d) Atmosfera ifloslanishining iqtisodiy zararlari. Atmosferaning ifloslanishi turar joy va kommunal xo’jalikka, qishloq va o’rmon xo’jaligiga, sanoatga, tarixiy tabiiy yodgorliklarga ham ta’sir etadi. Natijada, xalq xo’jaligiga katta zarar yetkazadi.
Atmosfera ifloslanishining keltirgan zararlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1) Atmosfera ifloslanishi tufayli materiallarning yemirilishi va korroziyaga uchrashi. Bunda atmosferadagi chang, qurum, qattiq zarralar va ba’zi gazlarning ta’sirida binolar, inshootlar, metallar yemiriladi, kiyim-kechak va gazmolarning bo’yoqlari buziladi, qadimiy tarixiy yodgorliklar nuraydi. Ma’lumotlarga qaraganda, sanoati rivojlangan, atmosferasi iflos katta shaharlardagiga nisbatan 3 barobar, qishloq joylaridagiga nisbatan 20 barobar, alyuminiyda esa 100 barobar tez boradi, qadimiy arxitektura yodgorliklari, jumladan, O’zekistondagi qadimiy obidalar, marmar va bronzadan ishlangan monumentlar tez yemiriladi. Atmosferaning ifloslanishi, shuningdek,, mashina ranglari, gazmollar, kiyim-kechak, teri materiallarini va umuman shahardagi turli xil ob’ektlar ranglarini tezda o’zgartirib yuboradi.
2) SHaharlarda, ayniqsa, sanoatlashgan joylarda, atmosfera havosining ifloslanishi korxona asbob-uskunalarini kapital ta’mirigacha foydalanish muddatini o’rtacha 15 barobar kamaytiradi.
3) Atmosferaning ifloslanishi natijasida juda ko’p og’ir kasalliklar vujudga kelmoqda, kishilar jismoniy va ruhiy kasalliklarga uchramoqda, achchiq tuman (smog)dan ko’plab odamlar o’lmoqda va kasal bo’lmoqda. Bular juda katta va tiklab bo’lmaydigan zarardir. Havoning ifloslanishidan vujudga kelgan kasalliklar tufayli odamlarning o’lishidan tashqari, ularni davolashga, kasallik varaqasiga, ishga yaroqsiz bo’lib qolaganligi uchun nafaqa berish hisobiga davlatlar katta zarar ko’rmoqda.
4) Atmosfera havosining ifloslanishidan qishloq xo’jaligi ekinlari katta zarar ko’radi. Bunda qishloq xo’jalik ekinlarining qurib yoki kam hosil bo’lib qolishidan tashqari, ekinlar hisolining tarkibida kishi uchun foydali elementlar kamayib, zaharli moddalar miqdori ko’payadi. Masalan, rangli metallurgiya sanoati doirasida bo’lgan bug’doyda ta’sir zonasidan tashqarida bo’lgan bug’doy tarkibiga qaraganda oqsil moddasi 25-30 %, hosildorlik esa 40-60 % ga kam bo’lgan.
5) Atmosferaning ifloslanishi natijasida vujudga kelgan achchiq tutundan avtomobillarning yurishi, samolyotning uchishi qiyinlashib, juda ko’p halokatlar bo’ladi.
6) Atmosferaning ifloslanishi ayrim, chunonchi, yarim o’tkazgichlar, o’ta aniq priborlar, vaktsina va antibiotiklar ishlab chiqarishni juda qiyinlashtirib yubormoqda. CHunki ular faqat toza havoli rayonlarda ishlab chiqariladi.
7) Zavod va fabrikalarda chiqadigan atmosferani ifloslovchi har xil gazlar, tsement ranglari, ruh, qo’rg’oshin, qalay, ftor, molibden va boshqalar juda qimmatli xom ashyo hisoblanadi. Hozircha ularning ko’pchiligi bekorga atmosferaga chiqib ketmoqda. Agar ular maxsus inshootlar qurilib, ushlab qolinsa, u taqdirda birinchidan, atmosfera kam ifloslanadi, ikkinchidan esa, behuda sarf bo’layotgan xomashyo tejab qolinadi. Faqat mis va ruh erituvchi zavodlardan chiqayotgan gazlar tarkibidagi oltingugurtdan foydalanilsa, yiliga 1G’5 mln tonna sulfat kislotasi olish mumkin.
8) Atmosferaning ifloslanishi natijasida geografik qobiqning tabiiy holatida o’zgarish yuz bermoqda, fotosintez jarayoni buzilmoqda – tabiatda modda va energiya aylanishiga salbiy ta’sir etmoqda, oqibatda yer yuzasida baholab bo’lmaydigan iqtisodiy, ma’naviy zararlarni keltirib chiqarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |