Xususan, respublikamizda tadqiqotlar yadro reaktoridan foydalangan holda ilmiy izlanishlar 1959 yildan beri olib borilmoqda. Atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajribani hamda Xalqaro atom energiyasi agentligi tavsiyalarini hisobga olgan holda atom energiyasidan foydalanish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash milliy yadroviy infratuzilmaning g‘oyat muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Atom energetikasi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dastur aynan shu masalalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga mo‘ljallangan.

Bugun butun dunyoda energetika muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. Ayrim mamlakatlar bunday muammoni yechishda neft mahsulotlari yoki tabiiy gazni sarf etayotgan bo‘lsa, ba’zi davlatlar quyosh yoki shamol kabi muqobil energiya manbalaridan foydalanmoqda. AQSH, Fransiya, Rossiya, Yaponiya, Angliya, Xitoy, Shvesiya kabi rivojlangan mamlakatlarda esa atom energiyasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Yurtimizda ham sanoat ishlab chiqarishining jadal rivojlanishi, ayniqsa, aholi sonining yil sayin ko‘payib borayotgani elektr energiyasiga ehtiyojni tobora oshirmoqda. Uni to‘la-to‘kis qondirishning birdan-bir oqilona yo‘li – atom energiyasidan foydalanishdir. Chunki tahlillar bunday energiyaning istiqbolli ekanini ko‘rsatmoqda. Bu nimalarda namoyon bo‘ladi?
Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan 57 milliard kVt/soat elektr energiyasining asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalarida hosil qilinmoqda. Buning uchun yiliga 17-18 milliard metr kub tabiiy gaz, 2,5-3 million tonna ko‘mir va 90-95 ming tonna neft mahsulotlari sarflanmoqda. Elektr energiyasi hosil qilish uchun sarflanayotgan yoqilg‘ining yonishidan atrof-muhitga, qolaversa, insonlar salomatligiga, o‘simlik va hayvonot dunyosi rivojlanishiga zarar yetmoqda.
Ikkinchidan, elektr energiyasini neft, gaz va ko‘mir hisobidan hosil qilishning ham zaxirasi cheklangan. Ma’lumotlarga qaraganda, uglevodorod yoqilg‘ilari bugungidek miqdorda sarf qilinsa, uzog‘i bilan ko‘mir 150 yilga, tabiiy gaz 70 yilga va neft mahsulotlari 50 yilga yetadi, xolos. Shu bois, mamlakatimizda issiqlik elektr stansiyasidan foydalanish istiqbolli emas.
Uchinchidan, issiqlik elektr stansiyalarida yoqilayotgan tabiiy gaz, ko‘mir va neft mahsulotlarining jahon bozoridagi narxi hisob-kitob qilinsa, yiliga o‘rtacha 1,5-2 milliard AQSh dollari atrofida mablag‘ sarflanayotganini ko‘rish mumkin.
To‘rtinchidan, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy qudrati uning elektr energiyasi bilan qay darajada ta’minlanganiga ham bog‘liq. Chunki mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalari, yirik sanoat markazlarining samaradorligi, to‘la quvvat bilan ishlashi elektr energiyasi ta’minotiga bog‘liq.
Ana shu jihatlarni e’tiborga olsak, Prezidentimizning 2017 yil 8 noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2018 yil 19 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida yurtimizda atom elektr stansiyasi (AES) qurishga kirishilishi energetika sohasida uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan oqilona siyosatdir. Bu mamlakatimizni ekologik toza va arzon energiya resursi bilan ta’minlash imkoniyatini yaratish bilan birga, yaqin kelajakda O‘zbekistonni taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishga xizmat qilishi shubhasiz.
Ayni paytda yurtimizda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 70-75 milliard kVt/soat va qurilishi mo‘ljallanayotgan ikki blokdan iborat atom elektr stansiyasida ishlab chiqariladigan energiya quvvati 2,4 gVt ekani hisobga olinsa, o‘z-o‘zidan ravshanki, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining bir qismini eksport qilish imkoniyati ham tug‘iladi. Shuningdek, AES ishga tushirilsa, 2030 yillarga borib yalpi ichki mahsulotimiz qariyb 3-3,5 milliard dollarga ko‘payishi, mahalliy iste’molchilardan tushadigan tushum ham shunchani tashkil etishi, qo‘shimcha soliq tushumlari esa 500 million dollarga yetishi bashorat qilinmoqda.
Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, AES energiyasidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi nihoyatda yuqori. Xalqaro atom nazorati mutaxassislarining fikricha, AES qurilishi sarf-xarajatlari 7-8 yilda o‘zini to‘liq qoplab, mamlakat iqtisodiyoti uchun foyda keltira boshlaydi.
Atom energiyasi issiqlik elektr stansiyasida hosil qilinayotgan energiyaga nisbatan 7-8 barobar arzonligi e’tiborga olinsa, uning qanchalik istiqbolli ekani ma’lum bo‘ladi. Bundan tashqari, atom elektr stansiyasi ishga tushgach, 4 mingga yaqin yuqori malakali mutaxassis doimiy ish bilan ta’minlanadi. Ayni paytda yurtimizdagi texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi institutlari oldida atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasi turibdi.
Jumladan, Samarqand davlat universiteti jamoasi ham AES uchun malakali mutaxassis tayyorlashga o‘zini mas’ul bilib, aniq reja asosida ish olib bormoqda. Yadro fizikasi kafedrasida mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv rejalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Atrof-muhitning radiasion holatini o‘rganish bo‘yicha “Fizikaviy-ekologiya”, “Amaliy yadro fizikasi va yadro energetikasi” kabi fanlar o‘qitiladigan bo‘ldi. Tegishli fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari yaratildi. Shuningdek, fizikaviy-ekologiya sohasida magistr mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Yaqinda kafedramiz bitiruvchilaridan ikki nafari Moskva muhandislik-fizika institutining “Yadro energetikasi” hamda “Yadro fizikasi va texnologiyalari” magistratura mutaxassisliklariga o‘tkazilgan tanlovda muvaffaqiyatli qatnashib, byudjet asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yana to‘rt nafar bitiruvchimiz Sankt-Peterburg muhandislik-texnika instituti magistraturasiga byudjet asosida qabul qilindi.
2018 yil aprel-may oylarida kafedramizning 2 nafar yosh o‘qituvchisi Moskva davlat universiteti “Yadro texnologiyalari” laboratoriyasida va Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida malaka oshirdi. Ayni paytda o‘qituvchilarimizni mazkur universitetda yadro texnologiyalari va yadro energetikasi bo‘yicha ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha kelishuvga erishganmiz. Bu boradagi ishlar izchil davom etmoqda.

Download 96,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish