RNK zanjirini uzunligi va uning tarkibidagi nukleotidlarni miqdorini aniqlash.
1. DNK ning tarkibidagi nukleotidlarnig barchasi bir xil miqdordaligi ma’lum bo’lsa ularni 265ta vodorod bog’ o’zaro birlashtirib tursa ushbu DNKva transkripsiyalangan i-RNK da mononukleotidlar soni nechta?
Izoh. DNK zanjirida A va T orasida 2 ta, G va S orasida 3 ta vodorod bog’ mavjud.
Yechim.1-ish. 2x+3x=265
5x=265
x=53
2-ish. 53x4=212
i-RNK da mononukletidlar DNK dagi nukleotidlardan 2 barobar kam.
Javob. 106 ta
2. Agar vazopressin oqsilining sintezini amalga oshiruvchi iRNK molekulasida 9 ta kodon bo’lsa, uning uzunligi toping? ( nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A0 ga teng).
Izoh. RNK va DNK zanjirida nukleotidlar orasida fosfodiefir bog’ mavjud. Ushbu bog’ni uzunligi 3,4 A0 yoki 0.34 nm ga teng ( uzunlik topilayotganda masala shartiga qaraladi).
Yechim. 1 ta kodon 3 ta nukleotiddan iborat, damak 9 ta kodon 27 ta nukleotid bo’ladi. 27x3.4 = 91.8 A0
Javob. 91.8 A0
1. Gemoglobinni sintezlagan gen uzunligini belgilang (nm).
A) 291.72 nm
B) 194.48 nm
C) 583.44 nm
D) 295.8 nm
2. Axborot tashuvchi iRNK tarkibida nukleoditlar quyidagi nisbatda uchraydi:
guanin-31, uratsil-19, sitozin-21, adenin-29,
Mazkur iRNK molekulasi asosida uning sintezida ishtirok
etgan DNK molekulasining tarkibidagi nukleoditlar miqdorini aniqlang.
A) T=19; A=29; G=21; S=31
B) T=29; A=29; G=31; S=31
C) T=48; A=48; G=52; S=52
D) T=29; A=19; G=21; S=31
3. DNK ning tarkibida 120 ta nukleotid bo'lsa, undan qanday uzunlikka (A0) ega i-RNK sintezlandi?
A) 20,4 A0 B) 40,8 A0
C) 204 A0 D) 136 A0
4. DNK ning tarkibidagi nukleotidlarnig barchasi bir xil miqdordaligi ma’lum bo’lsa ularni 265ta vodorod bog’ o’zaro birlashtirib tursa ushbu DNK dan transkripsiyalangan i-RNK ning uzunligi necha nm bo’ladi?
A) 36.04 nmB) 18.02 nm
C) 9.01 nmD) 90.1 nm
5. Axborot tashuvchi iRNK tarkibida nukleoditlar quyidagi nisbatda uchraydi:
guanin-30, uratsil-19, sitozin-20, adenin-29,
Mazkur iRNK molekulasi asosida uning sintezida ishtirok
etgan DNK molekulasining tarkibidagi nukleoditlar miqdorini aniqlang.
A) T=19;A=29; G=30; S=30
B) T=29; A=19; G=20; S=30
C) T=48; A=48; G=50; S=50
D) T=29; A=19; G=20; S=30
6. DNK molekulasining bitta zanjirida fosfodiefir bog’lari 19 ta. A nukleotidi DNK molekulasidagi umumiy nukleotidlarni 20% ni tashkil etsa transkripsiyalangandan so’ng nukleotidlar soni nechta bo’ladi?
A) G-12: S-12: T-8: U-8
B) G-6: S-6: A-4: U-4
C) G-24: S-24: T-16: U-16
D) G-12: S-12: T-8: U-0
7. Agar DNK ning uzunligi 306,4 A0 bo’lsa,
1) undan sintezlangan iRNK ning uzunligi(nm) qancha?
2) DNK tarkibidagi nukleotidlad soni qancha?
3) iRNK tarkibidagi nukleotidlar nechta?
A) 1) 30,64 nm; 2)180 ta; 3) 90 ta
B) 1) 306.4 nm; 2) 90 ta; 3) 90 ta
C) 1) 3064 nm; 2) 180 ta; 3) 90 ta
D) 1) 306.4 nm; 2) 90 ta; 3) 90 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |