panturkism
|
пантюркизм
|
panturkizm
|
– XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiyaning burjua-pomeshchik doiralari orasida tashkil topgan oqim. Panturkizm Bolqon yarim oroli, O’rta Osiyo va Qozog’iston, Kavkazorti va Volga bo’yilarida yashab, turkiy tillarda so’zlashuvchi xalqlarni Turkiya himoyasi ostida birlashtirish va “Ulug’ Turon” davlatini tuzish g’oyasini olg’a surgan. O’rta Osiyo, Kavkazorti va Tatariston jadidlari panturkizm g’oyasidan turkiy tillarda so’zlashuvchi xalqlarni mustamlakachilikka qarshi kurash yo’lida faydalanishga harakat qilganlar, ammo bu harakat natijasiz tugagan. Keyinchalik ko’pgina mahalliy ziyolilar sho’rolar hukumati tomonidan panturkizm tamg’asi bilan qatag’on qilinganlar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |