3. Atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar. Atmosferada o’z-o’zini tabiiy tozalash jarayoni mavjud bo’lib, u yog’inlar vositasida iflos moddalarni havodan yuvadi, shamollar havodagi ifloslovchi moddalarni uchirib, bir joyda to’planishga yo’l qo’ymaydi, tuproqqa yoki suv yuzasiga tushgan moddalar esa reaktsiyaga kiradi va oqibatda neytrallashib qoladi. Lekin sanoat, ayniqsa, yoqilg’i sanoati taraqqiy etgan, transporti rivojlangan, qishloq xo’jaligi mashinalashgan va kimyolashgan, aholi ko’payib, urbanizatsiya jarayoni kuchayayotgan bizning asrimizda atmosferaning sun’iy ifloslanishi tabiiy tozalanishga nisbatan ustunlik qilmoqda. SHu sababli atmosfera o’z-o’zini tabiiy holda tozalaydi, deb xotirjam bo’lish juda katta salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. SHu tufayli atmosferaning sun’iy ifloslanishdan tozalash yo’llarini joriy etish, uning oldini olish bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |