5. ATB “Xalq banki” ning rivojlanish istiqbollari.
Shuni aytishimiz mumkinki, bank o’zining moliyaviy barqarorligini oshirish, raqobatbardoshligini ta’minlash, bank likvidliligini va to’lovga qobilyatligini yaxshilash maqsadida o’zining strategik vazifalarini belgilab qo’ygan. Bu bilan bank risklarini kamaytirish choralarini ham chetlab o’tmaganini ko’rishimiz mumkin.
Bank aktivlari umumiy olganda ohirgi 5 yil davomida 705,2 mlrd. so’mdan 1 155,4mlrd. so’mga oshganini ya’ni bank aktivlari o’sish sur’ati 1,5 barobardan yuqoriligini ko’rishimiz mumkin. Lekin, 2018 yilda, bank aktivlari 55,8 mlrd. so’mga kamayganini ko’rishimiz mumkin, buning sababi sifatida, 2018 yilda 2017 yilga nisbatan aktiv moddalar ichidagi “Boshqa banklardagi vositalar” moddasining 224,7 mlrd. so’mdan 117,8 mlrd. so’mga kamayganini ko’rishimiz mumkin. Lekin bu davrda aktivlarning boshqa moddalari yuqori o’sish sur’atlarini namoyon qilgan2.
Bank foydasi dinamikasi esa yuqoridagi davr uchun ham umumiy olganda ijobiy ko’rsatkichga ega bo’lib, 27,3 mlrd. so’mdan 37 mlrd. so’mga oshgan. Lekin yuqorida aktivlar o’sish sur’ati 2017 yilda kamayganidek, bank foydasi ham 2018 yildan kamayish sur’atlarini ko’rsatgan.
Buning asosiy sababi shundaki, 2018 yilda 2017 yilga nisbatan, xorijiy valutadagi operatsiyalardan ko’radigan daromadning 39,5 mlrd. so’mdan 10,2 mlrd. so’mga tushib qolganligi, bu esa o’z navbatida, komission daromadni 68,7 mlrd. so’mdan 56,7 mlrd. so’mga tushishiga, olib keldi. Buning natijasida sof foizsiz daromad 92,0 mlrd. so’mdan 55,9 mlrd. so’mga tushishiga sabab bo’ldi. Yana, operatsion xarajatlarning 36,8 mlrd. so’mdan 48,6 mlrd. so’mga oshishi natijada, sof foyda bu davr uchun 7,5 mlrd. so’mga ya’ni 50,2 mlrd. so’mdan 42,7 mlrd. so’mga tushishiga sabab bo’ldi.
2018 yilda 2017 yil kabi sof foizli daromad yuqori o’sish sur’atlarni namayon qilgan. Lekin, avvalgi yil natijalari kabi 2018 yilda xorijiy valutadagi operatsiyalardan ko’radigan daromadning 10,2 mlrd. so’mdan 4,6 mlrd. so’mga tushib qolganligi, bu esa o’z navbatida, komission daromadni 56,7 mlrd. so’mdan 55,4 mlrd. so’mga tushishiga, komission xarajatlar esa 16,0 mlrd. so’mdan 23,4 mlrd. so’mga oshishiga olib keldi. Bu esa o’z navbatida sof foizsiz daromadni 52,4 mlrd. so’mdan dan 42,4 mlrd. so’mga tushishiga sabab bo’ldi. Operatsion xarajatlar esa 45,2 dan 54,3 ga oshishi, bankning sof foydasini 42,7 mlrd. so’mdan 37,0 mlrd. so’mga tushishiga sabab bo’ldi. Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, respublikamizning yirik tijorat banklarida kreditlarning asosiy qismini ma'lum tarmoqlarga mansub korxonalarda to'planganligi kuzatilmoqda.
ATB “Xalq banki”ning va boshqa bank plastik kartalarni (uzcard) hamda Hamkorbankning VISA Calssic kartalarini ulash mumkin.
Mobil ilovaning imkoniyatlari:
Mijozning Xalq bankining barcha filiallarida ochilgan hisob raqamlarini boshqarish;
Kartadan kartaga pul o’tkazmalari (Uzcard tizimidagi barcha kartalar);
Hamkorbankning kreditlarini so’ndirish;
Aloqa operatorlar, internet provayderlar xizmatlari hamda communal va boshqa xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish;
Onlayn konversiya – mobil ilova orqali xorijiy valyutani sotib olish;
Daromadli onlayn omonatlarni ochish;
Valyuta kurslaridan xabardor bo’lish:
Uzcard tizimidagi tijorat banklarning bir nechta kartalarini boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |