Atmosfera to‘G‘risida umumiy ma’lumotlar yer sirti yaqinida quruq havoning tarkibi. Uning balandlik bo‘yicha o‘zgarishi



Download 46,41 Kb.
bet1/5
Sana23.05.2022
Hajmi46,41 Kb.
#608115
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 (1)

ATMOSFERA TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Yer sirti yaqinida quruq havoning tarkibi. Uning balandlik bo‘yicha o‘zgarishi


Atmosfera quruq havo deb ataluvchi turli gazlarning mexanik aralashmasidan iborat. Butun atmosferaning massasi tahminan 5,157·1018 kg ni tashkil etadi (taqqosslash uchun Yer massasi 5,98·1024 kg ga teng). Tahminan bir necha yuz million yil avval shakllanib bo‘lgan Yer atmosferasi quruq havosining zamonaviy tarkibi quyidagi asosiy gazlardan tashkil topgan (2.1-jadval).


2.1-jadval
Yer sirti yaqinida quruq havoning tarkibi

Gaz

Hajm bo‘yicha ulushi*, %

Nisbiy molekular massasi (uglerod shkalasi bo‘yicha)

Havoga
nisbatan
zichligi

Azot (N2)
Kislorod (O2)
Argon (Ar)
Uglerod dioksidi (CO2)**
Neon (Ne)
Geliy (He)
Kripton (Kr)
Vodorod (H2)
Ksenon (Xe)
Ozon (O3)
Quruq havo

78,084
20,946
0,934
0,033
1,818·10-3
5,239·10-4
1,14·10-4
5·10-5
8,7·10-6
10-6-10-5

28,0134
31,9988
39,948
44,00995
20,183
4,0026
83,800
2,01594
131,300
47,9982
28,9645

0,967
1,105
1,379
1,529
0,695
0,138
2,868
0,070
4,524
1,624
1,000

* Hajm bo‘yicha ulush – bir xil bosim va harorat sharoitida gaz egallagan hajmning aralashma umumiy hajmiga nisbatining foizdagi ifodasidir.
** CO2 miqdori 1980 yil holati bo‘yicha keltirilgan.

Quruq havo umumiy hajmining 99,96% azot, kislorod va argonga to‘g‘ri keladi. Qolgan gazlarning foiz ulushi 0,04% dan kamroqni tashkil etadi. Ulardan ayrimlarining hajm bo‘yicha ulushi mingdan bir (Ne) va hatto milliondan bir (Xe) ulushni tashkil etadi.
Atmosferadagi asosiy gazlar – N2, O2 va Ar miqdorining o‘zgarishlari hozircha aniqlanmagan. Biroq har yili katta miqdordagi kislorod organik yoqilg‘ining yonishiga sarflanmoqda. Fotozintez natijasida yiliga 1,55·109 t miqdorda kislorod hosil bo‘lsa, yiliga 2,16·1010 t miqdordagi kislorod sarflanadi. Ya’ni kislorod sarfi uning hosil bo‘lishidan bir tartibga katta. Kislorod sarfining bunday sur’atlarida 2020 yilga borib uning miqdori 0,77% ga kamayishi mumkin.
Atmosfera azoti atmosfera jarayonlarida deyarli qatnashmaydi, biroq u atmosfera bosimini hosil qiluvchi asosiy gaz hisoblanadi.
Gazlar taqsimotining gravitatsion g‘oyasiga muvofiq, atmosferaning yuqori balandliklarida yengil gazlar kattaroq ulushni tashkil qilishi kerak. Biroq, meteorologik raketalar yordamida o‘tkazilgan bevosita o‘lchovlar 90-95 km lik pastki qatlamda gazlar taqsimotining yo‘qligini ko‘rsatadi. Atmosferaning bu qatlami gomosfera deb ataladi. Havoning nisbiy molekular massasi balandlik bo‘yicha amalda o‘zgarmaydi va 28,9645 kg/molni tashkil etadi. Atmosfera havosi tarkibining ham vertikal, ham gorizontal bo‘ylab doimiyligi uning aralashuvchanligi tufayli saqlanib turadi.
95 km dan yuqorida atmosferaning tarkibi sezilarli o‘zgaradi va bu qatlam geterosfera deb ataladi. Ko‘rinishidan bunday o‘zgarishda gazlarning gravitatsion taqsimoti jarayoni asosiy rolni o‘ynaydi. Bundan tashqari 100 km dan yuqori balandliklarda havo tarkibining o‘zgarishlariga olib keluvchi asosiy jarayon – 0,24 mkm dan kichik to‘lqin uzunlikli Quyosh radiatsiyasi ta’siridagi kislorod dissotsiatsiyasidir. Bunday zaryadlangan atomlar atomar ion deb ataladi. 100-150 km qatlamda atmosfera (ionosfera) atomar va molekular kislorod ionlari va azot oksididan iborat. 250-300 km balandlikdan boshlab atmosfera tarkibida atomar azot ionlari paydo bo‘ladi. Yuqori qatlamlarda gidroksil (OH) va natriy (Na) izlari ham kuzatiladi. Geterosferada havoning nisbiy molekular massasi balandlik bo‘yicha kamayib borishi quyidagi jadvalda keltirilgan (2.2-jadval).


2.2-jadval

z, km

225

250

300

350

400

450

500

µ, kg/kmol

21,28

20,15

18,50

17,47

16,84

16,43

16,1

1000 km dan yuqorida atmosfera tarkibida geliy ulushi ortib boradi. Yer toji deb ataluvchi 2000-20000 km qatlamda esa neytral vodorod asosiy gaz hisoblanadi. Atmosferaning bu yuqori qatlamlarida vodorod konsentratsiyasi juda kichik – o‘rtacha 1 sm3 da 1000 ga yaqin ionni, atmosferadan tashqarida, ochiq kosmosda esa ionlar konsentratsiyasi 1 sm3 da 100 ta va undan kam ionni tashkil etadi.





Download 46,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish