Afg‘oniston. Afg‘oniston shohi Muhammad Zo hir shoh ilmli kishi bo‘lib, afg‘on jamiyatini yaxshi bilar va modernizatsiya lash ning muhimligini chuqur his etardi.
Bu davrda Afg‘onistonga SSSR, Fransiya, Xitoy yordam ko‘rsata boshl adi, nemislar, yaponlar, hindlar hamkorlikdagi korxonal ar qurdi. Ammo Ijtimoiy hayotda o‘zgarishlar sekin kechdi, keskin islohotlar amalga oshirilm adi. Shunga qaramasdan, bu o‘zgarishlar shohni ag‘darish tarafdorlarini faollasht irib yubordi. Natijada 1973-yili shoh taxtdan ag‘darildi. Muhammad Dovud prezident deb e’lon qilindi.
M. Dovud bir qator islo hotlarni amalga oshirdi. Ammo bular afg‘on xalqi ning juda kam qismiga ta’sir qildi, xolos. Eng muh im tadbirlardan biri savodsizlikni tugatish bo‘yicha davlat boshqarma sini tuzish bo‘ldi. Davlat ta’limni to‘liq o‘z nazor atiga oldi, barcha maktablar va o‘quv yurtlari Maorif vazirligi ixtiyo riga o‘tkazildi.
1977-yili yangi Konstitutsiya qabul qilinib, unga ko‘ra M. Dovud umrbod prezident deb e’lon qilindi. Ammo M. Dovud armiya ustidan o‘z hukmronligini o‘rnata olmadi.
1978-yil 27-aprelda Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni polk ovnik Abdul Qodir boshchiligidagi harbiylar davl at to‘ntarishini amalga oshirib, M. Dovudni hokim iyatdan chetlatdi. Inqil obiy kengash tuzilib, u o‘zini Afg‘onistondagi oliy hokimiyat deb e’lon qildi. Kengashga Nur Muhammad Tar akiy boshchilik qildi.
Hokimiyatga kelgan guruh ichida ham birlik yo‘q edi. Natijada N.M. Tarakiy o‘ldirildi. Hokimiyatni Hafizullo Amin o‘z qo‘liga oldi. U SSSRga murojaat qilib, Afg‘o nistonga sovet qo‘shinlarini ki ritishni so‘radi.
Shunday sharoitda 1979-yil dekabrda Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritildi. H. Amin o‘ldirildi. Mamlakatda ahvol og‘ir lashib, deyarli ocharchilik boshlandi. Millionlab kishilar mamlakatni tark etib, qo‘shni maml akatlarda qochoqqa aylandi. Hokimiyatda turgan Afg‘oniston xalq demo kratik partiyasi (AXDP) ga raqib bo‘lgan jangari mujohidlar mamlakatning katta qismini nazorat qilardi.
1983-yilda Turg‘ut O‘zol Turkiya bosh vaziri bo‘ldi.
1963-yilda Eronda referendum o‘tkazilib, unda shoh mamlakatda islohotlar o‘tkazish taklifini kiritdi.
1979-yil dekabrda Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritildi.
1986-yili hokimiyatga Muhammad Najibullo keldi. U xavfsizlik xizmatining boshlig‘i bo‘lib, qat’iyatli va jasur kishi edi. Uning siyosati ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi. 1989-yili SSSR o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketdi, AQSH va Pokiston esa isyonchilarga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi. M. Naj ib ullo hokimiyatni saqlab qoldi, ammo bu uzoq cho‘zilmadi. 1991-yil oxiriga kelib SSSR tugatilgandan so‘ng M. Najibullo hukumati og‘ir ahvolda qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |