b) Atmosfera havosi ifloslanishining inson organizmiga ta’siri. Bir kishi bir sutka davomida 25 kg havo bilan nafas olishini hisobga olsak, havo tarkibidagi zararli chang, quruq va zaharli gazlar kishi organizmida to’planib boradi, asta-sekin inson organizmining zaiflashadi va kishi organizmi turli infektsiyalarga yetarli darajada qarshilik ko’rsata olmaydigan bo’lib qolishi natijasida har xil kasalliklarni (astma, ko’z kasalliklari, jigar tserrozi, qon bosimi, rak, bronxit, o’pka kasalligi, yo’tal) ko’payishi bilan birga nafas olish yo’llarini, yurak-qon tomiri tizimini shikastlanishiga olib keladi.
O’zbekistonda atmosferaning zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi aholi sog’ligiga, uning nasliga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Atmosfera ifloslanishi natijasida har xil kasalliklar ko’payib, tug’ilayotgan bolalar o’limi ko’rsatkichi yuqoriligicha qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |