Atf va dnk bo’yicha masalalar


Oqsil molekulyar massasini, peptid bog’lar sonini aniqlashga doir masalalar



Download 0,87 Mb.
bet8/15
Sana08.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#644901
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
ATF VA DNK

Oqsil molekulyar massasini, peptid bog’lar sonini aniqlashga doir masalalar
1. a) Agar iRNK tarkibida 309 ta nukleotid bo’lsa,
1) Undan qancha aminokislota tutgan oqsil sintezlanadi?
2) Oqsilning massasi qancha Da bo’ladi?
3) Undagi peptid bog’lar soni nechta?
Izoh. Ma’lumki, oqsilning sintezlanish jarayoni transkripsiyalangan iRNK ning sitoplazmasida joylashgan ribosoma orqali o’tishi natijasida amalgam oshadi. Shunga muvofiq, har qanday aminokislota 3 ta nukleotiddan tashkil topadi hamda o’rtacha massasi 120 Da deb qabul qilingan. Oqsil tarkibidagi aminokislotalarni o’zaro bog’lab turadigan peptid bog’lar soni aminokislotalar sonidan bittaga kam bo’ladi. Ushbu oqsilni gidrolizlanishi (undagi peptid bog’larni uzish) uchun ham sarf bo’ladigan suv molekulalari peptid bog’lar soniga mos keladi.
Yechimi:
1) 1 aminokislota----------------3 nukleotid
x aminokislota----------------309 nukleotid x=103 aminokislota.
2) 1 aminokislota-----------------120 Da
103 aminokislota----------------x Da x= 12360 Da oqsil.
3) 103 aminokislotani 102 ta peptid bog’ biriktirib turadi.
b) Agar oqsil tarkibida 80 ta aminokislota qoldig’i bo’lsa,
1) ularni biriktirib turadigan peptid bog’lar soni;
2) oqsilning massasi;
3) oqsilning gidrolizlanishi uchun sarf bo’ladigan suv molekulalari soni;
4) iRNK va DNK ning tarkibidagi nukleotidlar soni;
5) ushbu oqsilni sintezlanish jarayonida ishtirok etgan iRNK lar soni qancha bo’lgan (iRNK ning tarkibida barcha terminator kodonlar bittadan kelgan deb hisoblansin)?
6) ushbu oqsilni sintezlagan genning uzunligini (nm) toping.
Yechimi:
1) 80 aminokislotani 79 ta peptid bog’ biriktirib turadi.
2) 1 aminokislota------------------120 Da
80 aminokislota-----------------x x=9600 Da oqsil
3) 80 ta aminokislotani o’zaro bog’lagan peptid bog’larni uzish uchun 79 ta suv molekulasi sarf bo’ladi.
4) 1 aminokislota----------------3 nukleotid
80 aminokislota---------------x nukleotid x=240 nukl iRNKda.
Demak, DNK dagi nukl soni 240 juft (480 ta).
5) Ma’lumki, tRNK larning antikodon qismi 3 ta nukleotid saqlaydi. Shundan kelib chiqqan holda, iRNK dagi 240 ta nukl ga 80 ta tRNK to’g’ri keladi (240/3=80 ta tRNK).
6) 1 juft nukl orasidagi masofa-----------------0,34 nm
240 juft nukl orasidagi masofa-----------------x nm x=81,6 nm DNK molekulasi.

2. Agar DNK ning tarkibida 126 ta nukleotid bo’lsa, sintezlash uchun zarur bo’ladigan polipeptid zarjirning massasi 2880 Da bo’lsa, shu gen ushbu polipeptid zanjirni hosil qilishga yetadimi?


Izoh. Ma’lumki, oqsilning sintezlanish jarayoni transkripsiyalangan iRNK ning sitoplazmasida joylashgan ribosoma orqali o’tishi natijasida amalgam oshadi. Shunga muvofiq, har qanday aminokislota 3 ta nukleotiddan tashkil topadi hamda o’rtacha massasi 120 Da deb qabul qilingan. Oqsil tarkibidagi aminokislotalarni o’zaro bog’lab turadigan peptid bog’lar soni aminokislotalar sonidan bittaga kam bo’ladi. Ushbu oqsilni gidrolizlanishi (undagi peptid bog’larni uzish) uchun ham sarf bo’ladigan suv molekulalari peptid bog’lar soniga mos keladi.
Yechimi:
Bu masala ikki tomonlama yechish orqali topiladi, ya’ni gen tomondan yondashish orqali ushbu DNK dan qancha massaga ega polipeptid zanjirni sintezlash mumkinligi hamda ikkinchi tomondan sintezlash uchun zarur polipeptidning massasiga ko’ra uni sintezlashga zarur bo’lgan DNKning tarkibida qancha nukleotid borligini aniqlash.
a) Agar DNK tarkibida 126 ta nukl bo’lsa, iRNK da undan ikki marta kam, ya’ni 63 ta nukl bo’ladi.
Shunga asosan: 1 aminokislota----------------120 Da
21 aminokislota---------------x x=2520 Da ega polipeptid zanjirning sintezlanishi yetarli bo’ladi.
b) Agar sintezlanishi uchun zarur oqsilning massasi 2880 Da bo’lsa, uning sintezlanishi uchun kerak bo’ladigan iRNK
1 aminokislota-------------120 Da
x aminokislota-------------2880 Da x=24 aminokislota topiladi.
1 aminokislota---------------3 nukleotid
24 aminokislota--------------x nukleotid x=72 nukleotiddan iborat iRNK kerak bo’lar ekan. Bundan kelib chiqqan holda, DNK da esa 72 juft (144 ta nukl) bo’lishi lozim. Demak, xulosa qiladigan bo’lsak, 2880 Da massaga ega polipeptid zanjirni sintezlash uchun 126 ta (63 juft) nukl tutgan DNK (gen) yetarli bo’lmas ekan.

1. Polipeptid zanjirini gidrolizlanishi uchun 76 ta suv molekulasi sarflangan bo’lsa. 1) iRNK ning uzunligi (nm), 2) DNK tarkibidagi nukleotidlar soni, 3) dastlabki polipeptid zanjirning massasini (Da) hisoblab toping.


A) 1) 78.54nm; 2) 462 ta; 3) 9240 Da
B) 1) 78.54nm; 2) 231 ta; 3) 9840 Da
C) 1) 77.52nm; 2) 456 ta; 3) 9120 Da
D) 1) 785.4 A 0; 2) 462 ta; 3) 9240 Da
2. Qaysi javobda odam organizmidagi gemoglobin oqsilining α zanjirdagi peptid bog’lar soni va β zanjiri sintezida qatnashuvchi i-RNK dagi nukleotidlar soni to’g’ri ko’rsatilgan?
A) 280 ta; 435 ta
B) 47 ta; 48 ta
C) 423 ta; 435 ta
D) 846 ta; 870 ta
3. Oqsilning tarkibi 90 ta aminokislotalardan iborat. Agar nukleotidlar orasida 5.78 A0 bo’lsa, yuqoridagi oqsilni sintezlovchi genning uzunligi necha A0 ga teng bo`ladi?
A) 1561 A0
B) 612 A0
C) 1200 A0
D) 1680 A0
4. Tarkibida 400 ta aminokislota bo`lgan oqsillning molekulyar massasi qanchaga teng?(aminokislotalarning malekulyar massasi Mr=138 gr/mo’l)
A) 30000
B) 50000
C) 36000
D) 48000
5. Oqsil tarkibida 1250 ta aminokislata molekulasi bo`lsa, bu zanjirda nechta peptid bo`ladi?
A) 625 ta
B) 1249 ta
C) 1251 ta
D) 1250 ta
6. Oqsilni tarkibi 60 ta aminokislotadan iborat. Agar nukleotidlar orasi 3.4 A0 bo`lsa, yuqoridagi oqsilni sintezlovchi genning uzunligi necha A0 ga teng bo`ladi?
A) 816 A0
B) 612 A0
C) 812 A0
D) 512 A0
7. Oqsilning tarkibida 40 ta aminokislota bor. Agar nukleotidlar orasida 3.4 A0 bo`lsa, yuqoridagi oqsilni sintezlovchi genning uzunligi necha A0 ga teng ?
A) 408 A0
B) 510 A0
C) 612 A0
D) 204 A0
8. Oqsilning massasi 10200 Da bo’lsa, uni sintezlagan DNK tarkibida necha juft nukleotid bo’lgan ? ( DNK zanjiridagi barcha nukleotidlar translyatsiya jarayonida qatnashgan deb hisoblansin)
A) 85
B) 255
C) 510
D) 173
9. 790 ta aminokislotani kodlovchi nukleotidlarning DNK zanjiridagi soni, i-RNK ni uzunligi, m-RNK dagi mononukleotidlarni soni, oqsilning molekulyar massasi
( aminokislota 138 D)
A) 2370/805.8/2370/109020
B) 4740/80.58/2370/109020
C) 2370/80.58/ 4740/94800
D) 4740/805.8/2370/94800
10.Tabiiy oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning necha % ini asiklik aminokislotalar tashkil etadi?
A) 25 %
B) 75 %
C) 30 %
D) 70 %
11. Oqsil massasi 20160 Da bo'lsa, uning tarkibida nechta aminokislota qoldig'i bo'ladi?
A) 336 ta
B) 228 ta
C) 168 ta
D) 84 ta
12. Insulin oqsilini sintezlovchi gen uzunligi 122,4 nm bo`lsa, tarkibida aminokislota qoldig’i nechta bo`ladi?
A) 240 ta
B) 120 ta
C) 360 ta
D) 60 ta
13.Oqsilning massasi necha Da bo'lsa, uning tarkibida 138 ta aminokislota qoldig'i mavjud bo'ladi?
A) 5520 Da
B) 1407,6 Da
C) 33120 Da
D) 16560 Da
14. DNK ning tarkibida 150 juft nukleotid mavjud bo'lsa, undan sintezlanadigan oqsilning tarkibida nechta aminokislota qoldig'i bo'lishi mumkin?
A) 50 ta
B) 100 ta
C) 150 ta
D) 120 ta
15. Oqsil molekulasi tarkibi 80 ta aminokislotadan tuzilgan bo'lsa, ushbu aminokislotani kodlaydigan kodonlar sonini ko'rsating.
A) 64 ta
B) 80 ta
C) 20 ta
D) 240 ta
16. Nuklein kislotalar molekulasida nukleotidlar o’zaro fofodiefir bog’lar orqali bog’lanadi. DNK molekulsida 598 ta fosfodiefir bog’ bo’lsa, ushbu DNK asosida sintezlangan oqsildagi peptid bog’lar sonini aniqlang.
A) 199 ta
B) 99 ta
C) 100 ta
D) 200 ta
17. Agar oqsil 20 xildagi jami 300 ta aminokislotadan iborat bo’lsa, shu oqsilni sintez qilishga necha xildan i-RNK(a), t-RNK(b) va r-RNK(c) qatnashadi?
A) a-2; b-1; c-1
B) a-20; b-20; c-20
C) a-1; b-300; c-10
D) a-1; b-20; c-1
18. Oqsilning molekulyar massasi 17520 D bo’lsa DNK dagi nukleotidlar soni A-T juftligi G-S juftligidan ikki marta ko’p. DNK dagi H bog’lar va purin asoslarning sonini toping?
A) 511ta; 219ta
B) 1022ta; 219ta
C) 511ta; 438ta
D) 1022ta; 438ta
19. Molekulyar massasi 66 000 D bo’lgan oqsil translatsiya jarayonida i-RNK fragmentining 12 % ishtirok etishidan hosil bo’lgan. Shu RNK transkripsiyalangan DNK dagi umumiy nuleotidlar 20 % ini G tashkil etsa, H bog’lar sonini toping (1 ta aminokislotaning massasi 110 D).
A) 3600 ta
B) 15000 ta
C) 36000 ta
D) 18000 ta
20. DNK tarkibida 882 ta dezoksiriboza bo’lsa, shu fragment sintezlaydigan oqsilning molekular massasini hisoblang (har bir nukleotid massasi 330, har bir aminokislotaning massasi 110 D ga teng deb olinsin).
A) 243432 Da
B) 291060 Da
C) 16170 Da
D) 13524 Da
21. Oqsil molekulasining massasi 66 000 D ga teng. Har bir aminokislotaning massasi 110 D. Shu oqsilni sintezlagan DNK fragmentining ¼ qismini A tashkil etsa, shu DNK fragmentidagi vodorod bog’lar sonini toping.
A) 1800 ta
B) 4500 ta
C) 2700 ta
D) 3600 ta

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish