Murakkab turdagi masalalar
1. 400 ta aminokislotadan iborat polipeptid zanjiriga javobgar bo`lgan genning transkripsiya jarayonida polimeraza fermenti umumiy genni 44 % ini sintezlagan vaqtida shu DNK tarkibidagi umumiy A va T o`rtasidagi jami H bog`larning 480 ta (42,86 %) uzilgan. Shu vaqtdan so`ng zanjirdagi G va S o`rtasidagi uzilgan H bog`lar sonini toping.
Izoh.
DNK molekulasi ikki zanjiridagi nukleotidlar o’zaro bir-biriga vodorod bog’lar orqali, har bir zanjirdagi nukleotidlar esa bir-biriga o’zaro fosfodiefir bog’lar orqali bog’langan. Ushbu fosfodiefir bog’lar soni har bir zanjirda nukleotid sonidan 1 taga, DNK dagi jami nukleotidlardan 2 taga kam. Vodorod bog’lar A va T orasida 2 ta G va S orasida 3 ta joylashgan.
Yechim:
1) 1 ta amnmokislota ------------ 3 ta nukl
400 aminokislota ------------ x=1200 ta nukl
2) DNK ni har bir zanjirida 1200 tadan jami 2400 ta nukleotid bor.100% – 44%=56%
a) 100%----------- 2400 nukl
56% -------------x= 1344 nukl
b) 42.86% -------------- 480 bog’
57.14%--------------x=640 bog’ 640/2=320 tadan A va T
c) 1344 nukl – 640 nukl=704 nukl 704 /2=352 tadan G va S 352x3=1056 ta bog’
Javob.1056 ta
2. DNK tarkibida 660 ta vodorod bog` bo`lib, A va T o`rtasidagi vodorod bog`lar G va S o`rtasidagi vodorod bog`ga nisbati teng. Shu DNK dan sintezlangan oqsilning massasini aniqlang.
Izoh. Vodorod bog’lar A va T orasida 2 ta G va S orasida 3 ta joylashgan. 1 ta aminokislotani massasi shartli tarzda 120 Da ga teng.
Yechim:
1) 660/2= 330 tadan
2) 330/2=165 tadan A va T
330/3= 110 tadan S va G
3) demak DNK har bir zanjirida 275 ta nukleotid mavjud.
3 ta nukl -----------1ta aminokislota
275 ta nukl -----------x=92 ta aminokislota
4) 1 ta aminokislota ----------- 120 Da
92 ta aminokislota -------------x=11040 Da
Javob. 11040 Da
1. Ma`lum bir DNK da joylashgan genning 30 %i intron (axborotsiz) qism bo`lib translyatsiya jarayonida qatnashmaydi. Shu genning translatsiya jarayonida qatnashgan nukleotidlardan 11760 D og`irlikdagi oqsil sintezlangan. Shu DNK uzunligini aniqlang( nm).
A) 99.96 nm
B) 42.84 nm
C) 142.8 nm
D) 136.8 nm
2. Ma`lum bir oqsilning sintezida ishtirok etadigan kodonlar tarkibidagi nukleotidlarning 160 tasi G (shu G DNK fragmentidagi umumiy G larning 32,9 % ni tashkil etadi) bo`lsa bu xolda shu DNK tarkibidagi S ni aniqlang.
A) 160 ta
B) 486 ta
C) 232 ta
D) 456 ta
3. Uzunligi 401,2 nm bo`lgan DNK zanjirida purin asoslarini 45 % birinchi zanjirda joylashgan, shu birinchi zanjirdagi pirimidin asoslarini 50,38 % ni S tashkil etadi. Ikkinchi zanjirda umumiy A nukleotidning 60,5 % joylashgan bo`lsa u xolda birinchi zanjirdagi G ni toping.
A) 321 ta
B) 327 ta
C) 210 ta
D) 322 ta
4. DNK tarkibida 1650 ta vodorod bog` bo`lib, A va T o`rtasidagi vodorod bog`lar G va S o`rtasidagi vodorod bog`ga nisbati 1,5 : 1. Shu DNK dan sintezlangan oqsilning massasini aniqlang.
A) 1650 Da
B) 28600 Da
C) 15200 Da
D) 79200 Da
5. Translatsiyada qatnashgan gen tarkibida S nukleotidi 240 bo`lib, bu gen tarkibidagi G % dan 7,2 %ga kam. G %i U %idan 6,3 %ga ko`p, A %i 27 % bo`lib U %idan 4,5 % ga ko`p. DNK tarkibidagi vodorod bog`ni toping.
A) 2780 ta
B) 2902 ta
C) 2800 ta
D) 3112 ta
6. Transkripsiya jarayonida polimeraza fermenti umumiy genni 46 %ni sintezlagan vaqtda DNK tarkibidagi A va T o`rtasidagi uzilgan vodorod bog`lar G va S o`rtasidagi uzilgan vodorod bog`larga nisbati teng bo`lib, shu vaqt davomida shu DNK tarkibidagi G va S o`rtasidagi umumiy vodorod bog`larning 73,6 % uzilgan. Shu vaqtdan so`ng G va S o`rtasidagi uzilgan bog`larni A va T o`rtasidagi uzilgan bog`larga nisbatini aniqlang. (Shu DNK dan sintezlangan oqsilning massasi 72000 D).
A) 4.8; 1
B) 4.5; 1
C) 4; 1
D) 3; 2
7. RSS 101 tarkibida 1350 juft nukleotid bo`lim, unga yot gen kiritilganda (yot genning 27,9 % A tashkil qilib , shu bo`lak tarkibidagi G va S o`rtasida 510 ta H bog` mavjud) shu plazmid tarkibidagi umumiy T ni foizi 31,2 % ga ortadi. Dastlabki plazmid tarkibidagi S sonini aniqlang.
A) 768 ta
B) 662 ta
C) 910 ta
D) 856 ta
8. 35040 D massaga ega bo`lgan oqsilning sintez qiluvchi genda 220 ta A bo`lib u shu genning sinteziga javobgar bo`lgan DNK qo`sh zanjiridagi A nukleotidlarining 56,5 % ni tashkil qiladi. Transkripsiya jarayonida nechta vodorod bog` uzilganligini aniqlang.
A) 2239 ta
B) 2568 ta
C) 2400 ta
D) 3144 ta