protectorate
|
протекторат
|
protektorat
|
(lotincha “protektor” – homiy) –mustamlaka mamlakatlar qaramligining bir shakli. Bunday qaramlikka tushgan mamlakat garchi ichki siyosatda birmuncha mustaqilligini saqlab qolsada, lekin tashqi siyosati va mudofaa masalalari uning ustidan protektorat o’rnatgan davlat ixtiyoriga o’tadi. Masalan: Rossiya imperiyasi Xiva xonligi va Buxoro xonligini o’ziga qaram qilib olgach, ular ustidan o’z protektoratini ham o’rnatgan edi. Xonlar ichki siyosatda mustaqil bo’lsalarda, tashqi siyosiy masalalarni rus imperatori rozi-rizoligi bilan, ular bilan maslahatlashib yuritishga majbur bo’lganlar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |