2.AJ “Xalq banki”ning faoliyatini belgilovchi meyoriy-huquqiy xujjatlar
AJ “Xalq banki” Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar filiali faoliyatini yuritishning me'yoriy-huquqiy asoslari quyidagilar:
1.«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun
2.«Banklar va bank faoliyatito‘g‘risida»gi qonun
3.«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun
Bankning umumiy qoidalarida bank uning ta'sischilari o‘rtasida imzolangan 1994 yil 30 dekabrdagi ta'sis shartnomasiga ko‘ra tashkil qilinganligi, o‘zining tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra aksiyadorlik jamiyati ekanligi, AJ “Xalq banki” o‘z faoliyatini «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga va boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining meyoriy hujjatlariga va mazkur Ustavga rioya qilgan holda amalga oshirishi, bankning faoliyat muddati cheklanmagan holda tashkil etilganligi, u yuridik shaxs hisoblanishi va o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulki bilan javobgar bo‘lishi,bank, qonun hujjatlariga muvofiq, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, majburiyatlarni qabul qilishi va amalga oshirishi, xo‘jalik, fuqarolik va arbitraj sudlarida da'vogar va javobgar bo‘lishi mumkinligi takidlangan. Bank aksiyadorlarining huquqlariga ko’ra aksiyadorlar reyestriga kiritilish va o‘zi haqida depo hisob varag‘idan ko‘chirma olish, bank foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish va olingan dividendni erkin tasarruf etish, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish orqali bankni boshqarishda ishtirok etish, aksiyadorlarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini qonunchilik bilan belgilangan tartibda talab qilishi mumkin.
Aksiyadorlar bankning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi va uning faoliyati bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida qoplash tavakkalchiligini o‘z zimmasiga oladi.
Bank o‘zining nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan yeri ko‘rsatilgan dumaloq muhriga ega bo‘ladi. Bank va uning tarkibiy tuzilmalari muhrlarida bankning nomi davlat tiliga qo‘shimcha ravishda rus tilida yoki ingliz tilida ko‘rsatilishi mumkin. Bank o‘z nomidan foydalanishning mutlaq huquqiga ega.
Bank o‘zining nomi yozilgan tamg‘alari va blankalariga, o‘z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlarning, ishlarning va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi boshqa vositalarga ega bo‘ladi.
Bank operatsiyalari
Bank o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyalarga amal qilgan holda yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish, qabul qilingan mablag‘lardan tavakkalchilik asosida kreditlash yoki investitsiyalash uchun foydalanib, ular bo‘yicha to‘lovlar va boshqa bank xizmatlarini tijorat asosida amalga oshiradi.
Bank quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradi:
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish,
hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini depozitlar va omonatlarga jalb qilish;
qaytarishlilik, foizlilik va muddatlilik shartlari bilan o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan kreditlar berish;
mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag‘larini boshqarish;
chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pulshakllarida yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
pul mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish;
uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya konsultanti, investitsiya aktivlarining boshqaruvchisi sifatida ishtirok etish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
bank faoliyati, hisob-kitoblarni amalga oshirish, investitsiya faoliyati va tijoratning boshqa sohalari yuzasidan maslahat hamda axborot xizmati ko‘rsatish;
jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish;
moliyaviy lizing va faktoring operatsiyalarini amalga oshirish;
investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;
jismoniy shaxslarga iste'mol, ipoteka va boshqa turdagi kreditlar ajratish;
tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash, jumladan, mikrokredit va mikrolizing xizmatlarini ko‘rsatish;
xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziyada maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar.
Bank amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bank operatsiyalari bilan ham shug‘ullanishi mumkin. Bank bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bank amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq loyihalarni davlat byudjetining mablag‘lari va boshqa markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobidan moliyalashtirishi mumkin.
Bank o‘z operatsiyalarini amalga oshirish va pul mablag‘larini saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida, rezident va norezident banklarida so‘mda va chet el valyutasida vakillik hisobvaraqlar ochadi.
Bank o‘z mablag‘laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning barcha shakldagi hisobvaraqlaridagi mablag‘laridan, boshqa banklardan jalb qilingan depozitlar va kreditlardan, amaliѐt (operatsion) yili davomida taqsimlanmagan foydadan kreditlash, investitsiyalash va banklararo depozitlar resurslari sifatida foydalanishi mumkin.
Bank ustav kapitali va boshqa mablag‘lari
Bankning Ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari to‘lagan pul mablag‘laridan tarkib topadi. Kreditga va garovga olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan bankning Ustav kapitalini shakllantirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bank tomonidan chiqarilgan aksiyalarni joylashtirish amaldagi qonun hujjatlariga hamda aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq amalga oshiriladi. Qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarga haq to‘lash aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilanganidan kam bo‘lmagan narx bo‘yicha amalga oshiriladi. Qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar uchun haq to‘lash faqat pul mablag‘lari bilan amalga oshiriladi. Qo‘shimcha chiqarilaѐtgan aksiyalar birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorlarda joylashtirilganda bitimlar ushbu savdo tashkilotchisining savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hamda byudjet mablag‘lari hisobiga joylashtiriladigan aksiyalar, shuningdekayirboshlash yo‘li bilan joylashtiriladigan aksiyalar yopiq obuna orqali amalga oshiriladi.
Bankning Ustav kapitali aksiyadorlar sotib olgan bankaksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi. Barcha turdagi bankaksiyalarining nominal qiymati bir xil bo‘lib, 121 (bir yuz yigirma bir) so‘mni tashkil qiladi.
Bank ustav kapitali 117 442 920 771 (bir yuz o‘n yetti milliard to‘rt yuz qirq ikki million to‘qqiz yuz yigirma ming yetti yuz yetmish bir) so‘mni tashkil etib, quyidagi aksiyalarga taqsimlangan:
egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar - 952 602 651 (to‘qqiz yuz ellik ikki million olti yuz ikki ming olti yuz ellik bir) dona, nominal qiymati bo‘yicha jami summasi 115 264 920 771 (bir yuz o‘n besh milliard ikki yuz oltmish to‘rt million to‘qqiz yuz yigirma ming yetti yuz yetmish bir) so‘m; egasining nomi yozilgan imtiѐzli aksiyalar - 18 000 000 (o‘n sakkiz million) dona, nominal qiymati bo‘yicha jami summasi 2 178 000 000 (ikki milliard bir yuz yetmish sakkiz million) so‘m.
Ustav kapitalini oshirish maqsadida bank chiqarishi mumkin bo‘lgan e'lon qilingan aksiyalar soni 2 500 000 000 (ikki milliard besh yuz million) donani tashkil etadi, shu jumladan:
egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar soni -2 492 000 000 (ikki milliard to‘rt yuz to‘qson ikki million) dona;
egasining nomi yozilgan imtiѐzli aksiyalar soni -8 000 000 (sakkiz million) dona.
Bank mablag‘lari uning Ustav kapitali, qo‘shimcha kapital, taqsimlanmagan foyda, sof foyda, zaxira, sug‘urta va boshqa fondlardan tashkil topadi.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish maqsadida bank tomonidan zaxira fondi va boshqa fondlar shakllantirilishi mumkin.
Zaxira fondi bankUstav kapitalining 15 (o‘n besh)foizidan kam bo‘lmagan miqdorda har yili cof foydadan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga shakllantirilib boriladi. Zaxira fondiga har yillik ajratma miqdori sof foydaning kamida 5 (besh)foizini tashkil etadi.
Bankning zaxira fondi ko‘rilgan zararni qoplash, bank obligatsiyalarini muomaladan chiqarish, imtiѐzli aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lash va bankning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun mo‘ljallanadi. Zaxira fondidan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
Zaxira fondi va boshqa fondlar sof foyda hisobidan bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qarori asosida shakllantiriladi.
Bank fondlariga ajratiladigan mablag‘lar miqdori aksiyadorlar yillik umumiy
yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
3. AJ “Xalq banki” ning huquq va majburiyatlari.
AJ “Xalq banki” jumladan “Baliqchi” filiali o‘z faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslar norezident yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro moliya tashkilotlari bilan Bank faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha muzokaralar yuritish, hamkorlik o‘rnatish, o‘z nomidan qonun bilan cheklanmagan bitimlar tuzish;
omonatchilar va qarz oluvchilar bilan kelishuvga muvofiq depozitlar va beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini mustaqil belgilash;
shartnoma asosida mablag‘larni depozitlar, kreditlar shaklida boshqa banklardan jalb etish va boshqa banklarga joylashtirish;
tashkil etiladigan hisob-kitob markazlari va vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish;
mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilash;
barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar to‘lab bo‘lingandan keyin Bank tasarrufida qoladigan sof foyda hisobidan zaxiralar va fondlarni tashkil etish;
kreditlash, uning yangi shakllari (shu jumladan; lizing, faktoring) va uslublarini mustaqil belgilash, blankli kreditlar (ishonchli kreditlar) ajratish;
kredit ajratilayotgan yuridik va jismoniy shaxs hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan hisobotlar, balanslar va ularning to‘lov qobiliyatini, moliyaviy holatini shuningdek berilgan kreditlar ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish; qarz oluvchining to‘lovga qodir emasligi e’tirof etilganda, u kreditni ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganda, kreditdan maqsadli foydalanish bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganda, kredit mablagi va unga xisoblangan foizlar tulovini amalga oshirish kechikkanda, hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlanganda yoki buxgalteriya hisobida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganda, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda kreditni bundan buyon to‘xtatish, berilgan summalarni muddatidan oldin undirib olish;
o‘z mablag‘lari yoki Bank kreditlari ishtirokida ob’ektlarni qurish, texnika bilan qayta jihozlash va boshqa xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha mo‘ljallanayotgan loyiha yechimlarini ekspertizadan o‘tkazilishini talab qilish;
shartnomaviy majburiyatlarini bajarmayotgan mijozlar va shartnomaviy kontragentlarga nisbatan jarima qo‘llash va keltirilgan zararni qoplashni talab qilish;
bankni boshqarishning o‘z ichki tizimini belgilash va zarur bo‘lgan ichki me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, bank xodimlarining mehnatiga haq to‘lash shakli, tizimi, tartibi va ish haqi miqdorlarini mustaqil ravishda belgilash;
pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish, Bank hisobvaraqlariga jalb qilinganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobga olish, saqlash va ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni ishonchli boshqarish, yutuqli omonatlar e’lon qilib ularning sharti bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish;
bank mijozlarining valyuta operatsiyalari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda filliallar va sho‘ba korxonalar tashkil etish, respublika tashqarisida esa, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan sho‘ba banklar, korxonalar, filliallar va vakolatxonalar ochish;
xayriya ishlarini amalga oshirish;
AJ “Xalq banki” jumladan “Yunusobod” filiali quyidagi majburiyatlarga ega:
o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq amalga oshirish;
markaziy bankda mablag‘lar zaxirasini yaratish hamda belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya etish bo‘yicha Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan talablarini bajarish;
kreditlar va lizing bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi Markaziy bank tomonidan belgilangan miqdorlarda va tartibda zaxiralar tashkil etish;
markaziy bankning topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining kassa ijrosiga doir operatsiyalarni bajarish va boshqalardan iborat.
4. AJ “Xalq banki”ning Iqtisodiy-meyoriy ko’rsatkichlari tahlili
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ustuvor yo’nalishlarda barqaror o’sish sur’atlarini ta’minlash, investisiyalar yanada ko’proq jalb etilishi hisobiga iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarga erishish, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya qilish va yangilashdan iboratdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda Xalq banki tizimini yanada erkinlashtirish asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab – quvvatlash va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda keyingi yillarda bank muassasalari tarmog’ini kengaytirish, mijozlarga bank xizmatlari ko’rsatish sifatini yanada oshirish va ularning zamonaviy turlarini joriy etish, kredit axboroti tizimini takomillashtirish va nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirish bilan bog’liq chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hozirgi kunda chet el Kapitali ishtirokidagi “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat bankining Toshkent filiali kichik biznes sohasini moliyalashtirishda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Bank boshqaruvi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bo’lgan mijozlarning sonini ko’paytirishga katta e’tibor qaratadi. Chet el Kapitali ishtirokidagi “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat banki Toshkent filiali o’z faoliyatida shaxsiy turar-joylar qurilishi, uy-joylar xarid qilinishini imtiyozli asosda uzoq muddatga kreditlash, mahalliy xomashyodan zarur qurilish materialari ishlab chiqaruvchi korxonalarni rekonstruksiya qilish va moliyalashtirishga kreditlar ajratishni asosiy yo’nalishlar sifatida belgilagan. Shu bilan birga bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, dexqon xo’jaliklarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi.
Mamlakatimizda tijorat banklarining faoliyati O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi va 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunlari asosida shakllantirilgan va tartibga solib turiladi. Ushbu qonunchilikda asosan bizning mamlakatimizda ko’plab rivojlangan mamlakatlardagi kabi ikki pog’onali bank tizimi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Xalq banki tizimining birinchi pog’onasida qog’oz pullarni emissiya qilishda monopol, boshqa tijorat banklari faoliyatini tartibga solib turadigan «hukumat bankchisi», mamlakatda pul muomalasini tartibga solib turadigan «banklar banki» va oltin valyuta zahiralarini saqlovchisi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki turadi.
Oqilona yuritilayotgan iqtisodiy islohotlar tufayli boshqa sohalar bilan bir qatorda O’zbekiston bank tizimi ham yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda, aktivlarning doimiy o’sishi ta’minlanib, Prezidentimiz tomonidan belgilangan muhim vazifalar samarali hal etilmoqda. Buni “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki misolida ham yaqqol ko’rish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2014 yil 27 noyabrdagi 53-sonli bank operasiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyasi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2014 yil 16 apreldagi 37 sonli valyuta operasiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi bosh lisenziyasi asosida faoliyatini yuritadi.
Chet el Kapitali ishtirokidagi “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat banki mamlakatimizda quyidagi uyushmalar, to’lov tizimlari va birjalarga a’zo hisoblanadi:
O’zbekiston Respublikasi banklar Assosiasiyasi a’zosi.
“Toshkent” respublika fond birjasi a’zosi
Respublika valyuta birjasi a’zosi
Kredit amaliyotlari ma’lumotlari instituti (KAMI)
Bank depozitlari milliy axborot ba’zasi (BDMAB)
UZKART milliy to’lov tizimi
VIZA xalqaro to’lov tizimi
Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi qatnashchisi
SWIFT xalqaro to’lov tizimi a’zosi
“Western Union”, “Anelik”, “Interexpress”, “Migom”, “Contac” xalqaro pul o’tkazish tizimlari operatori hisoblanadi.
Chet el Kapitali ishtirokidagi “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy natijalari, keyingi yillar mobaynida muvaffaqiyatli bank faoliyatini amalga oshirib, omonatchilar, kredit beruvchilar va sarmoyadorlar tomonidan bank tizimiga bildirilgan ishonchini mustahkamlashga o’zining salmoqli hissasini qo’shmoqda, bu esa barqarorlik va jadal rivojlanishning belgisidir.
Chet el Kapitali ishtirokidagi “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat bankining yirik aksiyadorlari tarkibi quyidagilardan iborat:
Xalqaro Moliya Korporasiyasi (International Financial Corparation, IFC)
Gollandiya tadbirkorlikni rivojlantirish davlat korporasiyasi (De Nederlanse Financierings-Maatschappij voor ontwikkelinglanden NV, FMO)
“R&D Express-Aussenhandels GMBH” (Germaniya)
Boshqa mahalliy aksiyadorlar
O’zbekiston Respublikasida chet el Kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki o’zini faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi, “Banklar va banklar faoliyati to’g’risida”gi, “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi va “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi qonunlarga asosan olib boradi.
“Xalq banki” aksiyadorlik tijorat banki Toshkent filialining moliyaviy natijalari, keyingi yillar mobaynida muvaffaqiyatli bank faoliyatini amalga oshirib, omonatchilar, kredit beruvchilar va sarmoyadorlar tomonidan bank tizimiga bildirilgan ishonchini mustahkamlashga o’zining salmoqli hissasini qo’shmoqda, bu esa barqarorlik va jadal rivojlanishning belgisidir.
Moliyaviy natijalar. “Xalq banki” ATB, uzoq yillar mobaynida muvaffaqiyatli bank faoliyatini amalga oshirib, omonatchilar, kredit beruvchilar va sarmoyadorlar tomonidan bank tizimiga bildirilgan ishonchini mustahkamlashga o’zining salmoqli hissasini qo’shmoqda, bu esa barqarorlik va jadal rivojlanishning belgisidir. Bank-moliya sohasidan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, birinchi navbatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda keng ishtirok etishni ta’minlash uchun chora – tadbirlar natijasida bank ijobiy natijalarga erishmoqda.
Bank-moliya sohasidan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, birinchi navbatda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, Kapitallashuv darajasini oshirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda keng ishtirok etishni ta’minlash uchun chora – tadbirlar natijasida bank ijobiy natijalarga erishmoqda.
Chet el kapitali ishtirokidagi ATB “Xalq banki” mustaqillik yillari davomida o’z faoliyatini kengaytirdi. U nafaqat jismoniy shaxslarning, balki yuridik shaxslarning pul mablag’larini jalb qila boshladi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar bilan kredit-hisob-kitob va boshqa bank operasiyalarini amalga oshira boshladi. Bunda fond bozoridagi qimmatli qog’ozlar operasiyalari, boshqa tijorat bankalarini va ixtisoslashtirilgan fondlarni jalb qilgan holda qo’shma kreditlash sxemalarini amalaga oshirish nazarda tutilmoqda. Shuningdek chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” qiziqishlari tarkibiga yuridik va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan jismoniy shaxslar kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |