Metallurgiyada. 0.1% sirkoniy qo’shilgan po’latdan zirhli qalpoqlar tayyorlash mumkin. Bunday po’lat juda tez va kuchli urilish ta'siriga chidamli bo’ladi. Uning alyuminiy va magniy bilan qotishmalari 150-200°S da ham o’zining chidamliligi va pishiqligini yo’qotmaydi.
Zargarlikda. Tarkibida ZrO2 bor mineral rangsiz, olmosdek tovlanadigan, yaltiroq bo’lib giasint, yasint, yargon nomlari bilan qadimdan ma’lum. Sof holdagi sirkoniy 1824 yilda Berselius tomonidan ajratib olingan. Sirkoniy so’zi arab tilida qimatbaho tosh yoki forscha «zargun» atamasidan olingan bo’lishi mumkin. Bu so’z «oltin rang», «oltinsimon» ma’nosini anglatadi. Unga yaxsh ishlov berish mumkin. Oddiy sharoitda suv va havo ta'sa riga chidamli.
Do'stlaringiz bilan baham: |