Moddalar almashinuviga doir masalalar.
ATF sintezi.
1. Energiya almashinuvining aerob(a) va anaerob(b) boqichlarida hosil bo’lgan energiyaning necha foizi ATF molekulalariga bog’lanadi?
Izoh. 180 gr gulikoza bosqichma bosqich parchalanganda 2800 kj energiya ajraladi, 1malekula ATF parchalanib 40kj energiya beradi.
Yechim: Energiya almashinuvi 3 bosqichda boradi. Asosan 2- bosqichda 2 ATF va 3- bosqichda 36 ATF jami 38 ATF hujayrada saqlanadi.
2- bosqichda 1 malekula glukoza 2 malekula sut kislotaga parchalanadi bunda 200 kj energiya ajralib 5 ATF hosil bo’ladi. Energiyani 40% hujayrada saqlanib, 60% i issiqlik tarzda ajraladi.
200kj --------100%
80kj =x ---------40%
Jami energiyani 2600 kj yani 2800-200=2600 qismi 3- bosqichda ajraladi.
3-bosqichda 36 ATFx40=1440kj qismi yoki 55.4% (1440/2600x100=55.4%) hujayrada saqlanadi qolgan 44.6% (2600-1440=1160/2600x100=44.6%) qismi issiqlik tarzda chiqadi.
Javob. a-55,4% b-40 %
2. Assimilyatsiya (glyukoza sintezi)da 2880 kj energiya ishlatildi Hosil bo'lgan glyukoza massasini (a), ADF miqdorini (b), va hosil bo'lgan moddani to'liq parchalanishidan ajralgan energiyaning issiqlik sifatida qanchasi tarqalganligini (c) aniqlang.
Izoh. 6CO2 + 18ATF +12organik birikmaH C6H12O6 + 6H2O + 18ADF + 18H3PO4 + organik brikma
Yechim:
1) 1molekula ATF dan 40 kj energiya ajraladi
1 mol ATF------------- 40kj
18 mol ATF ----------- x= 720kj
2) 18 ATF (720kj) ---------------- 1mol (180 gr) glukoza
2880 kj ----------------x= 4mol (720 gr)
3) 18 ATF (720kj) ---------------- 18 ADF
2880 kj ----------------x= 4mol
4) 1 malekula glukoza 2 malekula sut kislotaga parchalanadi bunda 200 kj energiya ajralib 5 ATF hosil bo’ladi. Energiyani 40% hujayrada saqlanib, 60% i issiqlik tarzda ajraladi. Jami energiyani 2600 kj yani 2800-200=2600 qismi 3- bosqichda ajraladi.
3-bosqichda 36 ATFx40=1440kj qismi yoki 55.4% (1440/2600x100=55.4%) hujayrada saqlanadi qolgan 44.6% (2600-1440=1160/2600x100=44.6%) qismi issiqlik tarzda chiqadi.
180gr glukoza ----------------- 1280 kj (120+1160=1280)
720 gr glukoza -----------------x=5120 kj
Javob. a-720gr; b-72mol; c-5120 kj
1. Fotosintez jarayonida 900 g glukoza hosil bo’lishi uchun qancha ATF sarf bo’ladi?
A) 18 mol
B) 36 mol
C) 90 mol
D) 180 mol
2. Aerob sharoidda 5 mol CH3CH(OH)COOH ni to’liq parchalanishi natijasida hosil bo’lgan ATF tarkibida qancha kJ energiya to’planadi?
A) 7600 kj
B) 3800 kj
C) 3600 kj
D) 7200 kj
3.Anerob sharoitda 14 molekula CH3CH(OH)COOH hosil bo’lsa necha gram C6H12O6 parchalangan bo’ladi?
A) 2520 gr
B) 1260 gr
C) 180 gr
D) 1800 gr
4. Uglevod metobolizmi natijasida organizmda 5400 kj energiya to’plangan bo’lsa, qancha glyukoza parchalangan?
A) 639 gr
B) 642 gr
C) 639.5 gr
D) 640 gr
5. 4320 kj energiya sarfi hisobidan necha g CH3CH(OH)COOH + O2 ta’sirida oksidlangan.Reaksiyaning boshlang’ich modda CH3CH(OH)COOH gr ni toping.
A) 272 gr
B) 270 gr
C) 300 gr
D) 264 gr
6. 756 g glukoza fermentlar ishtirokida aerob sharoitda bosqichma-bosqich parchalansa qancha energiya (kj)
hosil bo`ladi?
A) 11760 kj
B) 10360 kj
C) 2800 kj
D) 3000 kj
7. 600 gr glukoza sintezlanishi uchun sarflanadigan ATF energiyasini miqdorini (kj) aniqlang.
A) 2400 kj
B) 5573 kj
C) 10267 kj
D) 1520 kj
8. Dissimlatsiya jarayonida 7 mol glukoza parchalangan. Agar 2 mol glukoza to’liq parchalangan bo’lsa, qancha (mol) ATF sintezlangan?
A) 86 mol
B) 82 mol
C) 72 mol
D) 78 mol
9. To’rt molekulali sut kislotaning aerob parchalanishida hosil bo’lgan energiyaning necha foizi issiqlik tarzida tarqab ketadi?
A) 40 %
B) 60 %
C) 55,4 %
D) 44,6 %
10. Dissimatsiya jarayonida bir necha molekula glukoza to’liq parchalandi. Bu jarayonga 96 molekula ADF sarflandi. Nech molekula CO2 hosil bo’lishi mumkin.?
A) 27 molekula
B) 16 molekula
C) 15 molekula
D) 32 molekula
11. 4 molekula sut kislotasining aerob parchalanishida hosil bo’lgan energiyaning necha foizi ATF tarkibida saqlanadi?
A) 44,6 %
B) 55,4 %
C) 40 %
D) 60 %
12. Dissimlatsiya jarayonida bir nech molekula sut kislota oksidlandi va 15 molekula CO2 hosil bo’ldi. Bu jarayonda qancha ATF sintezlandi?
A) 95 mol
B) 100 mol
C) 185 mol
D) 90 mol
13. Energiya almashinuvining aerob bosqichida issiqlik tarzida tarqaladigan energiya(a) miqdori va ATF molekulalariga bog’lanadigan energiya(b) miqdorini aniqlang.
A) a-1280kj; b-1520kj
B) a-1360kj; b-1440kj
C) a-1280kj; b-1440kj
D) a-1160kj; b-1440kj
14. Dissimlatsiya jarayonida bir necha molekula glukoza to’liq parchalandi. Natijada 95 molekula ATF sintezlandi. Parchalangan glukozaning miqdorini aniqlang.
A) 3 mol
B) 5 mol
C) 2,63 mol
D) 2,5 mol
15. C, H, O atomlari orasidagi bog'larda to'plangan potensial energiya miqdori 16800 kj ga teng. Glyukozaning to'liq parchalanishidan hosil bo'lgan energiyaning qancha miqdori ATF da saqlanadi.
A) 9120kj
B) 6960kj
C) 16800kj
D) 7680kj
16. Ikki molekula sut kislotasining aerob sharoitda parchalanishi natijasida hosil bo’lgan energiyaning necha foizi ATF molekulalariga bog’lanadi(a), necha foizi issiqlik energiyasi tarzida tarqab ketadi (b) ?
A) a-44,6%; b-55,4%
B) a-60%; b-40%
C) a-55,4%; b-44,6%
D) a-40%; b-60%
17. 900g glukoza hosil bo’lishi uchun va qancha ATF sarflanadi(a) va shuncha gulukoza ning parchalanishi uchun qancha ADF kerak bo’ladi (b) ?
A) a-90: b-190
B) a-190: b-190
C) a-190: b-180
D) a-180: b-90
18. Paxta tolasi monomerini 720 g to'liq parchalansa, issiqlik sifatida tarqalgan (1) va ATF da to'plangan (2) energiya miqdorini aniqlang.
A) 1 -5120kj; 2-6080kj
B) 1 -6080kj; 2-5120kj
C) 1-320kj; 2-480kj
D) 1-4560kj; 2-3840kj
19. Qancha kg glukozani atomlari orasidagi bog’larda to’plangan potensial energiya miqdori 7777,778 kj ga teng?
A) 0,05 kg
B) 0,5 kg
C) 5 kg
D) 10 kg
20. Dissimilatsiya jarayonida glukoza to’liqsiz va to’liq parchalanishi natijasida 10 molekula sut kislota va 30 molekula CO2 hosil bo’ldi. Ushbu jarayonlarda ajralib chiqqan enrgiya miqdoini (kj) aniqlang.
A) 7000 kj
B) 200 kj
C) 15000 kj
D) 8000 kj
21. Besh molekula sut kislotaning aerob parchalanishi tufayli ATF molekulalariga bog’lanadigan energiyaning miqdorini aniqlang.
A) 7000 kj
B) 6500 kj
C) 3600 kj
D) 5200 kj
22. 1 kg glukoza hosil bo’lishiga sarflanadigan ATF miqdorini aniqlang.
A) 190 mol
B) 38 mol
C) 100 mol
D) 180 mol
23. 660 g glukoza sintezlanishi uchun sarflanadigan ATF energiyasi miqdorini(kj) aniqlang.
A) 2640 kj
B) 5573 kj
C) 1520 kj
D) 10267 kj
24. Ikki molekula sut kislotaning to’liq parchalanishida issiqlik tarzida tarqaladigan energiyaning miqdorini aniqlang.
A) 1440 kj
B) 1160 kj
C) 1680 kj
D) 1120 kj
25. Yorug’lik energiyasi hisobiga sebarga o’simligi hujayrasida 1140 ta ATF sintezlangan bo’lsa, shu vaqtning o’zida aerob sharoitda sintezlangan ATF miqdorini aniqlang.
A) 38 mol
B) 32 mol
C) 30 mol
D) 36 mol
26. Bir molekula glukozaning to’liq parchalanishi natijasida hosil bo’lgan energiyaning necha % ATF molekulalariga bog’lanadi (a), necha % issiqlik energiyasi (b) tarzida tarqab ketadi?
A) a-44,6%; b-55,4%
B) a-54.3%; b-45.7%
C) a-55,4%; b-44,6%
D) a-40%; b-60%
27. O’n besh molekula glyukozaning yarmi to’liq parchalandi, qolgan yarmi kislorodsiz sharoitda parchalandi, xosil bo’lgan ATF massasini toping.
A) 143640 gr
B) 75600 gr
C) 151200 gr
D) 158760 gr
28. Disimilatsiya jarayonida glyukozani parchalanishidan muskul hujayralarida 8800 kj energiya va 118 ta ATF hosil bo`ldi , glyukozning necha % to`liq parchalangan
A) 40%
B) 95%
C) 60%
D) 5%
29. Glikoliz jarayonida 4500 g glukoza parchalangan bo`lsa, hujayrada qancha sut kislota hosil bo`ladi?
A) 2 molekula
B) 50molekula
C) 25 molekula
D) 20 molekula
30. ATF massasi 3528 gr shunda parchalangan sut kislotani molini toping (1), ajralib chiqqan energiya miqdorini (kj) toping.
A) 126 / 2520
B) 0,388 / 505,5
C) 14 / 225,5
D) 0,184 / 515,8
31. Glyukoza sintezida 36 mol vodorodni ko’chiruvchi organik birikma ishtrok etgan bo’lsa, parchalangan glyukozadan xosil bo’lgan CO2 (gr) toping.
A) 18
B) 4752
C) 792
D) 1056
Do'stlaringiz bilan baham: |